Korinfliklarga yo‘llangan birinchi maktub
12 Birodarlar, muqaddas ruh berayotgan in’omlar+ borasida bexabar qolishingizni istamayman. 2 Boshqa xalqlarga mansub* bo‘lganingizda, tilsiz butlar+ ta’siriga berilib, ular qayerga boshlasa, o‘sha yerga borar edingiz. 3 Shuni bilishingizni istardimki, Xudoning ruhi ta’sirida gapirgan hech kim: «Iso la’nati bo‘lsin!» — demaydi. Xuddi shunday, muqaddas ruhning ta’sirisiz hech kim: «Iso Hazratimizdir!» — deya olmaydi+.
4 In’omlar turlicha bo‘lsa-da, muqaddas ruh o‘sha-o‘shadir+. 5 Xizmat turlari ham ko‘p+, ammo Hazratimiz o‘sha-o‘shadir. 6 Turli faoliyatlar bor, biroq ularni har bir odam orqali amalga oshirayotgan Alloh o‘sha-o‘shadir+. 7 Muqaddas ruh esa umumiy manfaat uchun har bir insonda turlicha namoyon bo‘ladi+. 8 Kimdir muqaddas ruh orqali donishmandlik bilan so‘zlaydi, yana kimdir o‘sha ruh orqali bilimdonlik bilan gapiradi. 9 Birovga muqaddas ruh orqali imon+ berilgan bo‘lsa, boshqasiga o‘sha ruh yordamida davolash kuchi in’om+ etilgan. 10 Kimgadir qudratli ishlarni bajarish+, kimgadir bashorat qilish, kimgadir ilohiy ilhom bilan aytilgan so‘zlarni farqlash+, kimgadir har xil tillarni tushunish+, kimgadir tarjima qilish qobiliyati in’om+ etilgan. 11 Bu in’omlarning barini o‘sha ruh Xudoning xohishiga ko‘ra har bir insonga alohida taqdim etadi.
12 Tana bitta bo‘lgani bilan uning a’zolari ko‘p. Ammo a’zolarning bari ko‘p bo‘lishiga qaramay, bitta tanani tashkil etadi+. Masihning tanasi haqida ham shunday deyish mumkin. 13 Xoh yahudiy bo‘lsin, xoh yunon, xoh qul bo‘lsin, xoh ozod kishi— barchamiz bitta tanani tashkil etish uchun bir ruh orqali cho‘mdirildik va hammamiz o‘sha muqaddas ruhga ega bo‘ldik.
14 Darhaqiqat, tana bitta a’zodan emas, ko‘p a’zolardan iboratdir+. 15 Agar oyoq: «Men qo‘l bo‘lmaganim uchun, tanaga tegishli emasman»,— desa ham, u tananing bir qismi emasligini anglatmaydi. 16 Quloq ham: «Men ko‘z bo‘lmaganim sababli, tanaga taalluqli emasman»,— degani bilan, u tanaga aloqador bo‘lmay qolmaydi. 17 Agar butun tana ko‘z bo‘lsa edi, unda qanday qilib eshita olardi? Yoki butun tana quloq bo‘lganida, qanday qilib hid sezardi? 18 Tangri esa a’zolarning har birini tanaga O‘zi xohlagandek joylashtirgan.
19 Agar hammasi bitta a’zo bo‘lganda, buni tana deb bo‘larmidi? 20 Endi esa a’zolar ko‘p bo‘lsa-da, ular bitta tanani tashkil etadi. 21 Ko‘z qo‘lga: «Menga kerak emassan»,— deya olmaydi. Xuddi shunday, bosh ham oyoqlarga: «Menga keragingiz yo‘q»,— deya olmaydi. 22 Aksincha, tananing eng zaif hisoblangan a’zolari aslida kerakliroqdir. 23 Tananing eng ahamiyatsiz sanalgan qismlariga biz ko‘proq e’tibor beramiz+. Shu yo‘sin, tanamizning ko‘rimsiz qismlariga ko‘proq ehtirom ko‘rsatamiz. 24 Jozibali qismlari esa hech narsaga muhtoj bo‘lmaydi. Biroq Xudo tanani shunday tuzganki, uning e’tiborga muhtoj qismiga ko‘proq ahamiyat bergan. 25 Buni tanada bo‘linish yuz bermasin, balki uning barcha a’zolari bir-biri haqida qayg‘ursin, degan maqsadda qilgan+. 26 Agar bitta a’zo qiynalsa, boshqa a’zolar ham u bilan birga qiynaladi+. Bordi-yu, bitta a’zo ulug‘lansa, boshqa a’zolar ham u bilan birga quvonadi+.
27 Sizlar Masihning tanasi+ va uning alohida-alohida a’zolarisiz+. 28 Alloh esa bu a’zolarning har biriga jamoatda o‘z o‘rnini ajratib bergan: birinchidan havoriylarni+, ikkinchidan payg‘ambarlarni+, uchinchidan muallimlarni tayinlab+, keyin qudratli ishlarni bajarish+, davolash+, yordamlashish, boshqarish+ va turli tillarda gapirish qobiliyatini+ in’om etgan. 29 Ularning bari havoriymi? Hammasi payg‘ambarmi? Hammasi muallimmi? Bari qudratli ishlarni bajaradimi? 30 Hammasi davolaydimi? Hammasi boshqa tillarda gapiradimi?+ Bari tarjimonmi?+ 31 Sizlar a’loroq in’omlarga ega bo‘lish uchun astoydil harakat qilinglar+. Men esa sizlarga eng oliy yo‘lni+ ko‘rsataman.