Ishayo
33 Ey, vayron etilmagan vayron qiluvchi+,
Ey, xiyonatga yo‘liqmagan xiyonatkor, holingga voy!
Sen yo‘q qilishni tugatgach, o‘zing ham yo‘q bo‘lasan+,
Xoinlikni to‘xtatgach, o‘zingga ham xoinlik qilinadi.
2 Ey Yahova, bizga iltifot ko‘rsat+.
Zero, Senga umid bog‘laymiz.
3 Gumburlagan ovozingdan xalqlar qochadi,
Qo‘zg‘alganingda, millatlar tarqalib ketadi+.
4 O‘ljangiz ochofat chigirtkalar yig‘ilganday talon-toroj qilinadi.
Xalq chigirtkalar galasiday o‘ljangizga tashlanadi.
5 Yahova yuksaladi,
Zero, Uning maskani samodadir.
U Sionni adolat va haqqoniyat bilan to‘ldiradi.
6 U sening davringda barqarorlik o‘rnatadi.
Uning xazinasi:
7 Ana, ularning qahramonlari ko‘chada baqirmoqda,
Tinchlik xabarchilari achchiq-achchiq yig‘lamoqda.
8 Katta yo‘llar bo‘shab qoldi,
Yo‘llarda hech bir yo‘lovchi yo‘q.
9 Yurt aza tutib*, so‘lib bormoqda.
Livan sharmanda bo‘ldi+, chirib ketdi.
Sharon cho‘lga aylandi,
Bashan va Karmilning barglari to‘kildi+.
11 Sizlar pichanga homilador bo‘lib, dunyoga somon keltirasiz.
O‘z ruhingiz sizni olovday yutib yuboradi+.
12 Xalqlar kuydirilgan ohakday bo‘ladi,
Ular chopib tashlangan tikanlarday lov etib yonib ketadi+.
13 Ey olisdagilar, qiladigan ishlarimni eshiting!
Ey yaqindagilar, kuch-qudratimni tan oling!
14 Siondagi gunohkorlar qo‘rquv ichida qoladi+,
Murtadlarni qaltiroq bosib:
“Qay birimiz yamlamay yutadigan olov yonida yashay olamiz?+
So‘nmas o‘t qoshida tura olamiz?” — deydi.
15 Doim odillik yo‘lida yuradigan+,
To‘g‘rilikni gapiradigan+,
Harom foyda-yu qalloblikdan bosh tortadigan,
Pora olishdan qo‘lini tiyadigan+,
Qon to‘kish haqida tinglamay, qulog‘ini bekitadigan,
Yomonlikni ko‘rmaslik uchun ko‘zini yumadigan kishi —
16 Tog‘lar tepasida yashaydi.
Qoya istehkomlari unga boshpana bo‘ladi.
U nonsiz qolmaydi,
Ichadigan suvi aslo tugamaydi»+.
17 Sening ko‘zlaring shohning ulug‘vorligini ko‘radi,
Ular uzoqdagi yurtni ko‘radigan bo‘ladi.
18 Ko‘nglingdan barcha dahshatli narsalarni o‘tkazib:
«Qani o‘sha kotib?
O‘lpon to‘laydigan odam qani?+
Minoralarni sanaydigan kishi qani?» — deysan.
19 Bundan buyon surbet xalqni,
Tushunarsiz tilda so‘zlaydigan,
Nima deb duduqlanganini anglab bo‘lmaydigan xalqni+ boshqa ko‘rmaysan.
20 Sionga — bayramlarimiz o‘tadigan shaharga qara!+
Ko‘zlaring Quddusni — osoyishta joyni,
Ko‘chirilmaydigan chodirni ko‘radi+.
Uning qoziqlari sira ham sug‘urib olinmaydi,
Arqonlarining hech biri uzilmaydi.
21 Ammo u yerda mahobatli Xudovand Yahova
Biz uchun daryolar, keng anhorlar oqgan makon bo‘ladi.
U yerda eshkakli kemalar ham,
Bahaybat kemalar ham suzmaydi.
23 Arqonlar bo‘shab ketadi.
Kema ustuni tik turmaydi, yelkan ham yoyilmay qoladi.
O‘sha vaqtda mo‘l-ko‘l o‘lja bo‘linadi,
Hatto cho‘loqga ham ko‘pgina o‘lja tegadi+.
24 Hech kim: «Men kasalman»+,— demaydi.
Yurt aholisining gunohi kechiriladi+.