Butrusning ikkinchi maktubi
3 Azizlarim, bu sizlarga yozgan ikkinchi maktubimdir. Birinchi maktubimda qalamga olganimdek, shu eslatmalar orqali sizlarning aniq fikr yuritish qobiliyatingizni uyg‘otyapman+. 2 Toki muqaddas payg‘ambarlar yordami bilan oldindan aytilgan so‘zlar hamda orangizdagi havoriylar orqali berilgan Hazratimiz va Najotkorimizning amri yodingizda bo‘lsin. 3 Avvalo shuni bilinglarki, oxirgi kunlarda masxaraomuz so‘zlarni aytib, o‘z istaklariga binoan yo‘l tutadigan mazaxchilar paydo bo‘ladi+. 4 Ular: «Axir u kelaman, deb* va’da bergan edi-ku. Qani u?+ Chunki dunyo qanday yaratilgan bo‘lsa, ota-bobolarimiz hayotdan ko‘z yumgandan* beri ham barcha narsa shundayligicha turibdi»+,— deb aytishmoqda.
5 Lekin ular barini bila turib, ushbu haqiqatga ko‘z yumishyapti: qadimda yer ham, osmon ham bo‘lgan. Yer Allohning kalomi bo‘yicha suvdan chiqib turgan va suvning o‘rtasida qattiq holatda bo‘lgan+. 6 O‘sha qadimgi dunyo suvlar ostida qolib, yo‘q bo‘lib ketgan+. 7 Hozirgi osmon va yer esa o‘sha kalom bo‘yicha olov uchun, ya’ni xudosiz insonlarni halok qiladigan hukm uchun saqlanib turibdi+.
8 Biroq azizlarim, bitta narsa e’tiboringizdan chetda qolmasin: Yahova* uchun bir kun ming yildek, ming yil bir kundaydir+. 9 Ba’zi kishilarga imillayotganday tuyulsa-da, Yahova* bergan va’dasini amalga oshirishga imillamayapti+, balki sizlarga sabrini namoyon etyapti. Sababi, U hech kimning halok bo‘lishini istamaydi, ammo hammaning tavba qilishini xohlaydi+. 10 Yahovaning* kuni+ xuddi o‘g‘riday keladi+. O‘sha kuni osmon gumburlab o‘tib ketadi+, qolgan narsalar esa qizib, erib ketadi. Yer va undagi ishlar oshkor bo‘ladi+.
11 Bularning barchasi vayron bo‘lar ekan, unda sizlar muqaddas fe’l-atvorli hamda xudojo‘y* bo‘lishingiz naqadar muhim. 12 Shuning uchun, Yahovaning* kuni+ kelishini* kutib, uni esingizda saqlanglar. O‘shanda osmon yonib yo‘q bo‘ladi+, qolgan narsalar esa qizib, erib ketadi! 13 Lekin biz Uning va’dasiga binoan adolat hukm suradigan+ yangi osmon va yangi yerni kutyapmiz+.
14 Shunday ekan, azizlarim, bularni kutayotib, oqibatda U sizlarni beg‘ubor, benuqson va tinch yashaydigan odamlar deb topishi uchun jon kuydiringlar+. 15 Rabbimizning sabr-toqatini qutulish imkoniyati deb bilinglar. Aziz birodarimiz Pavlus ham unga berilgan donolik bilan sizlarga bu haqda yozgan+. 16 Ha, bu borada u barcha maktublarida aytgandi. Ammo o‘sha xatlarda tushunish qiyin bo‘lgan narsalar bor. Bilimsiz va beqaror odamlar Muqaddas Yozuvlarning boshqa qismlarini noto‘g‘ri talqin qilishganidek, bularni ham noto‘g‘ri talqin qilib, o‘zlarini halokatga yo‘liqtirishyapti.
17 Azizlarim, bularni oldindan bilar ekansiz, bu o‘zboshimcha odamlar sizlarni o‘zlarining xato yo‘liga og‘dirmasligi va natijada barqarorligingizni yo‘qotmaslik uchun ehtiyot bo‘linglar+. 18 Aksincha, Hazratimiz-u Najotkorimiz Iso Masih to‘g‘risida bilimingiz oshib, uning inoyati sizlarda yanada ko‘paysin. Unga hozir va abadulabad shon-sharaf bo‘lsin. Omin.