Qoʻriqchi minorasining ONLAYN KUTUBXONASI
Qoʻriqchi minorasining
ONLAYN KUTUBXONASI
o‘zbekcha (lotincha)
  • MUQADDAS KITOB
  • ADABIYOTLAR
  • UCHRASHUVLAR
  • Qonunlar 31
  • Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi

Tanlangan maʼlumot uchun video mavjud emas.

Kechirasiz, videoni ijro etishda xatolik yuz berdi.

Qonunlar mazmuni

      • Musoning o‘limi yaqin (1-8)

      • Qonunni xalqqa o‘qib berish (9-13)

      • Yoshua tayinlanadi (14, 15)

      • Isroil qo‘zg‘olonchi ekani oldindan aytiladi (16-30)

        • Isroil uchun nasihatomuz qo‘shiq (19, 22, 30)

Qonunlar 31:2

Havolalar

  • +Chq 7:7; Qn 34:7; Hv 7:23
  • +S’h 20:12; Qn 3:27

Qonunlar 31:3

Havolalar

  • +Qn 9:3
  • +S’h 27:18; Qn 3:28; Yosh 1:2

Qonunlar 31:4

Havolalar

  • +S’h 21:23, 24
  • +S’h 21:33, 35
  • +Chq 23:23

Qonunlar 31:5

Havolalar

  • +S’h 33:52; Qn 7:2, 24; 20:16

Qonunlar 31:6

Havolalar

  • +Yosh 1:6; Zb 27:14; 118:6
  • +S’h 14:9; Qn 7:18
  • +Qn 4:31; Yosh 1:5; Ibr 13:5

Qonunlar 31:7

Havolalar

  • +Yosh 10:25
  • +Qn 1:38

Qonunlar 31:8

Havolalar

  • +Chq 33:14
  • +Yosh 1:9

Qonunlar 31:9

Havolalar

  • +Chq 34:27

Qonunlar 31:10

Izohlar

  • *

    So‘zma-so‘z «Ozodlik yili».

  • *

    Lug‘atga q.

Havolalar

  • +Qn 15:1
  • +Lv 23:34

Qonunlar 31:11

Havolalar

  • +Qn 16:16
  • +Nax 8:7

Qonunlar 31:12

Havolalar

  • +Qn 4:10; Ibr 10:25

Qonunlar 31:13

Havolalar

  • +Qn 6:6, 7; Ef 6:4
  • +Qn 30:16

Qonunlar 31:14

Havolalar

  • +S’h 27:13
  • +Qn 3:28

Qonunlar 31:15

Havolalar

  • +Chq 33:9; 40:38

Qonunlar 31:16

Izohlar

  • *

    Yoki «ma’naviy fohishalik qiladi».

Havolalar

  • +Hak 2:17; Zb 106:37–39
  • +3Shh 11:33
  • +Hak 2:12, 20

Qonunlar 31:17

Havolalar

  • +Qn 29:20
  • +1Sl 28:9; 2Sl 15:2; 24:20
  • +Qn 32:20; Zb 104:29; Hiz 39:23
  • +Nax 9:27
  • +Hak 6:13

Qonunlar 31:18

Havolalar

  • +Isha 59:2

Qonunlar 31:19

Havolalar

  • +Qn 31:30; 32:44
  • +Qn 4:9; 11:19
  • +Qn 31:21

Qonunlar 31:20

Izohlar

  • *

    So‘zma-so‘z «yog‘ bosgach».

Havolalar

  • +Chq 3:8; S’h 13:26, 27
  • +Nax 9:25
  • +Chq 24:7; Qn 8:12–14; 29:1; Nax 9:26

Qonunlar 31:21

Havolalar

  • +Qn 28:59
  • +Chq 16:4

Qonunlar 31:23

Havolalar

  • +S’h 27:18; Qn 31:14
  • +Yosh 1:6, 9
  • +Qn 1:38; 3:28

Qonunlar 31:24

Havolalar

  • +Chq 34:27

Qonunlar 31:26

Havolalar

  • +Qn 17:18; 2Sl 34:14
  • +3Shh 8:9

Qonunlar 31:27

Izohlar

  • *

    So‘zma-so‘z «bo‘yni egilmaydigan».

