Ishayo
46 Bel bukilib+, Navo* bukchayib qoladi.
Butlari hayvonlarga, yuk hayvonlariga ortiladi+.
Ular charchagan hayvonlarga og‘ir yuk bo‘ladi.
2 Ikkovi birga bukchayib, egilib qoladi.
Ular yuklarini* saqlab qola olmaydi,
O‘zlari esa asir qilib olib ketiladi.
3 «Ey, Yoqub xonadoni, ey, Isroil xonadonining omon qolganlari+, Menga quloq soling!
Men sizlarga ona qornidan g‘amxo‘rlik qilib, tug‘ilganingizdan buyon qo‘llab kelyapman+.
4 Keksaygan chog‘ingizda ham Men o‘zgarmayman+,
Sochingiz oqarsa ham sizlarni qo‘limda olib yuraman.
Ilgarigiday sizlarni ko‘tarib yuraman va qutqaraman+.
5 Meni kimga o‘xshatasiz? Kim bilan tenglashtirasiz?+
O‘xshashligimiz ko‘rinishi uchun Meni kim bilan solishtirasiz?+
6 Hamyonidan tilla to‘kib,
Kumushni tarozida o‘lchaydiganlar bor.
Ular zargar yollab, unga xudo yasattiradi+.
So‘ngra yergacha egilib, o‘sha xudoga sig‘inadi+.
7 Ular uni yelkalarida olib yuradi+.
Ko‘tarib keladi-da, o‘rniga qo‘yadi,
U faqat o‘sha yerda turadi+,
Unga yolvorishadi, ammo u javob qaytarmaydi,
Hech kimni qayg‘udan xalos eta olmaydi+.
8 Buni yodda tuting, jasoratli bo‘ling.
Ey qonunbuzarlar, buni qalbingizda saqlang.
9 Qadimda bo‘lgan narsalarni esga oling,
Men Xudoman, Mendan boshqasi yo‘q.
Men Tangriman, Menga o‘xshagani yo‘q+.
10 Oxirida nima bo‘lishini boshidan,
Hali yuz bermagan narsalarni oldindan aytaman+.
11 Kunchiqar tomondan bir yirtqich qushni+,
Olis yurtdan irodamni bajaradigan bir kishini chaqiraman+.
Aytganimni amalga oshiraman.
Tilagimni bajo qilaman+.
12 Ey, qalbi o‘jarlar,
Ey, odillikdan yiroq bo‘lganlar, Meni tinglang.
Men Sionga najotni, Isroilga ulug‘vorligimni taqdim etaman»+.