Qoʻriqchi minorasining ONLAYN KUTUBXONASI
Qoʻriqchi minorasining
ONLAYN KUTUBXONASI
o‘zbekcha (lotincha)
  • MUQADDAS KITOB
  • ADABIYOTLAR
  • UCHRASHUVLAR
  • Bu hafta
28-iyul–3-avgust
Hayot tarzimiz va xizmatimiz. Ta’lim dasturi – 2025 | iyul

28-IYUL–3-AVGUST

HIKMATLAR 24

38-qo‘shiq va ibodat | Kirish so‘zlari (1 daq.)

ALLOH KALOMIDAGI XAZINALAR

1. Qiyinchiliklarga bardosh qilish uchun o‘zingizni ma’nan mustahkamlang

(10 daq.)

Muqaddas Kitobdan bilim olish uchun uni tadqiq qiling va shu yo‘sin ko‘proq donolikka ega bo‘ling (Hk 24:5; w23.07 18-sah., 15-xb.)

Hatto ruhingiz tushganida ham ma’naviy ishlar tartibiga rioya qilishda davom eting (Hk 24:10; w09 15/12 18-sah., 12-, 13-xb.)

Kuchli imon va Yahovaga bo‘lgan sevgi qiyinchiliklar paytida ma’nan mustahkam qolishimizga yordam beradi (Hk 24:16; w20.12 15)

Opamiz jiddiy kasal bo‘lganiga qaramay, dugonasi bilan xursand bo‘lib uyma-uy xizmat qilyapti. U bir ayol bilan uyining eshigi oldida planshetidan nimanidir bo‘lishyapti.

2. Ma’naviy marvaridlar

(10 daq.)

  • Hk 24:27. Ushbu oyatdan qanday saboq olyapmiz? (w09 15/10 12)

  • Bu haftadagi Muqaddas Kitob mutolaasi paytida topgan qanday ma’naviy marvaridlar bilan bo‘lishmoqchisiz?

3. Muqaddas Kitob qiroati

(4 daq.) Hk 24:1–20 (th 11-dars)

XIZMATDA FAOL BO‘LING

4. Suhbat boshlash

(2 daq.) NORASMIY XIZMAT. Shohidlik berishingizdan oldin suhbat tugaydi. (lmd 2-dars, 4-paragraf)

5. Suhbat boshlash

(3 daq.) UYMA-UY XIZMAT. (lmd 3-dars, 4-paragraf)

6. Suhbat boshlash

(3 daq.) JAMOAT JOYLARIDA VA’Z QILISH. Suhbatdoshingizga Muqaddas Kitobni tadqiq qilish dasturi haqida aytib bering. Keyin unga Muqaddas Kitob tadqiqi kartochkasini bering. (lmd 4-dars, 3-paragraf)

7. Nutq

(3 daq.) lmd A ilova, 11-haqiqat. Mavzu: «Xudo bizga muhim xabarni yetkazgan». (th 6-dars)

HAYOT TARZIMIZ

99-qo‘shiq

8. Qiyinchiliklar paytida bir-biringizga yordam bering

(15 daq.) Muhokama.

Epidemiya, tabiiy ofat, fuqarolik tartibsizliklari, urush yoki ta’qiblar nogahon boshlanib ketishi mumkin. Bunday qiyinchiliklar paytida birodar-u opa-singillarimiz bir-biriga yordam va dalda berishadi. Hatto qiyinchiliklardan bevosita zarar ko‘rmagan bo‘lsak-da, imondoshlarimizga hamdardlik ko‘rsatamiz va ularga qo‘limizdan kelgancha yordam beramiz. (1Kr 12:25, 26)

Rasmlar to‘plami. Birodar-u opa-singillarimiz turli yo‘llar orqali imondoshlarimizga yordam berishyapti: 1) birodar-u opa-singillarimiz tabiiy ofatda vayron bo‘lgan Yig‘ilish zalini qayta qurishyapti; 2) birodar-u opa-singillarimiz muhojir ona va uning qizini iliq qarshi olishyapti; 3) bir opamiz Yig‘ilish zalida turgan xayr-ehson qutisiga pul solyapti; 4) birodar-u opa-singillarimiz Yig‘ilish zali oldida muhojir imondoshlarimizga zaruriy narsalarni berishyapti; 5) ixtiyoriy xizmatchilar plastik idishlarda suv tarqatishyapti; 6) birodarimiz ibodat qilyapti.

3 Shohlar 13:6 va Yoqub 5:16b ni o‘qing. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:

  • Nega odil insonlarning boshqalar uchun qilgan ibodatlari kuchli ta’sirga ega?

Mark 12:42–44 va 2 Korinfliklarga 8:1–4 ni o‘qing. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:

  • Hatto pulimiz ko‘p bo‘lmasa-da va qiyinchiliklarga duch kelayotgan imondoshlarimizga yordam berish uchun umumjahon faoliyatimizga pulimizning faqat oz qismini xayr-ehson qila olsak-da, nega baribir xayr-ehson qilsak yaxshi bo‘lardi?

«Taqiq ostida imondoshlarni mustahkamlash» nomli VIDEONI qo‘yib bering. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:

  • Faoliyatimiz taqiqlangan mamlakatlarda yashaydigan imondoshlarimizga yordam berish uchun birodarlarimiz qanday fidoyiliklar qilishgan?

  • Faoliyatimiz taqiq ostida bo‘lganida imondoshlarimiz birga yig‘ilish va bir-biriga dalda berish amriga qanday bo‘ysunishgan? (Ibr 10:24, 25)

9. Jamoat bilan Muqaddas Kitob tadqiqi

(30 daq.) lfb 4-, 5-darslar

Xotima so‘zlari (3 daq.) | 112-qo‘shiq va ibodat

Mundarija
Qo’riqchi minorasi (Tadqiq soni) – 2025 | may

21-tadqiq maqolasi: 2025-yil 28-iyul–2025-yil 3-avgust

14 Doimiy shaharni kuting

O'qish uchun qo'shimcha maqolalar

Bu sondagi boshqa maqolalar

O’zbekcha adabiyotlar (Roman) (2006-2025)
Chiqish
Kirish
  • o‘zbekcha (lotincha)
  • Ulashish
  • Sozlamalar
  • Copyright © 2025 Watch Tower Bible and Tract Society of Pennsylvania
  • Foydalanish shartlari
  • Maxfiylik siyosati
  • Maxfiylik sozlamalari
  • JW.ORG
  • Kirish
Ulashish