Havolalar

  • +Qn 9:24; Nax 9:26
  • +Chq 32:9; Zb 78:8

Qonunlar 31:28

Havolalar

  • +Qn 30:19

Qonunlar 31:29

Havolalar

  • +Hak 2:19
  • +Qn 28:15

Qonunlar 31:30

Havolalar

  • +Qn 32:44

Boshqa

Qonun. 31:2Chq 7:7; Qn 34:7; Hv 7:23
Qonun. 31:2S’h 20:12; Qn 3:27
Qonun. 31:3Qn 9:3
Qonun. 31:3S’h 27:18; Qn 3:28; Yosh 1:2
Qonun. 31:4S’h 21:23, 24
Qonun. 31:4S’h 21:33, 35
Qonun. 31:4Chq 23:23
Qonun. 31:5S’h 33:52; Qn 7:2, 24; 20:16
Qonun. 31:6Yosh 1:6; Zb 27:14; 118:6
Qonun. 31:6S’h 14:9; Qn 7:18
Qonun. 31:6Qn 4:31; Yosh 1:5; Ibr 13:5
Qonun. 31:7Yosh 10:25
Qonun. 31:7Qn 1:38
Qonun. 31:8Chq 33:14
Qonun. 31:8Yosh 1:9
Qonun. 31:9Chq 34:27
Qonun. 31:10Qn 15:1
Qonun. 31:10Lv 23:34
Qonun. 31:11Qn 16:16
Qonun. 31:11Nax 8:7
Qonun. 31:12Qn 4:10; Ibr 10:25
Qonun. 31:13Qn 6:6, 7; Ef 6:4
Qonun. 31:13Qn 30:16
Qonun. 31:14S’h 27:13
Qonun. 31:14Qn 3:28
Qonun. 31:15Chq 33:9; 40:38
Qonun. 31:16Hak 2:17; Zb 106:37–39
Qonun. 31:163Shh 11:33
Qonun. 31:16Hak 2:12, 20
Qonun. 31:17Qn 29:20
Qonun. 31:171Sl 28:9; 2Sl 15:2; 24:20
Qonun. 31:17Qn 32:20; Zb 104:29; Hiz 39:23
Qonun. 31:17Nax 9:27
Qonun. 31:17Hak 6:13
Qonun. 31:18Isha 59:2
Qonun. 31:19Qn 31:30; 32:44
Qonun. 31:19Qn 4:9; 11:19
Qonun. 31:19Qn 31:21
Qonun. 31:20Chq 3:8; S’h 13:26, 27
Qonun. 31:20Nax 9:25
Qonun. 31:20Chq 24:7; Qn 8:12–14; 29:1; Nax 9:26
Qonun. 31:21Qn 28:59
Qonun. 31:21Chq 16:4
Qonun. 31:23S’h 27:18; Qn 31:14
Qonun. 31:23Yosh 1:6, 9
Qonun. 31:23Qn 1:38; 3:28
Qonun. 31:24Chq 34:27
Qonun. 31:26Qn 17:18; 2Sl 34:14
Qonun. 31:263Shh 8:9
Qonun. 31:27Qn 9:24; Nax 9:26
Qonun. 31:27Chq 32:9; Zb 78:8
Qonun. 31:28Qn 30:19
Qonun. 31:29Hak 2:19
Qonun. 31:29Qn 28:15
Qonun. 31:30Qn 32:44
  • Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 6
  • 7
  • 8
  • 9
  • 10
  • 11
  • 12
  • 13
  • 14
  • 15
  • 16
  • 17
  • 18
  • 19
  • 20
  • 21
  • 22
  • 23
  • 24
  • 25
  • 26
  • 27
  • 28
  • 29
  • 30
Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi
Qonunlar 31:1–30

