Qoʻriqchi minorasining ONLAYN KUTUBXONASI
Qoʻriqchi minorasining
ONLAYN KUTUBXONASI
o‘zbekcha (lotincha)
  • MUQADDAS KITOB
  • ADABIYOTLAR
  • UCHRASHUVLAR
  • 2 Korinfliklarga 1
  • Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi

Tanlangan maʼlumot uchun video mavjud emas.

Kechirasiz, videoni ijro etishda xatolik yuz berdi.

2 Korinfliklarga mazmuni

      • Salomlar (1, 2)

      • Barcha qayg‘ularimizda Xudo tasalli beradi (3-11)

      • Pavlusning rejalari o‘zgaradi (12-24)

2 Korinfliklarga 1:1

Izohlar

  • *

    Lug‘atga q.

Havolalar

  • +Hv 16:1, 2; Flp 2:19, 20
  • +1Sal 1:8

2 Korinfliklarga 1:3

Havolalar

  • +Yuh 20:17
  • +Chq 34:6; Zb 86:5; Mx 7:18
  • +Isha 51:3; Rm 15:5

2 Korinfliklarga 1:4

Havolalar

  • +Zb 23:4; 2Kr 7:6
  • +Rm 15:4; 2Sal 2:16, 17
  • +Ef 6:21, 22; 1Sal 4:18

2 Korinfliklarga 1:5

Havolalar

  • +1Kr 4:11–13; Kls 1:24

2 Korinfliklarga 1:7

Havolalar

  • +Rm 8:18; 2Tm 2:11, 12

2 Korinfliklarga 1:8

Izohlar

  • *

    Rim imperiyasining Kichik Osiyodagi viloyati.

Havolalar

  • +Hv 20:18, 19
  • +1Kr 15:32

2 Korinfliklarga 1:9

Havolalar

  • +2Kr 12:10

2 Korinfliklarga 1:10

Havolalar

  • +Zb 34:7, 19; 2Tm 4:18; 2Btr 2:9

2 Korinfliklarga 1:11

Havolalar

  • +Flp 1:19; Flm 22
  • +Hv 12:5; Rm 15:30–32

2 Korinfliklarga 1:12

Havolalar

  • +1Kr 2:4, 5

2 Korinfliklarga 1:13

Izohlar

  • *

    Boshqa variant «allaqachon yaxshi biladigan».

2 Korinfliklarga 1:15

Izohlar

  • *

    Boshqa variant «ikki hissa foyda olishingiz uchun».

2 Korinfliklarga 1:16

Havolalar

  • +1Kr 16:5, 6

2 Korinfliklarga 1:19

Izohlar

  • *

    Sila deb ham atalgan.

Havolalar

  • +Hv 18:5

2 Korinfliklarga 1:20

Havolalar

  • +Rm 15:8
  • +Vh 3:14

2 Korinfliklarga 1:21

Havolalar

  • +1Yuh 2:20, 27

2 Korinfliklarga 1:22

Havolalar

  • +Ef 4:30
  • +Rm 8:23; 2Kr 5:5; Ef 1:13, 14

2 Korinfliklarga 1:24

Havolalar

  • +Ibr 13:17; 1Btr 5:2, 3

Boshqa

2 Kor. 1:1Hv 16:1, 2; Flp 2:19, 20
2 Kor. 1:11Sal 1:8
2 Kor. 1:3Yuh 20:17
2 Kor. 1:3Chq 34:6; Zb 86:5; Mx 7:18
2 Kor. 1:3Isha 51:3; Rm 15:5
2 Kor. 1:4Zb 23:4; 2Kr 7:6
2 Kor. 1:4Rm 15:4; 2Sal 2:16, 17
2 Kor. 1:4Ef 6:21, 22; 1Sal 4:18
2 Kor. 1:51Kr 4:11–13; Kls 1:24
2 Kor. 1:7Rm 8:18; 2Tm 2:11, 12
2 Kor. 1:8Hv 20:18, 19
2 Kor. 1:81Kr 15:32
2 Kor. 1:92Kr 12:10
2 Kor. 1:10Zb 34:7, 19; 2Tm 4:18; 2Btr 2:9
2 Kor. 1:11Flp 1:19; Flm 22
2 Kor. 1:11Hv 12:5; Rm 15:30–32
2 Kor. 1:121Kr 2:4, 5
2 Kor. 1:161Kr 16:5, 6
2 Kor. 1:19Hv 18:5
2 Kor. 1:20Rm 15:8
2 Kor. 1:20Vh 3:14
2 Kor. 1:211Yuh 2:20, 27
2 Kor. 1:22Ef 4:30
2 Kor. 1:22Rm 8:23; 2Kr 5:5; Ef 1:13, 14
2 Kor. 1:24Ibr 13:17; 1Btr 5:2, 3
  • Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 6
  • 7
  • 8
  • 9
  • 10
  • 11
  • 12
  • 13
  • 14
  • 15
  • 16
  • 17
  • 18
  • 19
  • 20
  • 21
  • 22
  • 23
  • 24
Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi
2 Korinfliklarga 1:1–24

Korinfliklarga yo‘llangan ikkinchi maktub

1 Allohning irodasi bilan Iso Masihning havoriysi* bo‘lishga da’vat etilgan Pavlusdan va birodarimiz Timo‘tiydan+, Tangrining Korinfdagi jamoatiga hamda butun Axayadagi+ jamiki muqaddas kishilarga:

