Qoʻriqchi minorasining ONLAYN KUTUBXONASI
Qoʻriqchi minorasining
ONLAYN KUTUBXONASI
o‘zbekcha (lotincha)
  • MUQADDAS KITOB
  • ADABIYOTLAR
  • UCHRASHUVLAR
  • 3 Shohlar 13
  • Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi

Tanlangan maʼlumot uchun video mavjud emas.

Kechirasiz, videoni ijro etishda xatolik yuz berdi.

QISQACHA MAZMUNI

      • Baytildagi qurbongohga qarshi bashorat (1-10)

        • Qurbongoh yorilib ketadi (5)

      • Payg‘ambarning itoatsizligi (11-34)

3 Shohlar 13:1

Izohlar

  • *

    Ibroniycha atama ostida tutatqi tutatish ham tushunilishi mumkin.

  • *

    So‘zma-so‘z «haq Xudoning odami».

Havolalar

  • +3Shh 12:32; Ams 3:14
  • +4Shh 23:16, 17

3 Shohlar 13:2

Havolalar

  • +4Shh 21:24; 22:1
  • +4Shh 23:15, 16; 2Sl 34:33

3 Shohlar 13:3

Izohlar

  • *

    Yoki «yog‘li kul», ya’ni qurbon qilingan jonliqlarning yog‘ini shimib olgan kul.

3 Shohlar 13:4

Izohlar

  • *

    Yoki «shol bo‘lib».

Havolalar

  • +2Sl 16:10; Yerm 20:2
  • +4Shh 6:18

3 Shohlar 13:6

Havolalar

  • +Chq 10:16, 17; S’h 21:7; Yerm 37:3; Hv 8:24

3 Shohlar 13:14

Havolalar

  • +3Shh 13:1

3 Shohlar 13:22

Havolalar

  • +3Shh 13:30; 4Shh 23:17, 18

3 Shohlar 13:24

Havolalar

  • +2Shh 6:7; 3Shh 20:35, 36; 4Shh 17:25

3 Shohlar 13:26

Havolalar

  • +3Shh 13:9
  • +3Shh 13:21, 22

3 Shohlar 13:31

Havolalar

  • +4Shh 23:17, 18

3 Shohlar 13:32

Havolalar

  • +Lv 26:30; 3Shh 12:29, 31
  • +4Shh 23:15, 19

3 Shohlar 13:33

Havolalar

  • +3Shh 12:25, 31
  • +2Sl 11:14, 15

3 Shohlar 13:34

Havolalar

  • +3Shh 16:30, 31; 4Shh 3:1, 3; 10:31; 13:1, 2
  • +3Shh 14:10; 15:25–29; 4Shh 17:22, 23

Boshqa

3 Shoh. 13:13Shh 12:32; Ams 3:14
3 Shoh. 13:14Shh 23:16, 17
3 Shoh. 13:24Shh 21:24; 22:1
3 Shoh. 13:24Shh 23:15, 16; 2Sl 34:33
3 Shoh. 13:42Sl 16:10; Yerm 20:2
3 Shoh. 13:44Shh 6:18
3 Shoh. 13:6Chq 10:16, 17; S’h 21:7; Yerm 37:3; Hv 8:24
3 Shoh. 13:143Shh 13:1
3 Shoh. 13:223Shh 13:30; 4Shh 23:17, 18
3 Shoh. 13:242Shh 6:7; 3Shh 20:35, 36; 4Shh 17:25
3 Shoh. 13:263Shh 13:9
3 Shoh. 13:263Shh 13:21, 22
3 Shoh. 13:314Shh 23:17, 18
3 Shoh. 13:32Lv 26:30; 3Shh 12:29, 31
3 Shoh. 13:324Shh 23:15, 19
3 Shoh. 13:333Shh 12:25, 31
3 Shoh. 13:332Sl 11:14, 15
3 Shoh. 13:343Shh 16:30, 31; 4Shh 3:1, 3; 10:31; 13:1, 2
3 Shoh. 13:343Shh 14:10; 15:25–29; 4Shh 17:22, 23
  • Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 6
  • 7
  • 8
  • 9
  • 10
  • 11
  • 12
  • 13
  • 14
  • 15
  • 16
  • 17
  • 18
  • 19
  • 20
  • 21
  • 22
  • 23
  • 24
  • 25
  • 26
  • 27
  • 28
  • 29
  • 30
  • 31
  • 32
  • 33
  • 34
Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi
3 Shohlar 13:1–34