Qonunlar

31 Bundan so‘ng Muso butun Isroil xalqiga murojaat qilib, 2 ularga dedi: «Mana, yoshim ham 120 ga to‘ldi+. Yahova menga: “Iordanning narigi tomoniga o‘tmaysan”+,— deb aytgani uchun, bundan buyon men sizlarni boshqarib bora olmayman. 3 Xudoyingiz Yahova oldingizda daryoni kechib o‘tib, Uning O‘zi bu xalqlarni oldingizda yo‘q qiladi va sizlar ularni quvib chiqarasizlar+. Yahova aytganiday Yoshua boshchiligida daryoni kechib o‘tasizlar+. 4 Yahova amoriylarning shohlari Sixo‘n+ bilan O‘gni+ yo‘q qilib, ularning yurti bilan qanday yo‘l tutgan bo‘lsa, bu xalqlarni ham shunday ko‘yga soladi+. 5 Yahova sizlar uchun ularni mag‘lub qiladi. Ular bilan, men sizlarga bergan amrlarga binoan yo‘l tutinglar+. 6 Jasoratli va mahkam bo‘linglar+. Ulardan qo‘rqib dahshatga tushmanglar+, chunki Tangringiz Yahova sizlar bilan boradi. U sizlarni hecham tashlab ketmaydi, aslo tark etmaydi»+.

7 Keyin Muso Yoshuani chaqirib, butun Isroil xalqining ko‘z oldida unga shunday dedi: «Jasoratli va mahkam bo‘l+, chunki bu xalqni Yahova ota-bobolariga beraman deb qasam ichgan yurtga sen olib kirib, yurtni ularga meros qilib berasan+. 8 Yahova sening oldingda boradi va doim sen bilan birga bo‘ladi+. U seni hecham tashlab ketmaydi, aslo tark etmaydi. Qo‘rqma va dahshatga tushma»+.

9 So‘ngra Muso bu Qonunni yozib+, Yahovaning ahd sandig‘ini ko‘tarib yuradigan levi ruhoniylarga va Isroilning barcha oqsoqollariga berdi. 10 Muso ularga quyidagilarni buyurdi: «Har yettinchi yilning oxirida, ya’ni Shabbat yilining* belgilangan vaqtida+, Chaylalar bayrami* paytida+, 11 butun Isroil xalqi Allohingiz Yahovaning huzuriga+, U tanlagan joyga kelganda, bu Qonunni butun Isroil xalqiga eshittirib o‘qib berasizlar+. 12 Butun xalqni — erkag-u ayollarni, bolalarni va shaharlaringizda yashayotgan musofirlarni yig‘inglar+. Ular bu Qonunning so‘zlarini tinglab, ularning hammasiga amal qilishni va Xudoyingiz Yahovadan qo‘rqishni o‘rgansinlar. 13 Bu Qonunni bilmagan o‘g‘illari ham tinglab+, Allohingiz Yahovadan qo‘rqishni o‘rganadilar. Iordanning narigi tomoniga o‘tib, egalik qiladigan yurtda yashaganingizda, ular bunday qilishni o‘rganadilar»+.

14 Yahova Musoga: «Mana, hayotdan ko‘z yumishingga kam vaqt qoldi+. Yoshuani chaqirgin-da, ikkovingiz uchrashuv chodiriga kelib turinglar va Men uni yo‘lboshchi etib tayinlayman»+,— deb aytdi. Muso bilan Yoshua uchrashuv chodiriga borib, o‘sha yerda turishdi. 15 Yahova chodirning ustida bulut ustuni ichida zohir bo‘ldi va bulut ustuni chodirning kiraverishida turdi+.

16 Yahova Musoga shularni aytdi: «Mana, vafot etadigan vaqting kelib qoldi. Bu xalq esa, o‘zlari borayotgan yurtdagi begona xudolarga sig‘inib ketadi*+. Ular Mendan voz kechib+, ular bilan qilgan ahdimni buzishadi+. 17 Shunda ularga qarshi g‘azabim qaynab+, ularni tark etaman+ va ular halok bo‘lmaguncha ulardan yuzimni o‘giraman+. Ko‘p ofatlar va boshlariga tushgan baxtsizliklardan so‘ng+, ular: “Bu ofatlar Allohimiz oramizda bo‘lmagani uchun boshimizga tushmayotganmikin?”+ — deyishadi. 18 Ammo ular boshqa xudolarga murojaat etib, qilgan barcha buzuqliklari uchun Men ulardan yuzimni o‘giraman+.

