Zabur
Dovud sanosi.
א [Alef]
2 Ular xuddi o‘tday tezda qurib qoladi+,
Ko‘k maysaday bir zumda so‘lib qoladi.
ב [Bet]
4 Tangri Yahova quvonching manbai bo‘lsin,
Shunda U dilingdagi orzularingga yetkazadi.
ג [Gimel]
6 U odilligingni tong shu’lasiday,
Adolatingni esa kunduzgi quyoshday porlatadi.
ד [Dalet]
7 Yahovaning huzurida sukut saqla+,
Intizorlik bilan Uni kut.
O‘z rejalarini amalga oshirib,
Muvaffaqiyatga erishayotgan odamlarni ko‘rganda, ranjima+.
ה [Xe]
ו [Vav]
10 Yana bir ozdan so‘ng yovuzlar yo‘q bo‘ladi+,
Ularning joyiga qaraysan-u,
Ammo ularni topa olmaysan+.
11 Kamtar* kishilar esa yer yuziga egalik qiladi+,
Ular tinchlik-xotirjamlikda umr kechirib, behad shod bo‘ladi+.
ז [Zayin]
12 Yovuz kishi odilga qarshi fitna uyushtirib+,
Unga qarshi tishlarini g‘ijirlatadi.
13 Lekin Yahova uning ustidan kuladi,
Zero, uning kuni bitishini U biladi+.
ח [Xet]
14 Yovuzlar qilichini yalang‘ochlab, kamonini tortadi.
Mazlum-u bechorani yo‘q qilishni,
To‘g‘ri yo‘ldan yurganlarni qirg‘in qilishni ko‘zlaydi.
15 Ammo ularning qilichi o‘z yuragiga sanchiladi+,
Kamonlari sindirib tashlanadi.
ט [Tet]
16 Odil kishining ozgina mol-mulki,
Yovuzlarning mol-dunyosidan ortiqroqdir+.
17 Boisi yovuzlarning qo‘llari sindiriladi,
Odillarni esa Yahova qo‘llab-quvvatlaydi.
י [Yod]
18 Yahova benuqson kishilarning hayot yo‘lini biladi,
Ularning merosi toabad saqlanadi+.
19 Musibat kunida ular isnodga qolmaydi,
Ocharchilik paytida dasturxoni to‘kin-sochin bo‘ladi.
כ [Kaf]
20 Yovuzlar nobud bo‘ladi+,
Yahovaning dushmanlari maysazorning chiroyi kabi yo‘qga chiqadi,
Ular xuddi tutunday yo‘q bo‘lib ketadi.
ל [Lamed]
21 Yovuz kishi qarz oladi-yu, lekin qaytarib bermaydi,
Odil kishi esa saxiylik ila beradi+.
22 Allohning barakasini olganlar, yer yuziga egalik qiladi,
Uning la’natiga uchraganlar esa yo‘q qilinadi+.
מ [Mem]
נ [Nun]
25 Men yosh edim, endi qarib qoldim,
Ammo birorta odil kishining tashlab ketilganini+,
Uning bolalari non so‘rab yurganini ko‘rmadim+.
26 Odil kishi ochiq qo‘l bilan doimo qarz beradi+,
Uning farzandlari qut-barakadan bahramand bo‘ladi.
ס [Samex]
27 Yomonlikdan yuz o‘girib, yaxshilik qil+,
Shunda abadiy yashaysan.
28 Sababi Yahova adolatni sevadi,
Unga sodiq bo‘lganlarni tark etmaydi+.
ע [Ayin]
פ [Pe]
צ [Sade]
32 Yovuz odil kishini kuzatib,
Uni o‘ldirish uchun fursat poylaydi.
ק [Qof]
34 Yahovaga umid bog‘lab, Uning yo‘lidan yur,
Shunda U seni yuksaltirib, yer yuzini mulk qilib beradi.
Yovuz yo‘q bo‘lib ketishini+ o‘z ko‘zlaring bilan ko‘rasan+.
ר [Resh]
35 Men shafqatsiz, yovuz kishini ko‘rdim,
U xuddi sershox daraxtday gurkirab o‘sayotgan edi+.
ש [Shin]
37 Benuqson kishiga e’tibor ber,
To‘g‘ri kishiga+ razm solib qara,
Bunday kishini tinchlik-osoyishtalik kutadi+.
38 Ammo jinoyatchilarning bari yo‘q qilinadi,
Yomon odamlarning kelajagi barbod bo‘ladi+.
ת [Tav]
40 Yahova ularga yordam berib, ularni qutqaradi+.
Yovuzning qo‘lidan ozod qilib, omon saqlaydi,
Chunki ular Undan panoh topgan+.