Shohlar uchinchi kitob

13 Yorubom qurbongoh oldida+ qurbonliklar tutatmoqchi* bo‘lib turganida, Yahovaning amriga binoan Yahudodan Baytilga Uning payg‘ambari*+ keldi. 2 U Yahovaning buyrug‘i bilan qurbongohga qarata shunday dedi: «Ey, qurbongoh, qurbongoh! Yahova senga shunday demoqda: “Dovud xonadonida Yo‘shiyo+ ismli o‘g‘il tug‘iladi! Hozir tepaliklar ruhoniylari sening ustingda qurbonliklar tutatishyapti. Yo‘shiyo bo‘lsa ruhoniylarning o‘zini sening ustingda qurbonlikka keltirib, odamlar suyagini kuydiradi”+». 3 O‘sha kuni bu payg‘ambar mo‘jiza ko‘rsatib: «Ushbu mo‘jiza Yahovaning: “Qurbongoh yorilib, undagi kul* sochilib ketadi”,— degan so‘zi bajarilishini tasdiqlaydi»,— deb aytdi.

4 Qurbongoh oldida turgan shoh Yorubom, payg‘ambarning Baytildagi qurbongohga qarshi aytgan so‘zlarini eshitishi bilan, qo‘lini uzatib: «Ushlanglar uni!»+ — dedi. Shu zahotiyoq uzatgan qo‘li qurib*, uni qimirlata olmay qoldi+. 5 So‘ng qurbongoh yorilib, undagi kul sochilib ketdi. Shunday qilib, Yahovaning so‘ziga ko‘ra, payg‘ambarning aytganlari mo‘jizaviy tarzda amalga oshdi.

6 Shoh unga: «Iltimos, qo‘lim o‘z holiga qaytishi uchun Tangring Yahovadan iltifot ko‘rsatishini so‘rab ibodat qil»+,— deb yolvordi. Bu so‘zlardan so‘ng payg‘ambar Yahovadan iltifot ko‘rsatishini so‘rab ibodat qildi. Shunda shohning qo‘li ilgarigi holatiga qaytdi. 7 Shoh payg‘ambarga: «Keling uyga kirib, tamaddi qilib olaylik. Sizga sovg‘a-salom berayin»,— dedi. 8 Biroq u shunday javob berdi: «Hatto menga mulkingizning yarmini bersangiz-da, siz bilan bormayman, bu yerda non ham yemayman, suv ham ichmayman. 9 Chunki Yahova menga: “Non ham yema, suv ham ichma. Kelgan yo‘ling bilan orqaga qaytma”,— deb amr berdi». 10 Shunday qilib, u Baytilga borgan yo‘l bilan qaytmasdan boshqa yo‘ldan ketdi.

11 Baytilda keksa bir payg‘ambar yashar edi. O‘sha kuni o‘g‘illari uyga qaytib, unga Xudo yuborgan payg‘ambarning Baytilda qilgan barcha ishlarini va shohga aytgan gaplarini ta’riflab berishdi. Otasi buni eshitib: 12 «U odam qaysi yo‘ldan qaytdi?» — deb ulardan so‘radi. O‘g‘illari Yahudodan kelgan payg‘ambar ketgan yo‘lni ko‘rsatishdi. 13 Shunda u o‘g‘illariga: «Eshakni egarlanglar»,— dedi. Ular otasi aytganday qilishdi va u eshakka minib yo‘lga otlandi.

14 U, Tangrining payg‘ambari ketgan yo‘ldan borib, uni katta daraxt tagida o‘tirgan holda topdi. Keksa payg‘ambar undan: «Yahudodan kelgan payg‘ambar sizmisiz?»+ — deb so‘radi. U: «Ha, menman»,— dedi. 15 Keksa payg‘ambar unga: «Uyimga kirib, tamaddi qilib oling»,— deb aytdi. 16 Lekin u shunday javob berdi: «Siz bilan bormayman, taklifingizni qabul ham qilmayman. Siz bilan bu yerda na non yeyman, na suv ichaman. 17 Chunki Yahova menga: “Non ham yema, suv ham ichma. Kelgan yo‘ling bilan orqaga qaytma”,— deb amr berdi». 18 Bunga javoban keksa payg‘ambar dedi: «Men ham siz kabi payg‘ambarman. Farishta menga Yahovaning so‘zini yetkazib: “Uni uyingga qaytarib kelib, non bilan suv bergin”,— deb aytdi». (U yolg‘on gapirdi.) 19 Shunday qilib, u non yeb, suv ichib olish uchun keksa payg‘ambarning uyiga bordi.

