Zabur
2 Yer yuzi shohlari bosh ko‘tardi.
Amaldorlar birlashib+,
3 Ular: «Keling, bizga solmoqchi bo‘lgan kishanlarini uzib,
Arqonlarini yechib tashlaylik!» — deydi.
4 Ammo samoviy taxtda o‘tirgan Zot ularning ustidan kuladi.
Yahova ularni masxara qiladi.
5 U g‘azab ichra ularga gapirib,
Otashin qahri bilan ularni sarosimaga soladi-da:
6 «Muqaddas tog‘im bo‘lmish Sionda+,
Men podshohimni tayinladim»+,— deydi.
7 Men Yahovaning farmonini e’lon qilaman.
U menga shunday dedi: «Sen Mening o‘g‘limsan+,
Bugun Men sening Otang bo‘ldim+.
8 Mendan so‘ra va senga xalqlarni meros qilib,
Butun yer yuzini mulk qilib beraman+.
10 Shunday ekan, ey shohlar, aql bilan ish tuting.
Ey, yer yuzi hukmdorlari, saboq oling.
11 Yahovadan qo‘rqib, Unga xizmat qiling,
Unga izzat-ikrom ko‘rsatib, xursand bo‘ling.
12 O‘g‘ilni e’zozlang*+, aks holda, Allohning g‘azabi keladi,
Shunda yo‘lingizda halok bo‘lasiz+.
Axir Xudoning qahri tez alanga oladi.
Unda panoh topganlarning bari baxtlidir!