Zabur
Butun borlig‘im Yahovani madh etsin!+
2 Umrim bo‘yi Yahovaga hamd-u sano aytaman.
Toki hayot ekanman, Tangrimga madhlar kuylayman.
3 Umid bog‘lamang beklarga,
Najot berolmaydigan inson o‘g‘liga+.
5 Yoqubning Xudosini yordamchim deb bilgan+,
Tangrisi Yahovaga umid bog‘lagan kishi baxtlidir+.
6 U yer-u osmonning,
Dengiz va undagi bor narsaning Yaratuvchisi+,
Hamisha ishonchli bo‘lib qoladigan Zotdir+.
7 U aldanganlar uchun adolat o‘rnatadigan,
Och insonga rizqini beradigan Zotdir+.
Yahova mahbuslarni ozod etadi+.
8 Yahova ko‘rlarning ko‘zini ochadi+,
Yahova qaddi bukilganlarni rostlaydi+,
Yahova odil kishilarni sevadi.
9 Yahova musofirlarni himoya qiladi,
U yetim va bevalarga tayanch bo‘ladi+,
Yovuzlarning rejasini esa puchga chiqaradi+.
10 Yahova abadiy Shoh bo‘ladi+,
Ey Sion, Xudoying avloddan avlodga Shoh bo‘ladi.
Yahni madh eting!