2 Otamiz Xudodan va Hazratimiz Iso Masihdan sizlarga inoyat va tinchlik bo‘lsin.

3 Hazratimiz Iso Masihning Tangrisi va Otasiga+ hamdlar bo‘lsin. U rahmdil Ota+ va har qanday vaziyatda tasalli beradigan Allohdir+. 4 U barcha qayg‘ularimizda bizga tasalli beradi+. Shu tariqa biz ham, Xudodan olgan tasalli bilan+ turli qayg‘ularga duchor bo‘lganlarga tasalli bera olamiz+. 5 Masih uchun chekayotgan qayg‘ularimiz qanchalik ko‘payayotgan bo‘lsa+, Masih orqali topayotgan tasallimiz ham shunchalik ortib boryapti. 6 Biz qayg‘u chekayotgan bo‘lsak, bu sizlarning tasalli va najot topishingiz uchundir. Tasalli topsak, bu ham tasalli topishingiz uchundir. Toki bu tasalli, biz kabi qayg‘ularga yo‘liqqaningizda chidashingizga ko‘maklashsin. 7 Sizlarga bo‘lgan umidimiz qat’iy, chunki sizlar azoblarimizga sherik bo‘lganingizdek, tasalli bilan ham bo‘lishishingizni bilamiz+.

8 Birodarlar, Osiyoda* boshimizga tushgan qayg‘udan bexabar qolishingizni xohlamaymiz+. Biz kuchimizdan ortiq, chidab bo‘lmaydigan darajada ezildik, hatto tirik qolishga umidimizni yo‘qotgan edik+. 9 Chindan ham, biz o‘zimizni o‘limga mahkum etilganday his etdik. Bu esa o‘zimizga emas, aksincha, o‘lganlarni tiriltiradigan Allohga tayanishimiz uchun+ sodir bo‘ldi. 10 U bizni o‘lim xavfidan qutqardi va yana qutqaradi. Bundan buyon ham bizni qutqarishiga umid qilamiz+. 11 Sizlar ham bizga iltijolar bilan yordam bera olasizlar+. Shu yo‘sin, ko‘plarning ibodati tufayli+ bizga ko‘rsatilgan mehribonlikni ko‘rib, ko‘p kishilar biz uchun Xudoga minnatdorlik bildira olishadi.

12 Bizning maqtanishimizga asos bor. Chunki ushbu dunyoda, ayniqsa sizlarning orangizda dunyoning donoligiga emas+, aksincha, Allohning inoyatiga tayanib, muqaddaslik va Xudo bergan samimiylik bilan kun kechirdik. Bu so‘zlarni esa toza vijdon bilan gapiryapmiz. 13 Biz aslida o‘zingiz o‘qib* tushuna oladigan narsalarni yozyapmiz. Umid qilamanki, bu narsalarni to‘liq tushuna olasizlar. 14 Hazratimiz Isoning kunida sizlar bilan maqtanar ekanmiz, sizlardan ba’zilaringiz bizlar bilan maqtana olishingizni tushundingizlar.

15 Xullas, yanada ko‘proq quvonishingiz uchun* ikkinchi marta oldingizga kelishni avvaldan niyat qilgandim. 16 Sizlar bilan qolib, Makedoniyaga bormoqchi va Makedoniyadan yana yoningizga qaytmoqchi edim. Keyin meni Yahudiyaga kuzatib qo‘yardingizlar+. 17 Xo‘sh, bu niyatim shunchaki yengiltaklik edimi? Yoki bu niyatimni tana istaklarim ta’sirida, goh «ha, ha», goh «yo‘q, yo‘q», deya amalga oshirmoqchimanmi? 18 Alloh ishonchli bo‘lganidek, biz ham sizlarga «ha» deb turib, shu bilan birga «yo‘q» demaymiz. 19 Orangizda biz, ya’ni men, Silvan* va Timo‘tiy+ orqali va’z etilgan Xudoning O‘g‘li Iso Masih bir vaqtning o‘zida «ha» va «yo‘q» bo‘lgan emas. U orqali «ha», «ha» bo‘ldi. 20 Allohning qancha va’dalari bor bo‘lsa, bari uning vositasida «ha» bo‘ldi+. Shu bois u orqali Tangriga «omin» deb+, Unga shon-sharaf keltiramiz. 21 Sizlarni ham, bizni ham Masihga tegishli ekanimizga ishontirayotgan hamda bizni tanlagan Xudoning O‘zidir+. 22 U ustimizga muhr qo‘ydi+ va keladigan barakalarning garovi sifatida muqaddas ruhni+ qalblarimizga joylashtirdi.

23 Tangrining oldida hayotim bilan qasam ichamanki, sizlarni ayaganim uchun hanuzgacha Korinfga bormayapman. 24 Biz imoningiz ustidan xo‘jayinlik qilayotganimiz yo‘q+. Axir sizlar imoningiz tufayli mahkam turibsizlar-ku. Biz bo‘lsak sizlarga quvonch keltiradigan xizmatdoshlarmiz.

O’zbekcha adabiyotlar (Roman) (2006-2025)
Chiqish
Kirish
  • o‘zbekcha (lotincha)
  • Ulashish
  • Sozlamalar
  • Copyright © 2025 Watch Tower Bible and Tract Society of Pennsylvania
  • Foydalanish shartlari
  • Maxfiylik siyosati
  • Maxfiylik sozlamalari
  • JW.ORG
  • Kirish
Ulashish