Ibroniylarga
10 Tavrot kelajakdagi barakalarning+ o‘zi emas, soyasigina+ bo‘lgani uchun, yildan-yilga doim qurbonliklar keltirish orqali Tavrot* Xudoga ishonadiganlarni kamolotga erishtira olmaydi+. 2 Aks holda, qurbonliklarni keltirish bas qilinmasmidi? Zero muqaddas xizmatni bajo keltirayotganlar birato‘la poklanib, gunohlari borligini sezmas edilar. 3 Biroq bu qurbonliklar orqali yildan-yilga gunohlar borligi esga solinib turibdi+. 4 Axir buqalar-u echkilarning qoni bilan gunohlarni yo‘q qilish imkonsizdir.
5 Shu sababli, Masih dunyoga kelganida, Allohga shunday dedi: «“Sen qurbonliklar-u nazrlarni istamading, lekin menga tana tayyorlab qo‘yding. 6 Butunlay kuydiriladigan qurbonliklar-u gunoh qurbonliklarini Sen xush ko‘rmading”+. 7 Shunda bunday dedim: “Qara, men Sening irodangni bajarish uchun keldim, ey Tangrim+ (o‘rama bitikda men haqimda yozilgan)”». 8 Avval u: «Sen qurbonliklar-u nazrlarni, butunlay kuydiriladigan qurbonliklar-u gunoh qurbonliklarini xush ko‘rmading va istamading»,— dedi. Chunki ular Tavrot bo‘yicha baxshida etilardi. 9 Keyin esa u: «Qara, men Sening irodangni bajarish uchun keldim»+,— deb aytdi. Shu tariqa, u ikkinchisini o‘rnatish uchun, birinchisini bekor qildi. 10 Ana shu «iroda»+ bo‘yicha Iso Masihning tanasi birato‘la qurbon qilinishi orqali biz muqaddas bo‘ldik+.
11 Shuningdek, har bir ruhoniy muqaddas xizmatni ado etib+, o‘sha-o‘sha qurbonliklarni keltirish uchun kun sayin o‘z joyini egallaydi+. Boisi, ular hech qachon gunohlarni butunlay bartaraf qila olmaydi+. 12 Ammo Iso gunohlarni yuvish uchun bitta abadiy qurbonlik keltirib, Allohning o‘ng tomoniga o‘tirdi+. 13 O‘sha paytdan boshlab, Xudo uning dushmanlarini oyoqlari ostiga kursi qilishini kutmoqda+. 14 Zero u bitta qurbonlik bilan muqaddas bo‘ladigan kishilarni abadiy kamolotga erishtirdi+. 15 Muqaddas ruh ham ushbu so‘zlar bilan bizni bunga ishontirmoqda: 16 «“O‘sha kunlardan keyin ular bilan qiladigan ahdim quyidagicha bo‘ladi,— demoqda Yahova*. — Qonunlarimni ularning ongiga solib, qalblariga yozib qo‘yaman”»+. 17 Keyin esa: «Ularning gunohlarini hamda qonunsiz ishlarini aslo yodga olmayman»+,— deb aytdi. 18 Tangri bu gunohlarni kechirgan joyda qurbonlik keltirishning hojati yo‘q.
19 Shu sababli, birodarlar, biz Isoning qoni orqali Eng muqaddas xonaga olib boradigan yo‘ldan+ qo‘rqmasdan foydalanyapmiz. 20 Iso bu yangi hamda tirik yo‘lni bizga parda+, ya’ni o‘zining tanasi orqali ochdi. 21 Xudoning xonadoni ustidan qo‘yilgan ulug‘ ruhoniy bor ekan+, 22 yuragimizni va bulg‘angan vijdonimizni tozalab*+ hamda tanamizni toza suvda yuvib+, Allohga butun qalbimiz va to‘la ishonch bilan yaqinlashaylik. 23 Kelinglar, tinmay va ikkilanmay umidimizni hammaga e’lon qilaylik+, zero va’da beruvchi ishonchlidir. 24 Shuningdek, sevishga va ezgu ishlar qilishga+ undash uchun bir-birimiz haqimizda o‘ylaylik*. 25 Ba’zilarning odatidek, yig‘ilishlarimizni qoldirmaylik+. Aksincha, o‘sha kunning yaqinlashib qolganini ko‘rib turgan ekanmiz+, bir-birimizga yanada ko‘proq dalda beraylik+.
26 Bordi-yu, haqiqat to‘g‘risida aniq bilimga ega bo‘lgandan keyin ham atayin gunoh qilaversak+, gunohlarni yuvadigan boshqa qurbonlik qolmaydi+. 27 Buning o‘rniga, hukmni qo‘rquv bilan kutish va Tangriga qarshi chiqqanlarni yo‘q qilishga tayyor turgan olovli qahr qoladi, xolos+. 28 Musoning Tavrot kitobidagi qonunni buzgan har bir kishi ikki yoki uch kishining guvohligi asosida o‘ldirilib+, unga shafqat qilinmaydi. 29 Agarda kimdir Xudoning O‘g‘lini oyoq osti qilsa, uni muqaddas qilgan ahd qonini+ oddiy deb bilsa, inoyat ruhini mensimay haqoratlasa, u qanchalik og‘ir jazoga loyiq deb o‘ylaysizlar?+ 30 «Qasos Meniki, ularning jazosini Men beraman»,— deb kim aytganini biz bilamiz. U yana: «Yahova* xalqini hukm qiladi»+,— degan. 31 Darhaqiqat, barhayot Allohning qo‘liga tushish dahshatlidir.
32 Ilgarigi kunlaringizni eslanglar. Haqiqatni tanib-bilgandan so‘ng+ sizlar qattiq kurashda azob chekib, bardosh berdingizlar. 33 Sizlar goh el-yurtning oldida* haqorat-u qiyinchiliklarga duch keldingizlar, goh shunday ahvolga tushganlarning azoblariga sherik bo‘ldingizlar. 34 Ustiga-ustak, sizlar qamoqda o‘tirgan birodarlarga hamdardlik ko‘rsatgansizlar hamda mol-mulkingizni talon-toroj qilishganda, buni quvonch bilan qabul qilgansizlar+. Boisi, undan ham yaxshiroq, abadiy merosingiz borligini bilar edingizlar+.
35 Shunday ekan, jasorat bilan gapirishni bas qilmanglar, chunki bu ulug‘ mukofot keltiradi+. 36 Tangrining irodasini bajarib, va’da etilgan narsalarga erishish uchun sabr-bardoshli bo‘lishingiz kerak+. 37 Zero «yana bir oz»+ va «kelayotgan keladi, kechikmaydi»+. 38 «Mening odil xizmatchim imoni tufayli yashaydi»+. Ammo «u orqaga chekinsa, undan rozi bo‘lmayman»+. 39 Biz esa halok bo‘lish uchun orqaga chekinadiganlardan emasmiz+, balki jonimizni* saqlash niyatida imonga ega bo‘lganlardanmiz.