Ishayo
65 «Men haqimda so‘ramagan kishilar Meni izlashiga,
Meni qidirmagan kishilar Meni topishiga izn berdim+.
Ismimni aytib chaqirmagan xalqga: “Men shu yerdaman, Men shu yerdaman!”+ — dedim.
2 Kun bo‘yi qo‘llarimni o‘jar xalqga+,
Yomon yo‘ldan yurib+,
O‘z o‘y-fikrlariga berilgan+ xalqga cho‘zdim.
3 Bu xalq Meni ochiqdan-ochiq tinmay ranjitar+,
Bog‘larda qurbonliklar keltirib+, g‘ishtlar ustida qurbonliklar tutatar edi.
4 Ular qabrlar orasida o‘tirar+,
Tunni xilvat joylarda* o‘tkazar,
Cho‘chqa go‘shtini yeb+,
Idishlaridagi harom narsalar sho‘rvasini ichar edi+.
5 Ular: “Nari tur, menga yaqinlashma.
Men senga qaraganda pokroqman*”,— deb aytardi.
Ular burnimga kirgan tutun, kun bo‘yi yonib turgan olov kabidir.
6 Mana! Hammasi huzurimda yozib qo‘yilgan.
Sukut saqlab o‘tirmayman,
Qilmishlariga yarasha qaytaraman+,
Ularga tegishlisini to‘lig‘icha qaytaraman.
7 Ham o‘zlarining, ham ota-bobolarining gunohlari uchun shunday qilaman»+,— demoqda Yahova.
«Ular tog‘larda qurbonliklar tutatib,
Tepaliklarda Meni haqorat qilgani uchun+,
Avvalo ularning haqini to‘laligicha qaytaraman».
8 Yahova shunday demoqda:
«Yangi sharob olish mumkin bo‘lgan bir bosh uzum haqida
Kimdir: “Uni yo‘q qilma, hali foydasi tegadi”,— deganiday,
Men ham O‘z xizmatkorlarim haqqi shunday yo‘l tutaman,
Ularni butunlayin yo‘q qilmayman+.
9 Men Yoqubdan zurriyot*,
Yahudodan tog‘larimning merosxo‘rini keltirib chiqaraman+.
Tanlaganlarim bu yurtga egalik qiladi,
Xizmatkorlarim u yerda maskan quradi+.
10 Sharon+ qo‘ylar uchun yaylovga,
Oxor vodiysi+ qoramol uchun o‘tloqga aylanadi.
Bularning bari Meni izlagan xalqim uchun qilinadi.
11 Ammo sizlar Yahovani tark etdingiz+,
Muqaddas tog‘imni unutdingiz+,
Omad xudosi uchun dasturxon yozib,
Taqdir xudosiga atab kosalarga o‘tkir sharob to‘ldirdingiz.
12 Shu bois, sizlarni qilich damiga mubtalo qilaman+,
Barchangiz so‘yilish uchun tiz cho‘kasiz+.
Zero, chaqirganimda, javob bermadingiz,
Gapirganimda, quloq solmadingiz+.
Mening nazarimda yomon ishlar qilaverdingiz,
Meni ranjitadigan narsalarni tanladingiz»+.
13 Oliy Hukmdor Yahova shunday demoqda:
«Mana, xizmatkorlarim to‘q bo‘ladi, sizlar esa och yurasizlar+.
Xizmatkorlarim suv ichadi+, sizlar esa tashna yurasizlar.
Xizmatkorlarim quvonchga to‘ladi+, sizlar esa uyatga qolasizlar+.
14 Xizmatkorlarimning qalbi shodlikka to‘lib hayqiradi,
Sizlar esa qalbingiz qayg‘uga to‘lganidan dod-voy solasiz,
Ruhingiz ezilganidan fig‘on chekasiz.
15 Sizlardan keyin nomingizgina qolib, tanlaganlarim uni qarg‘ish sifatida qo‘llaydi,
Oliy Hukmdor Yahova hammangizni o‘limga duchor qiladi,
O‘z xizmatkorlarini esa boshqa nom bilan ataydi+.
16 Yer yuzida o‘ziga baraka tilagan har kim
Sadoqatli Xudo tomonidan baraka topadi.
Yer yuzida ont ichgan har kim
Sadoqatli Tangri haqqi ont ichadi+.
Zero, avvalgi qayg‘ular unutiladi,
Ular nazarimdan g‘oyib bo‘ladi+.
17 Mana, Men yangi osmon va yangi yer yaratyapman+,
O‘tmishdagi narsalar esga olinmaydi,
Hatto ko‘ngilga ham kelmaydi+.
18 Shunday ekan, Men yaratayotgan narsalarga qarab, quvoning, toabad shodlaning.
Mana, Men Quddusni sevinch,
Uning aholisini shodlik manbaiga aylantiryapman+.
19 Men Quddusga qarab quvonaman, xalqim uchun sevinaman+.
U yerda yig‘i-sig‘i, dard-alam tovushlari boshqa eshitilmaydi»+.
20 «U yerda atigi bir necha kun umr ko‘rgan go‘daklar ham,
Yoshini yashamay qazo qilgan keksalar ham boshqa bo‘lmaydi,
Yuz yoshida o‘lgan kimsa yoshday sanaladi,
Gunohkor esa yuz yoshda bo‘lsa ham, la’natga uchraydi*.
22 Ular qurgan uylarda o‘zgalar yashamaydi,
Ular ekkan narsalarni boshqalar yemaydi.
Xalqimning umri daraxt umriday uzoq bo‘ladi+,
Tanlaganlarim o‘z qo‘llari mehnatining rohatini ko‘radi.
23 Ular behudaga mehnat qilmaydi+,
Farzandlarini qayg‘u-alam uchun dunyoga keltirmaydi.
Chunki ularning o‘zlari ham, avlodlari+ ham,
Yahovadan baraka topgan nasl+ bo‘ladi.
24 Ular hali chaqirmasidan Men javob beraman.
Ular gapini tugatmasidan Men eshitaman.
Butun muqaddas tog‘imda ular hech kimga zarar ham, ziyon ham yetkazmaydi»+,— demoqda Yahova.