Xabaqquq
3 Xabaqquq payg‘ambarning motam qo‘shig‘i qilib aytgan ibodati:
2 Ey Yahova, Sen haqda xabar eshitdim.
Ey Yahova, ishlaringdan hayratda qoldim.
Vaqti kelganda* ishlaringni yana qilgin!
Vaqti kelganda* ularni hammaga ko‘rsat.
Qahring kelganida rahm-shafqatingni yodga ol+.
Uning mahobati samolarni qopladi+.
Uning madhi yer yuzini to‘ldirdi.
4 U quyoshday porlab turardi+.
Qo‘lidan ikkita nur taralardi,
Kuchi qo‘lida yashirilgan edi.
5 Uning oldida o‘lat+ borardi,
Izidan isitma ergashardi.
6 U joyida turib yerni silkitdi+.
Nigohi bilan millatlarni cho‘chitdi+.
Abadiy tog‘lar chilparchin bo‘ldi.
Qadimiy tepaliklar egildi+.
Azaliy yo‘llar Unikidir.
7 Kushan chodirlaridagi sarosimani ko‘rdim.
Midiyon yurtining chodirlari dag‘-dag‘ qaltirardi+.
8 Ey Yahova, g‘azabing daryolarga qarshimidi?
G‘azabing daryolarga qarshi alanga olganmidi?
9 Kamoningni g‘ilofidan chiqarib, otishga tayyorlab qo‘ygansan.
Qasamga ko‘ra xivichlar* o‘z ishini bajarishga tayyor*. (Sela)
Daryolar bilan yerni yording.
10 Seni ko‘rganda tog‘lar og‘riqdan tipirchiladi+.
Jala suvlari hamma narsani yuvib ketdi.
Chuqur dengiz o‘kirdi+,
Suvlarini baland ko‘tardi.
11 Quyosh va oy o‘zining yuksak makonida turib qoldi+.
Yarqiroq o‘qlaring uchdi+.
Nayzang chaqmoqday chaqnadi.
12 Qahr bilan yer yuzida qadam tashlading.
G‘azab ichida millatlarni poymol qilding.
13 O‘z xalqingni qutqarish uchun, moylanganingni asrab qolish uchun chiqding.
Yovuzning uyidagi yetakchini ezib tashlading.
Uy poydevoridan tortib tomigacha ochib tashlandi. (Sela)
14 Meni to‘zg‘itib yuborish maqsadida ular quyunday bostirib kelganida,
Jangchilarining qurollarini o‘zlarining boshiga sanchding.
Jabrdiydani yashirincha yutib yuborishdan ular rosa xursand edi.
15 Otlaring bilan dengizdan,
Bepoyon jo‘shqin suvlardan o‘tding.
16 Men buni eshitdim va ichim qaltirab ketdi.
Xabardan lablarim titrab ketdi.
Suyaklarim chiriy boshladi+.
Oyoqlarim qaltiradi.
Biroq men musibat kunini xotirjam kutaman+.
Chunki o‘sha kun bizga hujum qilgan xalq boshiga tushadi.
17 Bordi-yu, anjir daraxti gullamay qolsa,
Uzum toklari meva tugmasa,
Zaytun daraxti hosil bermasa,
Dalalarda ekin unmasa,
Qo‘rada qo‘y-echkilar qolmasa,
Og‘ilxonada qoramol bo‘lmasa ham,
18 Men baribir Yahovadan shod bo‘laman,
Najotkorim Xudodan xursand bo‘laman+.
19 Oliy Hukmdor Yahova mening qudratim+.
U oyoqlarimni kiyiknikiday chaqqon qiladi,
Meni baland joylarga chiqaradi+.
Ijrochilar rahbari uchun ko‘rsatma. Torli asboblarim jo‘rligida.