Qoʻriqchi minorasining ONLAYN KUTUBXONASI
Qoʻriqchi minorasining
ONLAYN KUTUBXONASI
o‘zbekcha (lotincha)
  • MUQADDAS KITOB
  • ADABIYOTLAR
  • UCHRASHUVLAR
  • lmd 9- dars
  • Hamdardlik

Tanlangan maʼlumot uchun video mavjud emas.

Kechirasiz, videoni ijro etishda xatolik yuz berdi.

  • Hamdardlik
  • Odamlarni sevib shogird tayyorlang
  • Sarlavhalar
  • Oʻxshash maʼlumot
  • Iso nima qilgan?
  • Isodan nimani o‘rgansak bo‘ladi?
  • Isoga taqlid qiling
  • Hamdard bo‘ling
    Hayot tarzimiz va xizmatimiz. Ta’lim dasturi – 2021
  • Hamdardlik ko‘rsating
    Uyg‘oning!—2020
  • Mehribonlik
    Odamlarni sevib shogird tayyorlang
  • Isoning shaxsiyati qanday bo‘lgan?
    Hayotdan toabad zavqlaning! Muqaddas Yozuvlar asosida jonli suhbatlar
Koʻproq maʼlumot toping
Odamlarni sevib shogird tayyorlang
lmd 9- dars

QIZIQISHNI RIVOJLANTIRISH

Iso hamda uning shogirdlari qayiqdan tushib sohilda ularni kutayotgan xaloyiq yoniga kelishyapti.

Mark 6:30–34

9-DARS

Hamdardlik

Prinsip: «Sevinayotganlar bilan sevininglar, yig‘layotganlar bilan yig‘langlar». (Rim. 12:15)

Iso nima qilgan?

Iso hamda uning shogirdlari qayiqdan tushib sohilda ularni kutayotgan xaloyiq yoniga kelishyapti.

VIDEO: «Iso xaloyiqqa achindi»

1. VIDEONI tomosha qiling yoki Mark 6:30–34 ni o‘qing. So‘ng quyidagi savollarni ko‘rib chiqing:

  1. a) Nima uchun Iso va uning havoriylari «yolg‘iz qolish»ni istashgan?

  2. b) Xaloyiqqa ta’lim berishga Isoni nima undagan?

Isodan nimani o‘rgansak bo‘ladi?

2. Hamdardlik bizni nafaqat insonlarga xushxabarni yetkazishga, balki ularga g‘amxo‘rlik qilishga undaydi.

Isoga taqlid qiling

3. Diqqat bilan tinglang. Kishi fikrini bemalol aytishiga imkon bering. U his-tuyg‘ulari va tashvishlarini aytayotganda yoki e’tiroz bildirayotganda gapini bo‘lmang yoki o‘zingizni eshitmaganga olmang. Uni diqqat bilan tinglab fikrlariga befarq emasligingizni ko‘rsatasiz.

4. Qiziquvchi haqida o‘ylang. Suhbatingizni e’tiborga olgan holda, o‘zingizga quyidagi savollarni bering:

  1. a) «Nima uchun u haqiqatni eshitishga muhtoj?»

  2. b) «Qanday qilib Muqaddas Kitob tadqiqi uning kundalik hayoti va kelajagini yaxshilay olishi mumkin?»

5. U uchun amaliy bo‘lgan ma’lumot bilan bo‘lishing. Unga imkon qadar ertaroq qay yo‘sin Muqaddas Kitob tadqiqi savollariga javob berishi hamda amaliy yordam bera olishini ko‘rsating.

SHUNINGDEK, QUYIDAGILARGA QARANG:

Rim. 10:13, 14; Filip. 2:3, 4; 1 Butr. 3:8

    O’zbekcha adabiyotlar (Roman) (2006-2025)
    Chiqish
    Kirish
    • o‘zbekcha (lotincha)
    • Ulashish
    • Sozlamalar
    • Copyright © 2025 Watch Tower Bible and Tract Society of Pennsylvania
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Maxfiylik sozlamalari
    • JW.ORG
    • Kirish
    Ulashish