Zabur
Abumalek* oldida o‘zini jinnilikka solib+, uning huzuridan quvilganda Dovudning aytgan sanosi.
א [Alef]
34 Har doim Yahovani maqtayman,
Tinmay Unga hamd-u sano aytaman.
ב [Bet]
ג [Gimel]
3 Menga qo‘shilib Yahovani ulug‘lang+,
Keling, birgalikda Uning ismini ko‘klarga ko‘taraylik.
ד [Dalet]
4 Men Yahovaga ibodat qildim va U menga javob berdi+.
U barcha qo‘rquvlarimdan meni xalos etdi+.
ה [Xe]
5 Unga ko‘z tikkanlarning chehrasidan nur yog‘ilib turadi,
Yuzlari shuvut bo‘lmaydi.
ז [Zayin]
6 Bu bechora inson Yahovani chaqirganida, U eshitdi.
Uni barcha qayg‘ularidan xalos qildi+.
ח [Xet]
ט [Tet]
8 Totib ko‘r, shunda Yahova yaxshi ekanini bilib olasan+,
Unda panoh topgan inson baxtlidir.
י [Yod]
9 Ey, Yahovaning muqaddas kishilari, Undan qo‘rqing!
Chunki Undan qo‘rqqanlar muhtojlik ko‘rmaydi+.
כ [Kaf]
10 Hatto baquvvat yosh sherlar ham och qoladi,
Ammo Yahovani izlaydiganlar yaxshilikdan quruq qolmaydi+.
ל [Lamed]
11 Keling, o‘g‘illarim, menga quloq soling,
Sizlarga Yahovadan qo‘rqishni+ o‘rgataman.
מ [Mem]
12 Orangizdan kim hayotdan mamnun bo‘lib yashashni,
Yaxshi kunlarni ko‘rishni istaydi?+
נ [Nun]
ס [Samex]
ע [Ayin]
15 Yahovaning ko‘zlari odil kishilarni ko‘radi+,
Quloqlari esa yordam so‘rab iltijo qilganlarni eshitadi+.
פ [Pe]
16 Biroq yomonlik qiluvchilardan Yahova yuz o‘giradi,
Ular haqidagi xotirani yer yuzidan o‘chirib tashlaydi+.
צ [Sade]
17 Odil kishilar faryod qiladi va Yahova ularni eshitadi+,
U barcha qayg‘u-alamlaridan ularni xalos etadi+.
ק [Qof]
ר [Resh]
ש [Shin]
20 Uning barcha suyaklarini saqlaydi,
Ulardan hech biri sindirilmaydi+.
ת [Tav]
21 Yovuz falokatdan halok bo‘ladi,
Odil kishidan nafratlanganlar gunohkor deb topiladi.