Qoʻriqchi minorasining ONLAYN KUTUBXONASI
Qoʻriqchi minorasining
ONLAYN KUTUBXONASI
o‘zbekcha (lotincha)
  • MUQADDAS KITOB
  • ADABIYOTLAR
  • UCHRASHUVLAR
  • th 6- dars 9-sah.
  • Oyatni nega qo‘llayotganingiz aniq ko‘rinsin

Tanlangan maʼlumot uchun video mavjud emas.

Kechirasiz, videoni ijro etishda xatolik yuz berdi.

  • Oyatni nega qo‘llayotganingiz aniq ko‘rinsin
  • O‘qishda va ta’lim berishda davom eting
  • Oʻxshash maʼlumot
  • Oyatlarga o‘rinli kirish so‘zlarini keltirish
    O‘qishda va ta’lim berishda davom eting
  • Ta’sirli xotima
    O‘qishda va ta’lim berishda davom eting
  • Amaliy foydasini aniq ko‘rsatish
    O‘qishda va ta’lim berishda davom eting
  • Tinglovchilar uchun mazmunli ma’lumot
    O‘qishda va ta’lim berishda davom eting
Koʻproq maʼlumot toping
O‘qishda va ta’lim berishda davom eting
th 6- dars 9-sah.

6-DARS

Oyatni nega qo‘llayotganingiz aniq ko‘rinsin

Keltirilgan oyat

Yuhanno 10:33–36

MAQSAD. Oyatni shunchaki o‘qib, keyingi fikrga o‘tib ketmang. Tinglovchilar o‘qilgan oyat aytilayotgan fikr bilan qanday bog‘liq ekanini aniq ko‘rishsin.

AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI

  • Kalit so‘zlarni ajrating. Oyatni o‘qigach, asosiy fikr bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan so‘zlarni ta’kidlang. Masalan, o‘sha so‘zlarni takrorlashingiz yoki tinglovchilar kalit so‘zlarni aniqlashi uchun savol berishingiz mumkin.

    Amaliy maslahat

    Oyatdagi fikrni boshqa so‘zlar bilan ifoda etmoqchi bo‘lsangiz, tinglovchilar Muqaddas Kitobdagi so‘zlar asosiy fikr bilan bog‘liq ekanini tushunayotganiga ishonch hosil qiling.

  • Asosiy fikrni takrorlang. Muayyan mavzuni ochib berish uchun oyat o‘qish kerakligini aytgach, u yerdagi kalit so‘zlar qay yo‘sin bu mavzu bilan bog‘liq ekanini tushuntiring.

    Amaliy maslahat

    Oyatni ko‘rib chiqar ekansiz, Muqaddas Kitobingiz ochiq tursin. Bu tufayli tinglovchilar aytayotganlaringiz oyat bilan qanday bog‘liq ekanini ko‘ra olishadi.

  • Sodda qilib tushuntiring. Asosiy fikr bilan bog‘liq bo‘lmagan keraksiz tafsilotlarni aytmang. Tinglovchilar aytilayotgan mavzu haqida nimalarni bilishini inobatga olib, uni aniq va tushunarli tarzda yoritish uchun qancha dalillar keltirishni oldindan hal qiling.

    O’zbekcha adabiyotlar (Roman) (2006-2025)
    Chiqish
    Kirish
    • o‘zbekcha (lotincha)
    • Ulashish
    • Sozlamalar
    • Copyright © 2025 Watch Tower Bible and Tract Society of Pennsylvania
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Maxfiylik sozlamalari
    • JW.ORG
    • Kirish
    Ulashish