Zabur
Ijrochilar rahbari uchun ko‘rsatma. Dovud sanosi.
41 Bechoraga yordam qo‘lini cho‘zgan inson baxtlidir+,
Musibat kuni Yahova bunday kishini qutqaradi.
2 Yahova uni himoya qilib, jonini omon saqlaydi.
U yer yuzida baxtli inson deya ataladi+,
Sen hech qachon uni dushmanlarining qo‘liga topshirib qo‘ymaysan+.
3 Kasal bo‘lganida Yahova uni qo‘llab-quvvatlaydi+,
To‘shakda xasta bo‘lib yotganda, Sen unga g‘amxo‘rlik qilasan.
4 Shu bois: «Menga iltifot ko‘rsatgin, ey Yahova+.
Menga shifo bergin+, chunki Senga qarshi gunoh qildim»+,— deb aytdim.
5 Dushmanlarim bo‘lsa menga yomonlik tilab:
«U qachon o‘lib, nomi o‘chib ketar ekan?» — deydi.
6 Birortasi mendan hol so‘rab kelsa, qalbiga yolg‘on so‘zlashni tugib keladi.
U menga qarshi gapirishga shaylanadi,
So‘ng tashqariga chiqib, buni hammaga tarqatadi.
7 Mendan nafratlanadiganlar o‘zaro pichirlashib,
Shunday deya menga qarshi reja tuzadi:
8 «U baloga yo‘liqdi.
Mana, u qaytib turmaydigan bo‘lib yotibdi»+.
9 Hatto men bilan ahil bo‘lgan, men ishongan+,
10 Ammo Sen, ey Yahova, menga iltifot ko‘rsatib, o‘rnimdan turg‘iz,
Toki ularning qilmishlariga yarasha qaytaray.
11 Dushmanlarim ustimdan zafar qozona olmasa+,
Mendan mamnun ekaningni shundan bilib olaman.
13 Isroil shohi Yahovaga hamd-u sano bo‘lsin!
U abadulabad madh etilsin!+
Omin, omin.*