Qoʻriqchi minorasining ONLAYN KUTUBXONASI
Qoʻriqchi minorasining
ONLAYN KUTUBXONASI
o‘zbekcha (lotincha)
  • MUQADDAS KITOB
  • ADABIYOTLAR
  • UCHRASHUVLAR
  • lmd 4- dars
  • Kamtarlik

Tanlangan maʼlumot uchun video mavjud emas.

Kechirasiz, videoni ijro etishda xatolik yuz berdi.

  • Kamtarlik
  • Odamlarni sevib shogird tayyorlang
  • Sarlavhalar
  • Oʻxshash maʼlumot
  • Pavlus nima qilgan?
  • Pavlusdan nimani o‘rgansak bo‘ladi?
  • Pavlusga taqlid qiling
  • Tangri Yahova kamtar xizmatchilarini qadrlaydi
    Qo‘riqchi minorasi Xudovand Yahovaning Shohligini xabarlaydi (Tadqiq soni) – 2019
  • O‘z haqingizda keragidan ortiq o‘ylamanglar
    Qo‘riqchi minorasi Xudovand Yahovaning Shohligini xabarlaydi (Tadqiq soni) – 2020
  • Xushmuomalalik
    Odamlarni sevib shogird tayyorlang
Odamlarni sevib shogird tayyorlang
lmd 4- dars

SUHBAT BOSHLASH

Soqchiga zanjirlangan havoriy Pavlus podshoh Agrippa hokim Festga hamda Vernikaga hurmat ila gapiryapti.

Havor. 26:2, 3

4-DARS

Kamtarlik

Prinsip: «Kamtar bo‘lib, boshqalarni o‘zingizdan ustun qo‘yinglar». (Filip. 2:3)

Pavlus nima qilgan?

Soqchiga zanjirlangan havoriy Pavlus podshoh Agrippa hokim Festga hamda Vernikaga hurmat ila gapiryapti.

VIDEO: «Pavlus podshoh Agrippaga va’z qilyapti»

1. VIDEONI tomosha qiling yoki Havoriylar 26:2, 3 ni o‘qing. So‘ng quyidagi savollarni ko‘rib chiqing:

  1. a) Pavlus podshoh Agrippaga gapirganida, qanday qilib kamtarlikni namoyon etgan?

  2. b) Qanday qilib Pavlus o‘ziga emas, Yahova hamda Muqaddas Yozuvlarga diqqat qaratgan? (Havor. 26:22 ga qarang.)

Pavlusdan nimani o‘rgansak bo‘ladi?

2. Xabarimizni kamtarlik va hurmat ila aytsak, u yanada ta’sirli bo‘ladi.

Pavlusga taqlid qiling

3. O‘zingizni katta olib gapirishdan qoching. Go‘yoki boshqalar hech narsani bilmaydi-yu, siz esa hamma narsani biladigandek taassurot qoldirmang. Kishi bilan hurmat ila gaplashing.

4. Siz bo‘lishayotgan haqiqatlar manbai Muqaddas Kitob ekanini aniq ko‘rsating. Xudoning Kalomida insonlarning qalbiga ta’sir qiladigan fikrlar bor. Kalomdan foydalansak, ularning imoni to‘g‘ri poydevor asosida quriladi.

5. Muloyim bo‘lib qoling. O‘zingiznikida turib olmang. Niyatimiz bahslashish emas. Kamtarin bo‘lib xotirjamlikni saqlang va qachon ketish kerakligini biling. (Hik. 17:14; Titus. 3:2) Muloyim javob berib, kelajakda samarali suhbat qurishga zamin yaratishimiz mumkin.

SHUNINGDEK, QUYIDAGILARGA QARANG:

Rim. 12:16–18; 1 Kor. 8:1; 2 Kor. 3:5

    O’zbekcha adabiyotlar (Roman) (2006-2025)
    Chiqish
    Kirish
    • o‘zbekcha (lotincha)
    • Ulashish
    • Sozlamalar
    • Copyright © 2025 Watch Tower Bible and Tract Society of Pennsylvania
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Maxfiylik sozlamalari
    • JW.ORG
    • Kirish
    Ulashish