Ishayo
9 Lekin bu zulmat, ilgari Zabulun bilan Naftali yerlari azob chekib nafratga duchor bo‘lgan kezlaridagiday bo‘lmaydi+. Keyinchalik esa U o‘sha yurtni — Iordan hududidagi dengiz bo‘yidagi yo‘lni, o‘zga xalqlar Jalilasini shon-shuhratga belaydi.
2 Qorong‘ilikda yurgan xalq
Cheksiz yorug‘likni ko‘rdi.
Zulmat diyorida yashaydiganlar ustiga
Nur taraldi+.
3 Sen bu xalqni ko‘paytirding,
Uning quvonchiga quvonch qo‘shding.
Ular Sening oldingda
Yig‘im-terim vaqtdagiday shodlandi,
O‘ljani bo‘lishib olayotganlarday sevindi.
4 Chunki Sen ularning og‘ir bo‘yinturug‘ini,
Yelkalaridagi tayoqni — nazoratchining tayog‘ini,
Midiya mag‘lub bo‘lgan kundagiday parchalab tashlading+.
5 Bosganda yerni titratgan oyoq kiyimni,
Qonga botirilgan har bir libosni
Olov yutib yuboradi.
Unga Dono maslahatchi+, Qudratli xudo*+, Abadiy ota, Tinchlik shahzodasi deb ism qo‘yiladi.
7 Uning hokimiyati ortib boradi,
Dovudning taxtida+, uning shohligida
Tinchlikning cheki bo‘lmaydi+,
Hokimiyatini mustahkam o‘rnatadi+,
Uni toabad kuchaytiradi.
Qo‘shinlar Sarvari Yahova buni g‘ayrati ila amalga oshiradi.
8 Yahova Yoqubga bir hukm yubordi,
U Isroilning boshiga tushdi+.
9 Buni butun xalq —
Efrayim va Samariya aholisi bilib oladi.
Ular mag‘rurlik va manmanlik bilan shunday deydi:
10 «G‘ishtlar quladi,
Ammo biz yo‘nilgan toshlardan quramiz+.
Anjir daraxtlari chopib tashlandi,
Lekin ularni kedr daraxtlariga almashtiramiz».
11 Yahova Ratanning dushmanlarini Efrayimga qarshi qo‘zg‘atadi,
Uning g‘animlarini oyoqga turg‘izadi.
12 Sharqdan Suriyani, g‘arbdan filistimliklarni+ qo‘zg‘aydi,
Ular og‘izlarini ochib Isroilni yutib yuboradi+.
Shunda ham Uning g‘azabi bosilmaydi,
Jazolash uchun ko‘targan qo‘lini tushirmaydi+.
13 Chunki xalq uni jazolagan Zotga qaytmadi,
Qo‘shinlar Sarvari Yahovani izlamadi+.
15 Bosh — obro‘li kishi va oqsoqol,
Dum esa soxta ta’lim beradigan payg‘ambardir+.
16 Yetakchilari xalqni sarson qiladi,
Ularga ergashganlar adashadi.
17 Shu bois, Yahova ularning yosh yigitlari uchun quvonmaydi,
Ularning yetimlariga va bevalariga rahm-shafqat ko‘rsatmaydi,
Zero, ularning bari shakkok va yovuzdir+,
Og‘izlaridan bo‘lmag‘ur so‘zlar chiqadi.
Shunda ham U jahldan tushmaydi,
Jazolash uchun ko‘targan qo‘lini tushirmaydi+.
18 Yovuzlik otash kabi yonadi,
Tikanlarni-yu begona o‘tlarni yutadi.
O‘rmondagi chakalakzorlarni yondirib yuboradi,
Ularning tutuni osmonga ko‘tariladi.
19 Qo‘shinlar Sarvari Yahovaning g‘azabidan
Ularning yurti olov ichida qoladi,
Odamlarni o‘t yamlamay yutadi.
Hech kim o‘z tug‘ishganiga rahm qilmaydi.
20 Biri o‘ng tomonidan kesib yeydi-yu,
Ammo och qoladi.
Boshqa biri chap tomonidan kesib yeydi-yu,
Lekin qorni to‘ymaydi.
Har biri o‘z qo‘lini yeydi.
21 Manashe Efrayimni,
Efrayim Manasheni yeydi.
Ikkovlon Yahudoga qarshi bo‘ladi+.
Shunda ham U jahldan tushmaydi,
Jazolash uchun ko‘targan qo‘lini tushirmaydi+.