Qoʻriqchi minorasining ONLAYN KUTUBXONASI
Qoʻriqchi minorasining
ONLAYN KUTUBXONASI
o‘zbekcha (lotincha)
  • MUQADDAS KITOB
  • ADABIYOTLAR
  • UCHRASHUVLAR
  • ijwbq article 156
  • Nuh va To‘fon to‘g‘risidagi hikoya shunchaki afsonami?

Tanlangan maʼlumot uchun video mavjud emas.

Kechirasiz, videoni ijro etishda xatolik yuz berdi.

  • Nuh va To‘fon to‘g‘risidagi hikoya shunchaki afsonami?
  • Muqaddas Kitobga asoslangan javoblar
  • Sarlavhalar
  • Oʻxshash maʼlumot
  • Muqaddas Kitob asosida javob
  • Rostmi yoki yolg‘onmi?
  • Nima uchun To‘fon yuz bergan?
  • Odamlar To‘fon bo‘lishini bilganmi?
  • Nuhning kemasi qanday bo‘lgan?
  • Nuh kemani qancha vaqt qurgan?
  • Nuhning kemasi
    Muqaddas Kitob hikoyalaridan saboqlar
  • Buyuk To‘fon. Kim Xudoga quloq soldi? Kim quloq solmadi?
    Xudoga quloq solib abadiy yashang
  • Nuh kema qurmoqda
    Muqaddas Kitob hikoyalari
  • O‘tmish saboqlari
    Siz Xudoning do‘sti bo‘lishingiz mumkin!
Koʻproq maʼlumot toping
Muqaddas Kitobga asoslangan javoblar
ijwbq article 156
Fillar, jirafalar, sherlar va qushlar kemaga kirib ketyapti

Nuh va To‘fon to‘g‘risidagi hikoya shunchaki afsonami?

Muqaddas Kitob asosida javob

To‘fon chindan ham yuz bergan. Xudo yovuzlarni yo‘q qilish uchun to‘fonga duchor qilgan, ammo yaxshi odamlar va hayvonlarni saqlab qolish uchun Nuhga kema qurishni aytgan. (Ibtido 6:11–20) To‘fon chindan ham yuz berganiga ishona olamiz, chunki bu haqida «Xudo tomonidan ilhomlantirilgan» Muqaddas Kitobda yozilgan. (2 Timo‘tiyga 3:16)

  • Rostmi yoki yolg‘onmi?

  • Nima uchun To‘fon yuz bergan?

  • Odamlar To‘fon bo‘lishini bilganmi?

  • Nuhning kemasi qanday bo‘lgan?

  • Nuh kemani qancha vaqt qurgan?

  • To‘fon haqidagi hikoyalar, afsonalar va rivoyatlar

Rostmi yoki yolg‘onmi?

Muqaddas Kitobga ko‘ra, Nuh payg‘ambar chindan ham yashagan. To‘fon ham yuz bergan voqea bo‘lib, o‘ylab topilgan afsona emas.

  • Muqaddas Kitobni yozganlar Nuh chindan ham yashaganiga ishongan. Masalan, ulardan ayrimlari Ezra va Luqo Isroil xalqining nasabnomasida Nuhni qalamga olgan mohir tarixchilardir. (1 Solnomalar 1:4; Luqo 3:36) Shuningdek, Injil yozuvchilari Matto va Luqo Isoning Nuh hamda To‘fon haqida aytganlarini tilga olgan. (Matto 24:37–39; Luqo 17:26, 27)

    Qolaversa, Hizqiyo payg‘ambar va havoriy Pavlus Nuhni imonli va odil kishi sifatida o‘rnak qilib keltirgan. (Hizqiyo 14:14, 20; Ibroniylarga 11:7) Agar Nuh afsonaviy kishi bo‘lganida, bu yozuvchilar uni o‘rnak sifatida keltirarmidi? Darhaqiqat, imon borasida o‘rnak ko‘rsatgan Nuh va boshqa erkag-u ayollar taqlid qilishga arziydi, chunki ular chindan ham yashagan. (Ibroniylarga 12:1; Yoqub 5:17)

  • Muqaddas Kitobda To‘fon haqida mayda-chuyda tafsilotlar keltirilgan. Muqaddas Kitobda To‘fon haqidagi hikoya go‘yoki ertakday, «bir bor ekan, bir yo‘q ekan» kabi so‘zlar bilan boshlanmagan. Aksincha, u yerda To‘fon bilan bog‘liq voqealarga taalluqli yil, oy va kun keltirilgan. (Ibtido 7:11; 8:4, 13, 14) Bundan tashqari, Nuh qurgan kemaning o‘lchamlari ham yozilgan. (Ibtido 6:15) Tafsilotlardan shuni ko‘ryapmizki, Muqaddas Kitobda tilga olingan To‘fon afsona emas, u rostdan ham yuz bergan.

Nima uchun To‘fon yuz bergan?

