Hikmatlar
18 Boshqalardan ajralgan xudbin istaklarini ko‘zlaydi,
U donolikni rad etadi.
2 Nodon fahm-farosatni yoqtirmaydi,
U nuqul yuragidagini oshkor qiladi+.
3 Yovuz kishi bilan birga nafrat keladi,
Uyatli ish ortidan sharmandalik keladi+.
4 Insonning so‘zlari chuqur suv kabidir+,
Donolik chashmasi qaynar buloqdir.
9 Ish qilishga eringan
Buzg‘unchiga sherikdir+.
11 Boyning mol-davlati mustahkam shahridir,
O‘z tasavvurida himoya devori kabidir+.
13 Tinglamasdan javob berish,
Ahmoqlik va sharmandalikdir+.
15 Zakovatli qalb egasi ilmga ega bo‘ladi+,
Dononing qulog‘i bilim izlaydi.
16 Hadya insonga imkon beradi+,
Katta odamlarning huzuriga yo‘l ochadi.
17 Qarshi tomon kelib, so‘roq-savol qilmaguncha+,
Mahkamada birinchi gapirganning da’vosi to‘g‘ri ko‘rinadi+.
18 Qur’a bahs-munozaraga chek qo‘yadi+,
Kuchli raqiblar masalasini hal qiladi.
19 Ranjigan do‘stga yo‘liqish, mustahkam shaharni zabt etishdan qiyinroqdir+.
Shunday tortishuvlar borki, ular qo‘rg‘on surma zulfinlari kabidir+.
20 Ezgu so‘zlari tufayli odamning qorni to‘yadi+,
So‘zlarining samarasidan zavq oladi.
23 Kambag‘al yalinib gapiradi,
Boy esa qo‘rs javob qaytaradi.