Yoqubning maktubi
5 Endi bo‘lsa, siz, boylar quloq solinglar: boshingizga tushadigan qayg‘udan yig‘lab, faryod qilinglar+. 2 Boyligingiz chirib, kiyimingizni kuya yeb ketdi+. 3 Oltin-u kumushingizni zang bosdi va bu zang sizlarga qarshi guvohlik berib, tanangizni yeb bitiradi. To‘plagan narsalaringiz oxirgi kunlarda olov kabi bo‘ladi+. 4 Mana, dalalaringizda hosil yiqqanlarning to‘lanmagan haqi faryod qilmoqda. Yordam so‘rayotgan o‘roqchilarning fig‘oni Qo‘shinlar Sarvari Yahovaning* qulog‘iga yetib bordi+. 5 Sizlar yer yuzida dabdabali yashab, aysh-ishrat qildingiz. Yuraklaringiz yog‘ bosguncha semirib, so‘yilish kuniga tayyor bo‘ldingiz+. 6 Odil insonni hukm qilib, o‘ldirdingizlar. U sizlarga qarshi chiqmaydi deb o‘ylayapsizlarmi?
7 Birodarlar, Hazratimizning hozir bo‘lishiga+ qadar chidab turinglar. Axir dehqon ham yerdan yaxshi hosil olish uchun kuzgi va bahorgi yomg‘irni sabr-toqat bilan kutadi-ku+. 8 Shu singari sizlar ham sabr-toqat qilib+, qalblaringizni mustahkamlanglar, chunki Hazratimizning hozir bo‘lish kuni yaqinlashib qoldi+.
9 Hukmga duchor bo‘lmaslik uchun birodarlar, bir-biringizdan nolimanglar+. Mana, Hukm qiluvchi eshik oldida turibdi. 10 Birodarlar, Yahovaning* nomidan gapirgan payg‘ambarlardan+ o‘rnak olinglar. Ular qiyinchiliklarni boshdan kechirib+, sabr-toqatli bo‘lishgan+. 11 Sabr-bardosh qilganlarni biz baxtiyor deb ataymiz+. Sizlar Ayub payg‘ambarning bardoshi haqida eshitib+, oqibatda Yahova* unga qanday baraka berganini ko‘rgansizlar+. Zero Yahova* mehr-shafqatli, rahmdil Xudo+.
12 Avvalo birodarlar, osmon haqqi ham, yer haqqi ham, boshqa narsa haqqi ham qasam ichmanglar. Hukmga duchor bo‘lmaslik uchun «ha» degan so‘zingiz «ha» bo‘lsin, «yo‘q» degan so‘zingiz «yo‘q» bo‘lsin+.
13 Orangizda kimdir qiyinchiliklarga duch kelyaptimi? Ibodat qilsin+. Kimdir a’lo kayfiyatdami? Hamd-u sano kuylasin+. 14 Orangizda kimdir kasalmi*? Unda jamoat oqsoqollarini+ chaqirsin. Ular esa Yahovaning* nomidan boshiga moy surtib*+, u uchun ibodat qilishsin. 15 Imon bilan qilingan ibodat kasalga* shifo beradi va Yahova* uni oyoqga turg‘izadi. Agarda gunoh qilgan bo‘lsa, gunohi kechiriladi.
16 Shunday ekan, sog‘ayib ketish uchun bir-biringiz oldida gunohlaringizni ochiq tan olib+, bir-biringiz uchun ibodat qilinglar. Odil kishining iltijosi kuchli ta’sirga ega+. 17 Ilyos payg‘ambar ham biz kabi inson edi. Ammo u yomg‘ir yog‘masin deya astoydil ibodat qilganida, o‘sha yurtga uch yil-u olti oy yomg‘ir yog‘magan+. 18 U yana ibodat qilganida, osmondan yomg‘ir yog‘ib, yer hosilini bergan edi+.
19 Birodarlarim, orangizdan biron kimni haqiqat yo‘lidan ozdirishsa, boshqasi esa uni haq yo‘lga qaytarsa, 20 bilinglarki, gunohkorni xato yo‘ldan qaytargan kishi+ uning jonini asrab, ko‘p gunohlarini qoplagan bo‘ladi+.