Hikmatlar
2 Bilimga intilmaslik yaxshi emas+,
Qadamini o‘ylamay bosgan gunoh qiladi.
3 O‘z ahmoqligi tufayli odam yo‘ldan ozadi-yu,
Qalbida esa Yahovadan g‘azablanadi.
4 Boylik ko‘paysa, do‘stlar ham ko‘payadi,
Kambag‘alni esa hatto yolg‘iz do‘sti ham tashlab ketadi+.
6 Ko‘plar saxiyning iltifoti payida bo‘ladi,
Sovg‘a beruvchi bilan har kim do‘stlashadi.
Ularga yolvorsa ham, hech biri pisand qilmaydi.
8 Fahm-farosatga ega bo‘lgan o‘z jonini sevadi+,
Aql-idrokli muvaffaqiyat qozonadi+.
9 Soxta guvoh jazosiz qolmaydi,
Har nafasda yolg‘on so‘zlagan halok bo‘ladi+.
10 Ahmoqga hashamatda umr kechirish yarashmaganiday,
Xizmatkorga ham beklar ustidan boshqarish aslo yarashmaydi+.
12 Shohning g‘azabi sherning o‘kirishidaydir+,
Marhamati esa o‘t-o‘lan ustidagi shudring kabidir.
14 Uy va mol-davlat — otadan meros,
Aql-idrokli xotin esa Tangri Yahovadan+.
15 Yalqov qattiq uyquga ketadi,
Imillagan kishi och yuradi+.
19 Jahldor jazoga tortiladi.
Uni qutqarishga urinsang, buni qayta-qayta qilasan+.
21 Odam o‘z qalbida ko‘p reja tuzadi,
Ammo Yahovaning aytgani amalga oshadi+.
22 Insonning chiroyi mehr-sadoqatidir+.
Yolg‘onchi bo‘lishdan ko‘ra, kambag‘al bo‘lgan a’loroq.
24 Yalqov qo‘lini kosaga cho‘zadi-yu,
Ammo og‘ziga olib kelishga erinadi+.
25 Mazaxchining adabini ber+, shunda tajribasiz zakovatli bo‘ladi+.
Farosatliga o‘git ber, u bilimini oshiradi+.
26 Otasiga qo‘pol muomala qilgan, onasini haydagan o‘g‘il,
Sharmandalig-u isnodga qoladi+.
27 O‘g‘lim, ta’lim-tarbiyaga quloq solmay qo‘ysang,
Bilim so‘qmog‘idan uzoqlashasan.