Yoqubning maktubi
4 Orangizdagi urush-u janjallarning sababi nimada? Ichingizda qo‘zg‘olon ko‘tarayotgan tana istaklarida emasmi?+ 2 Sizlar xohlagan narsangizga erisha olmayapsizlar. Qotillik qilib, birovning narsasiga ko‘z olaytiryapsizlar, ammo baribir maqsadingizga yetmayapsizlar. Urush va janjal qilyapsizlar+. Allohdan so‘ramaganingiz bois erisha olmayapsizlar. 3 So‘ragan taqdirda ham olmayapsizlar, chunki noto‘g‘ri maqsadda, ya’ni tana istaklarini qondirish uchun so‘rayapsizlar.
4 Ey, Xudoga vafo qilmaganlar*, dunyo bilan do‘stlik Allohga dushmanlik ekanini nahotki bilmaysizlar? Kim dunyo bilan do‘stlashishni xohlasa, u Xudoga dushman bo‘ladi+. 5 Yoki Muqaddas Yozuvlarda: «Ichimizga o‘rnashib olgan hasad qilish moyilligi doim nimanidir xohlaydi»+,— degan so‘zlar bekorga aytilgan deb o‘ylayapsizlarmi? 6 Ammo Tangrining bizga ko‘rsatayotgan inoyati bundan ustundir. Xuddi Muqaddas Yozuvlarda aytilganidek: «Alloh mag‘rurlarga qarshi+, kamtarlarga esa inoyatlidir»+.
7 Shuning uchun Xudoga bo‘ysunib+, Iblisga qarshi turinglar+, o‘shanda u sizlardan qochadi+. 8 Allohga yaqinlashinglar, shunda U ham sizlarga yaqinlashadi+. Ey gunohkorlar, qo‘llaringizni yuvinglar+. Ey jur’atsizlar, qalblaringizni poklanglar+. 9 G‘amgin bo‘linglar, motam tutib yig‘langlar+. Kulgingiz motamga, quvonchingiz qayg‘uga aylansin. 10 Yahovaning* nazarida kamtar bo‘linglar+, shunda U sizlarni yuksaltiradi+.
11 Birodarlarim, bir-biringizga qarshi gapirishni bas qilinglar+. Kim o‘z birodariga qarshi gapirsa yoki uni hukm qilsa, u Tangrining qonuniga qarshi gapirib, uni hukm qilgan bo‘ladi. Agar sen Xudoning qonunini hukm qilayotgan bo‘lsang, demak sen uni bajaruvchi emas, balki hakam bo‘lasan. 12 Faqatgina bitta Qonun chiqaruvchi va Hakam bor+. U qutqarishga ham, halok qilishga ham qodir+. Sen-chi, kim bo‘libsanki, o‘z yaqiningni hukm qilyapsan?+
13 Endi esa: «Bugun yoki ertaga falon shaharga borib, u yerda bir yil turamiz-da, savdo-sotiq qilib, pul ishlab kelamiz»,— deyayotganlar eshitib olsin+. 14 Axir ertaga sizlar bilan nima bo‘lishini bilmaysizlar-ku+. Chunki hayotingiz qisqa vaqt ko‘rinib, keyin yo‘qolib ketadigan bug‘ kabidir+. 15 Undan ko‘ra: «Agar Yahova* xohlasa+, sog‘ bo‘lsak, u yoki bu ishni qilamiz»,— denglar. 16 Ammo sizlar kekkayib, manmanlik qilyapsizlar. Bunday manmanlikning bari esa yomondir. 17 Xullas, kim nima to‘g‘ri ekanini bilib turib qilmasa, gunoh qilgan bo‘ladi+.