Muqaddas Kitobga ko‘ra, To‘fondan oldin «odamlar qabihlikka botib ketgan» edi. (Ibtido 6:5) Shuningdek, yer yuzi zo‘ravonlig-u jinsiy axloqsizlikka to‘lib-toshganidan «haq Tangrining nazarida jirkanch ahvolga tushgandi». (Ibtido 6:11; Yahudo 6, 7)

Muqaddas Kitobda aytilishicha, bunday qabihliklar yuz berganining sababi yovuz farishtalar osmonni tashlab, ayollar bilan jinsiy yaqinlikda bo‘lganida edi. Bu farishtalarning bolalari nefilimlar deb atalgan va o‘sha paytdagi odamlarga azob-uqubat keltirgan. (Ibtido 6:1, 2, 4) Xudo yerni yovuzlikdan tozalab, yaxshi odamlarga barchasini boshqatdan boshlash imkonini bermoqchi edi. (Ibtido 6:6, 7, 17)

Odamlar To‘fon bo‘lishini bilganmi?

Ha. Xudo nima qilmoqchi ekanini Nuhga aytib, uning oilasi va hayvonlarni saqlab qolish uchun kema qurish borasida yo‘l-yo‘riqlar bergan. (Ibtido 6:13, 14; 7:1–4) Nuh yaqinlashib kelayotgan To‘fon haqida odamlarni ogohlantirgan, ammo ular uning aytganlarini nazariga ilmagan. (2 Butrus 2:5) Muqaddas Kitobda: «To‘fon kelib barini qirib tashlamaguncha, ular parvo qilishmagan»,— deb yozilgan. (Matto 24:37–39)

Nuhning kemasi qanday bo‘lgan?

Kema katta quti yoki sandiqqa o‘xshagan bo‘lib, uzunligi taxminan 133 metrga, kengligi 22 metrga va balandligi 13 metrga teng edia. Kema smolali daraxt yog‘ochidan yasalgan edi va ichki hamda tashqi tomoniga smola surtib chiqilgandi. U uchta qavat va bir nechta xonadan iborat edi. Kemaning yon tarafida eshik va tepa qismida, ehtimol, deraza bo‘lgan. Aftidan, suv oqib ketishi uchun kema tomining o‘rta qismi balandroq bo‘lgan. (Ibtido 6:14–16)

Sxemada Nuh kemasining, katta samolyotning va filning uzunligi keltirilgan

Nuh kemani qancha vaqt qurgan?

Muqaddas Kitobda Nuh kemani qancha vaqt qurgani haqida aytilmagan, ammo u bir necha o‘n yil davomida qurgan bo‘lsa kerak. To‘ng‘ich o‘g‘li tug‘ilganda Nuh 500 yoshdan oshgan edi. To‘fon yuz berganida esa, 600 yoshda edib. (Ibtido 5:32; 7:6)

Nuhning uchala o‘g‘li ulg‘ayib oilali bo‘lgach, Xudo unga kema qurishni aytadi. Ehtimol, buning uchun taxminan 50 yoki 60-yil ketgandir. (Ibtido 6:14, 18) Agar shunday bo‘lsa, kemani qurib bitkazish uchun 40 yoki 50-yil ketgan degan xulosaga kelish o‘rinli.

To‘fon haqidagi hikoyalar, afsonalar va rivoyatlar

To‘fon haqidagi tarixiy voqealar Muqaddas Kitobda yozilganlardan farq qiladi, ammo ulardagi ko‘pgina fikrlar Muqaddas Kitobda yozilganlar bilan o‘xshashdir. Nuhning avlodlari yer yuzi bo‘ylab tarqalar ekan, ular To‘fon haqidagi hikoyani bir-biriga aytib bergan bo‘lishi mumkin. Lekin vaqt o‘tgach bu hikoya noto‘g‘ri talqin qilinganga o‘xshaydi. Mana bir nechta misol.

Yunon afsonasi. To‘fonda omon qolgan erkak va ayolga yer yuzini to‘ldirish uchun orqalariga toshlar otish buyurilgan. So‘ng o‘sha toshlar erkag-u ayollarga aylangan.

Hind afsonasi. Baliq kishini ogohlantirib, to‘fonda odamlar yo‘q bo‘lib ketishini aytgan. O‘sha kishi qayiq yasashi uchun baliq unga yo‘l-yo‘riqlar bergan. Baliq qayiqni xavfsiz joyga yo‘naltirgani bois, kishi to‘fonda omon qoladi.

Bobilliklarning afsonasi. To‘fonda omon qolgan erkak va ayol axloqsizlik qilib, xudolarga aylanadi.

Markaziy Amerika afsonasi. Erkak va ayol farzandlari bilan to‘fonda omon qoladi, boshqa odamlar esa, baliqlarga aylanib qoladi.

a Muqaddas Kitobda kema o‘lchamlari tirsaklarda keltirilgan. «Ibroniylarning o‘lchami bo‘yicha, odatda bir tirsak uzunligi 44,45 santimetrga teng bo‘lgan». («The Illustrated Bible Distionary», qayta ko‘rilgan nashr, 3- bo‘lim, 1635- sahifa)

b Nuh kabi odamlar qancha yashagani borasida «Qo‘riqchi minorasi» 2010-yil 1-dekabr sonining (rus) «Qadimda odamlar chindan ham uzoq umr ko‘rganmi?» nomli maqolaga qarang.

    O’zbekcha adabiyotlar (Roman) (2006-2025)
    Chiqish
    Kirish
    • o‘zbekcha (lotincha)
    • Ulashish
    • Sozlamalar
    • Copyright © 2025 Watch Tower Bible and Tract Society of Pennsylvania
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Maxfiylik sozlamalari
    • JW.ORG
    • Kirish
    Ulashish