Zabur
77 Ovozim boricha Xudoga yolvoraman,
Allohga faryod qilaman, U meni eshitadi+.
2 Qayg‘u chekkanimda Yahovani izladim+.
Kechasi qo‘limni osmonga ko‘tarib ibodat qildim.
Ammo jonim tasalli topmadi.
4 Sen menga mijja qoqtirmading,
Hayajon bosib gapirolmay qoldim.
5 O‘tgan kunlar,
O‘tmishdagi yillar haqida o‘ylayman+.
7 Yahova bizni butunlay tashlab ketdimi?+
Endi bizga O‘z marhamatini ko‘rsatmaydimi?+
8 Mehr-sadoqati tamoman ado bo‘ldimi?
Uning va’dasi bajo bo‘lishini hech bir avlod ko‘rmaydimi?
9 Alloh marhamat ko‘rsatishni unutdimi?+
Yoki g‘azabi rahm-shafqatini to‘sib qo‘ydimi? (Sela)
10 «Alloh Taolo bizni qo‘llamay qo‘ydi,
Meni ezayotgan narsa shudir»+,— deyaveramanmi?
11 Yahning* ishlarini yodga olaman,
Azalda yaratgan mo‘jizalaringni eslayman.
12 Barcha amallaring haqida o‘ylayman,
Ishlaring borasida fikr yuritaman+.
13 Ey Tangrim, Sening yo‘llaring muqaddasdir.
Sendek ulug‘ xudo bormi, ey Allohim?+
14 Sen mo‘jizalar yaratuvchi haq Xudosan+.
Kuchingni insonlarga namoyon etgansan+.
15 Qudrating ila xalqingni,
Yoqub bilan Yusufning o‘g‘illarini qutqargansan+. (Sela)
16 Suvlar Seni ko‘rdi, ey Tangrim,
Suvlar Seni ko‘rib, bezovtalanib ketdi+.
Hatto tubsiz ummonni ham hayajon bosdi.
17 Bulutlardan yomg‘ir quyildi.
Bulutli osmonda momaqaldiroq gumburlab,
Chaqmoqlaring kamon o‘qlaridek har tomonga otildi+.