-
Ibtido 18:2, 3Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi
-
-
2 Ibrohim boshini ko‘tarib qarasa, sal narida uch kishi turgan ekan+. Bu kishilarni ko‘rishi bilan u o‘rnidan turib, ularni kutib olish uchun yugurib bordi-da, yergacha egilib ularga ta’zim qildi. 3 Keyin u quyidagilarni aytdi: «Yahova*, agar men Sening iltifotingga sazovor bo‘lgan bo‘lsam, iltimos, xizmatkoringning yonidan o‘tib ketma.
-
-
Ibtido 19:1–3Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi
-
-
19 Kech kirganda, ikkala farishta Sado‘mga yetib keldi. Bu payt, Lut Sado‘m darvozasi yonida o‘tirgan edi. Lut ularni ko‘rgach, qarshi olish uchun o‘rnidan turdi-da, yergacha egilib ularga ta’zim qildi+. 2 U: «Janoblar, men xizmatkoringizning uyiga kirib, yotib qolinglar. Kelinglar, oyoqlaringizni yuvib qo‘yishadi. Ertaga barvaqt turib, yo‘lingizda davom etasizlar»,— deb aytdi. Bunga ular: «Rahmat, biz shahar maydonida tunab qolamiz»,— deyishdi. 3 Biroq Lut hadeb qistayvergani uchun, ular birgalikda uning uyiga borishdi. Lut ular uchun dasturxon yozib, xamirturushsiz non pishirib olib keldi va ular tanovul qilishdi.
-