Zabur
Ijrochilar rahbari uchun ko‘rsatma. Dovud sanosi. Qo‘shiq.
139 Ey Yahova, Sen meni o‘rganib chiqding, Sen meni bilasan+.
2 Qachon o‘tirib, qachon turishimdan xabardorsan+.
O‘y-fikrimni uzoqdan turib tushunasan+.
3 Yurganimda ham, yotganimda ham meni kuzatib turasan,
Hamma yo‘llarim Senga ma’lumdir+.
4 Tilimga so‘z kelmay turib,
Ey Yahova, Sen nima deyishimni allaqachon bilasan+.
5 Orqa va oldimdan meni qo‘riqlab turibsan,
Qo‘lingni ustimga qo‘ygansan.
6 Bunday narsalarni aqlimga sig‘dirish qiyin.
Ular shunchalik yuksakki, ularni anglay olmayman+.
7 Sening ruhingdan qayerga ham qochib ketardim?!
Meni ko‘rmasliging uchun qayerga ham yashirina olardim?!+
8 Agar osmonga ko‘tarilsam, Sen o‘sha yerda bo‘lasan,
Qabrda* o‘zimga to‘shak solsam, o‘sha yerda ham meni topasan!+
9 Bordi-yu, eng olis dengiz bo‘yida yashash uchun
Tong qanotlarini olib uchib ketsam ham,
10 Hatto o‘sha yerda Sening qo‘ling meni yetaklaydi,
O‘ng qo‘ling meni ushlab turadi+.
11 Agar: «Qorong‘ilik meni yashiradi!» — deb aytsam,
Meni chulg‘ab olgan tun yorishib ketadi.
12 Zulmat ham Sen uchun qorong‘i bo‘lmaydi,
Tun esa kunduz kabi yorug‘ bo‘ladi+.
Zulmat Sen uchun yorug‘lik singaridir+.
14 Seni madh etaman! Naqadar hayratli, ajoyib yaratilganman+.
Ijodlaring g‘aroyibdir+,
Men buni juda yaxshi bilaman.
16 Hali pusht shaklida bo‘lganimda ko‘zlaring meni ko‘rgan.
Tanamdagi a’zolar vujudga kelmay turib,
Ularning har birini,
Ular qachon shakllanganini O‘z kitobingga yozib qo‘ygansan.
17 Sening fikrlaring men uchun qadrlidir!+
Ey Tangri, ular benihoya ko‘pdir!+
18 Ularni sanashga urinsam, qum zarralariday behisobdir+.
Uyqudan uyg‘onganimda, xayolimda hamon Sensan*+.
19 Ey Xudo, koshki yovuzni o‘ldirsang edi!+
Shunda zo‘ravonlar* mendan uzoqlashardi.
20 Ular yovuz niyat bilan Senga qarshi gapirayotgan,
Ismingni noo‘rin tarzda tilga olayotgan dushmanlaringdir+.
21 Ey Yahova, Sendan nafratlanganlardan men ham nafratlanaman+,
Senga qarshi isyon ko‘targanlardan jirkanaman+.
22 Ulardan nihoyatda nafratlanaman+,
Ular mening ashaddiy dushmanlarimdir.
23 Ey Tangri, meni o‘rganib chiqib, yuragimni bilib ol+.
Meni tekshirib, tashvishli o‘y-fikrlarimdan xabardor bo‘l+.