19 Shu sababli, mana bu qo‘shiqni yozib olib+, Isroil xalqiga o‘rgatinglar+. Ular uni yodlashsin, chunki bu qo‘shiq, Xudoga bo‘ysunmaganlar bilan nima sodir bo‘lishini Isroil xalqiga eslatib turadi+. 20 Men ularni ota-bobolariga beraman deb qasam ichgan, sut bilan asal oqib yotgan yurtga olib kirganimda+, ular to‘yguncha yeb huzur-halovatda yashay boshlagach*+, boshqa xudolarga ergashib ketib, ularga xizmat qilishadi. Bu bilan ular Menga hurmatsizlik ko‘rsatib, ahdimni buzishadi+. 21 Ko‘pgina ofatlar-u baxtsizliklar ularning boshiga tushgach+, ushbu qo‘shiq Xudoga bo‘ysunmaganlar bilan nima sodir bo‘lishini eslatadi, chunki bu qo‘shiqni ularning avlodlari ham esdan chiqarishmaydi+. Men, ular qanday moyillikni rivojlantirishganini hozirdan, ularni qasam ichib va’da qilgan yurtga hali olib kirmasimdan oldin bilaman».

22 Muso o‘sha kuni bu qo‘shiqning so‘zlarini yozib olib, Isroil xalqiga o‘rgatdi.

23 Xudo, Nun o‘g‘li Yoshuani yo‘lboshchi etib tayinlab+: «Jasoratli va mahkam bo‘l+, chunki Isroil xalqini Men ularga beraman deb qasam ichgan yurtga sen olib kirasan+. Men sen bilan birga bo‘laman»,— dedi.

24 Muso bu Qonunning so‘zlarini kitobga to‘liq yozib bo‘lishi bilanoq+, 25 Yahovaning ahd sandig‘ini ko‘tarib yuradigan levilarga quyidagilarni buyurdi: 26 «Ushbu Qonun kitobini+ olib, Tangringiz Yahovaning ahd sandig‘i yoniga qo‘yinglar+. U o‘sha yerda sizlarga qarshi Xudoning guvohi bo‘lib xizmat qiladi. 27 Chunki men sizlarning qo‘zg‘olonchi+ va o‘jar* ekaningizni+ yaxshi bilaman. Hali tirikligimda Yahovaga qarshi chiqqan ekansiz, o‘limimdan keyin bundan ham battarrog‘ini qiladiganga o‘xshaysizlar! 28 Qabila oqsoqollari va boshliqlaringizning hammasini chaqiringlar. Ularning oldida men bu so‘zlarning barini aytib, osmondagi va yerdagilarni ularga qarshi guvohlikka chaqiraman+. 29 Chunki o‘limimdan keyin, men sizlarga buyurgan yo‘ldan og‘ib, razillik qilishingizni aniq bilaman+. O‘shanda albatta ofatga duchor bo‘lasizlar+, chunki Yahovaning nazarida yomonliklar qilib, qo‘llaringizning ishi bilan Uni ranjitasizlar».

30 Muso bu qo‘shiqning so‘zlarini butun Isroil jamoati eshitsin deya, boshidan oxirigacha bayon etdi+:

O’zbekcha adabiyotlar (Roman) (2006-2025)
Chiqish
Kirish
  • o‘zbekcha (lotincha)
  • Ulashish
  • Sozlamalar
  • Copyright © 2025 Watch Tower Bible and Tract Society of Pennsylvania
  • Foydalanish shartlari
  • Maxfiylik siyosati
  • Maxfiylik sozlamalari
  • JW.ORG
  • Kirish
Ulashish