Hikmatlar
24 Yovuzlarga havasing kelmasin,
Ularga sherik bo‘lishni orzu qilma+.
2 Chunki ko‘ngillaridan zo‘ravonlik kechadi,
Tillaridan yomonlik arimaydi.
3 Uy donolik ila quriladi+,
Aql-idrok bilan mahkam turadi.
4 Xonalari bilim tufayli
Qimmatbaho va noyob xazinalarga to‘ladi+.
5 Kuch donolikdadir+,
Odamning bilimi kuchini orttiradi.
7 Ahmoq donolikka erisha olmaydi+,
U shahar darvozasi oldida biron so‘z aytolmaydi.
8 Yovuzlikni niyat qilgan har kim
O‘taketgan fitnachidir+.
9 Ahmoqona rejalar gunohdir,
Mazaxchidan odamlar jirkanadi+.
10 Og‘ir kunda ruhing tushsa,
Kuching ham zaiflashadi.
11 O‘limga mahkum etilganlarni qutqar,
Qirg‘inga olib ketilayotganlarni qaytar+.
12 Mabodo: «Bundan bexabar qolibmiz!» — desang,
Qalblarni tekshiruvchi Zot buni payqamaydi deb o‘ylama!+
Zero, seni kuzatib turgan Zot baridan xabardor,
U har bir kishining ishiga yarasha qaytaradi!+
13 O‘g‘lim, asal yegin, chunki u shifobaxsh,
Ha, toza asal og‘iz uchun mazalidir.
14 Shuni bilginki, donolik ham sen uchun foydali+.
Uni topsang kelajaging porloq bo‘ladi,
Umiding ham puchga chiqmaydi+.
15 Odilning uyi oldida yovuz kishiday pistirma qo‘yma,
Uning turar joyini vayron qilma.
17 Dushmaning yiqilsa quvonma,
Qoqilsa ich-ichingdan sevinma+.
18 Chunki Yahova buni ko‘rib ranjiydi,
Unga g‘azabini sochish niyatidan qaytadi+.
19 Qabihlar dastidan xafa bo‘lma,
Yovuzlarga havas qilma.
20 Zero, yomonlarning kelajagi yo‘q+,
Yovuzlarning chirog‘i so‘nib qoladi+.
21 O‘g‘lim, Yahovadan hamda shohdan qo‘rq+,
Ikkovi* ularni qay ko‘yga solishini kim biladi?+
23 Bular donolarning so‘zlaridir:
Mahkamada tarafkashlik qilish yaxshi emas+.
24 Kimki yovuzga: «Siz adolatlisiz»+,— desa,
Uni odamlar la’natlaydi, xalqlar ayblaydi.
26 Ro‘yirost javob berganning yuzidan o‘pishadi*+.
27 Tashqaridagi ishingni bajar,
Daladagi yumushingni ham bitir, so‘ng uyingni qur.
28 Yaqiningga qarshi asossiz guvohlik berma+,
Tiling bilan o‘zgalarni aldama+.
29 «Menga qilganlarini o‘ziga qilaman,
Qilmishiga yarasha qaytaraman»+,— dema.
30 Yalqovning+ dalasi yonidan,
Farosatsizning uzumzori oldidan o‘tdim.
31 Qarasam, har yerda begona o‘t o‘sibdi,
Hamma yerni qichitqi o‘t qoplabdi,
Tosh devori ham qulab tushibdi+.
32 Bularni ko‘rib o‘yga cho‘mdim,
O‘zimga shunday saboq oldim:
33 Oz-moz uxlab, bir oz mizg‘ib olsang,
Yonboshlab birpas dam olsang,
34 Qashshoqlik qaroqchi kabi,
Yo‘qchilik qurollangan kishiday bostirib keladi+.