20 Ular dasturxon atrofida o‘tirishganda, keksa payg‘ambarga Yahovadan xabar keldi. 21 Shunda u Yahudodan kelgan payg‘ambarga: «Yahova shunday demoqda: “Yahovaning buyrug‘iga qarshi chiqib, Xudoying Yahovaning amriga quloq solmading. 22 “Non ham yema, suv ham ichma” deyilganiga qaramay, yo‘lingdan qaytib non yeb, suv ichganing uchun jasading ota-bobolaring xilxonasiga qo‘yilmaydi”»+,— deb aytdi.

23 Payg‘ambar non yeb, suv ichganidan keyin, keksa payg‘ambar unga eshak egarlab berdi. 24 U yo‘lida ketayotib sherga duch keldi. Sher uni o‘ldirib, jasadini esa yo‘l ustiga tashladi+. Eshak ham, sher ham uning jasadi yonida turardi. 25 Odamlar o‘tib ketayotib jasadning yo‘l ustiga tashlab ketilganini, yonida sher turganini ko‘rishdi. Ular keksa payg‘ambar yashayotgan shaharga kelib, bu haqda gapirib berishdi.

26 Uni yo‘ldan qaytargan keksa payg‘ambar bu haqda eshitishi bilanoq: «Bu — Xudoning payg‘ambari. U Yahovaning buyrug‘iga qarshi chiqdi+. Yahova uni sherga yo‘liqtirdi va sher uni tilka-pora qilib o‘ldirdi. Shu tariqa Yahovaning unga aytgan so‘zi amalga oshdi»+,— dedi. 27 U o‘g‘illariga: «Eshakni egarlanglar»,— dedi. Ular otasi aytganday qilishdi. 28 Shunday qilib, u yo‘lga otlandi va yo‘l ustida jasad yotganini, oldida esa eshak bilan sher turganini ko‘rdi. Sher murdani yemagan, eshakka ham tegmagandi. 29 Keksa payg‘ambar haq Tangri xizmatkorining jasadini eshagiga ortdi va motam tutib dafn qilish uchun jasadni o‘z shahriga olib ketdi. 30 U jasadni o‘z xilxonasiga qo‘ydi va ular: «Voy birodarim! Voy birodarim!» — deb dod-faryod qilishdi. 31 Dafn etib bo‘lgach, u o‘g‘illariga dedi: «Men hayotdan ko‘z yumganimda, jasadimni haq Xudoning xizmatkori qo‘yilgan joyga dafn qilinglar. Suyaklarimni uning suyaklari yoniga qo‘yinglar+. 32 Zero, Yahovaning so‘ziga ko‘ra, Baytildagi qurbongoh hamda Samariya shaharlaridagi tepaliklarda qurilgan barcha ibodatxonalarga+ qarshi u aytgan so‘zlar albatta amalga oshadi»+.

33 Sodir bo‘lgan voqealardan keyin ham Yorubom qabih yo‘ldan qaytmadi, oddiy odamlar ichidan tepaliklarda xizmat qiladigan ruhoniylarni tayinlashni davom ettirdi+. Ruhoniy bo‘lishni istovchi har qanday kishini bu vazifaga tayinlab: «Tepaliklarda ruhoniylik qilsin»,— deb aytardi+. 34 Bu ishi bilan Yorubom o‘z xonadonini gunohga botirib+, yer yuzidan qirilib yo‘q bo‘lib ketishiga sababchi bo‘ldi+.

O’zbekcha adabiyotlar (Roman) (2006-2025)
Chiqish
Kirish
  • o‘zbekcha (lotincha)
  • Ulashish
  • Sozlamalar
  • Copyright © 2025 Watch Tower Bible and Tract Society of Pennsylvania
  • Foydalanish shartlari
  • Maxfiylik siyosati
  • Maxfiylik sozlamalari
  • JW.ORG
  • Kirish
Ulashish