Qoʻriqchi minorasining ONLAYN KUTUBXONASI
Qoʻriqchi minorasining
ONLAYN KUTUBXONASI
o‘zbekcha (lotincha)
  • MUQADDAS KITOB
  • ADABIYOTLAR
  • UCHRASHUVLAR
  • lfb 4- dars 16-sah.–17-sah. 2- x.b.
  • Jahldor bo‘lish juda xavfli

Tanlangan maʼlumot uchun video mavjud emas.

Kechirasiz, videoni ijro etishda xatolik yuz berdi.

  • Jahldor bo‘lish juda xavfli
  • Muqaddas Kitob hikoyalaridan saboqlar
  • Oʻxshash maʼlumot
  • Yaxshi va yomon o‘g‘il
    Muqaddas Kitob hikoyalari
  • Qobil kimga uylangan?
    Muqaddas Kitobga asoslangan javoblar
  • Alloh ularning «in’omlarini ma’qul ko‘rgan»
    Nihoyat pok topinish tiklandi!
Muqaddas Kitob hikoyalaridan saboqlar
lfb 4- dars 16-sah.–17-sah. 2- x.b.
Hobil Yahovaga nazrini keltirayotganini ko‘rib, Qobilning jahli chiqyapti

4-DARS

Jahldor bo‘lish juda xavfli

Odamato bilan Momohavo Adan bog‘idan chiqib ketishganidan keyin ko‘p farzand ko‘rishdi. Ularning birinchi o‘g‘li Qobil dehqon, ikkinchi o‘g‘li Hobil esa cho‘pon bo‘ldi.

Bir kuni Qobil va Hobil Yahovaga nazrlar keltirishdi. Nazr yoki qurbonlik nimaligini bilasizmi? Bu — Xudoga atalgan sovg‘a. Yahova Hobilning nazridan xursand bo‘ldi, Qobilnikidan esa yo‘q. Bundan Qobilning qattiq jahli chiqdi. Yahova Qobilni agar u jahlini tiymasa, yomon ish qilib qo‘yishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, ammo Qobil quloq solmadi.

Buning o‘rniga Qobil Hobilga: «Yur, dalaga boramiz»,— dedi. Ular dalada bir o‘zlari qolganida, Qobil ukasi Hobilga tashlanib, uni o‘ldirdi. Buni ko‘rib Yahova nima qildi? Yahova jazo sifatida Qobilni oilasidan uzoq joyga haydab yubordi. Endi Qobil oilasiga qaytib kela olmaydi.

Qobil dalada ukasi Hobilga yaqinlashyapti

Xo‘sh, bu hikoyadan qanday saboq olsak bo‘ladi? Agar hammasi biz xohlagandek bo‘lmasa, jahlimiz chiqishi mumkin. Bordi-yu, jahl ichimizda kuchayib borayotganini sezsak yoki boshqalar buni ko‘rib bizni ogohlantirsa, tezda o‘zimizni qo‘lga olishimiz kerak. Aks holda, his-tuyg‘ular bizni boshqarishni boshlashi mumkin.

Hobil Yahovani sevib, yaxshi ishlar qilgani uchun Yahova uni hech qachon unutmaydi. Butun yer yuzini jannatga aylantirganida, U Hobilni tiriltiradi.

«Avvaliga borib birodaringiz bilan yarashing. Shundan so‘ng kelib, nazringizni baxshida eting». (Matto 5:24)

Savollar: Odamato bilan Momohavoning birinchi farzandlari kim bo‘lgan? Nima uchun Qobil ukasini o‘ldirdi?

Ibtido 4:1–12; Ibroniylarga 11:4; 1 Yuhanno 3:11, 12

    O’zbekcha adabiyotlar (Roman) (2006-2025)
    Chiqish
    Kirish
    • o‘zbekcha (lotincha)
    • Ulashish
    • Sozlamalar
    • Copyright © 2025 Watch Tower Bible and Tract Society of Pennsylvania
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Maxfiylik sozlamalari
    • JW.ORG
    • Kirish
    Ulashish