Qoʻriqchi minorasining ONLAYN KUTUBXONASI
Qoʻriqchi minorasining
ONLAYN KUTUBXONASI
o‘zbekcha (lotincha)
  • MUQADDAS KITOB
  • ADABIYOTLAR
  • UCHRASHUVLAR
  • w25 may 2–7-sah.
  • Sadoqatli farishtalarga taqlid qiling

Tanlangan maʼlumot uchun video mavjud emas.

Kechirasiz, videoni ijro etishda xatolik yuz berdi.

  • Sadoqatli farishtalarga taqlid qiling
  • Qo‘riqchi minorasi Xudovand Yahovaning Shohligini xabarlaydi (Tadqiq soni) – 2025
  • Sarlavhalar
  • Oʻxshash maʼlumot
  • FARISHTALAR KAMTARINDIR
  • FARISHTALAR ODAMLARNI YAXSHI KO‘RISHADI
  • FARISHTALAR SABR-BARDOSH NAMOYON ETISHYAPTI
  • FARISHTALAR JAMOATNI POK SAQLASHGA YORDAM BERISHADI
  • O‘quvchilarning savollari
    Qo‘riqchi minorasi Xudovand Yahovaning Shohligini xabarlaydi (Tadqiq soni) – 2024
Qo‘riqchi minorasi Xudovand Yahovaning Shohligini xabarlaydi (Tadqiq soni) – 2025
w25 may 2–7-sah.

19-TADQIQ MAQOLASI

6-QO‘SHIQ Samolar Allohning ulug‘vorligidan xabar beradi

Sadoqatli farishtalarga taqlid qiling

Yahovani madh eting, ey, jamiki qudratli farishtalar! (ZAB. 103:20)

ASOSIY FIKR

Sadoqatli farishtalarning misolidan o‘rnak olishimiz mumkinligini bilib olamiz.

1, 2. a) Farishtalardan qanday farq qilamiz? b) Farishtalar bilan qanday o‘xshash tomonlarimiz bor?

YAHOVANING xalqi sifatida biz Unga topinadigan mehribon oilaning bir qismimiz. Bu oilaga butun dunyodagi birodar-u opa-singillar hamda millionlab farishtalar kiradi. (Don. 7:9, 10) Farishtalar haqida o‘ylaganimizda, ular bizdan qanchalik farq qilishi xayolimizga kelar. Misol uchun, farishtalar bizga qaraganda ancha vaqtdan beri mavjud. (Ayub 38:4, 7) Ular bizdan ancha kuchliroq. Nomukammal bo‘lganimiz uchun ular kabi muqaddas va odil bo‘la olmaymiz. (Luqo 9:26)

2 Farqli jihatlarimizga qaramay, farishtalar bilan ko‘p o‘xshash tomonlarimiz bor. Masalan, ular kabi Yahovaning go‘zal fazilatlariga taqlid qila olamiz. Bundan tashqari, biz ham iroda erkinligiga egamiz. Farishtalarning o‘z ismi, shaxsiyati va turli mas’uliyatlari bor. Biz haqimizda ham shunday desa bo‘ladi. Shuningdek, ular kabi Yaratuvchimizga topinish ehtiyojiga egamiz. (1 Butr. 1:12)

3. Sadoqatli farishtalardan nimalarni o‘rganishimiz mumkin?

3 Farishtalarga ko‘p jihatdan o‘xshaganimiz tufayli ularning misollaridan dalda va ko‘pgina muhim saboqlar olishimiz mumkin. Mazkur maqolada sadoqatli farishtalarning kamtarligiga, odamlarni yaxshi ko‘rishiga, sabr-bardoshiga va jamoatni pok saqlash uchun qilayotgan xatti-harakatlariga qay yo‘sin taqlid qilishimiz mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

FARISHTALAR KAMTARINDIR

4. a) Qay yo‘sin farishtalar kamtarlik namoyon etishyapti? b) Nega farishtalar kamtarin? (Zabur 89:7)

4 Sadoqatli farishtalar kamtarlik namoyon etishadi. Ular tajribali, qudratli va dono bo‘lishiga qaramay, Yahovaning yo‘l-yo‘riqlariga itoat qilishadi. (Zab. 103:20) Farishtalar vazifasini bajarar ekan, qilgan ishlari haqida hecham maqtanishmaydi yoki odamlarning e’tiborini tortish uchun kuchini ko‘z-ko‘z qilishmaydi. Hatto boshqalar ularning ismini hech qachon bilmasa ham, ular Xudoning irodasini bajarishdan xursanda. (Ibt. 32:24, 29; 4 Shoh. 19:35) Farishtalar Yahovaga tegishli har qanday sharafni egallashdan bosh tortishadi. Xo‘sh, nega ular shunchalik kamtarin? Boisi farishtalar Yahovani sevishadi va Uni chuqur hurmat qilishadi. (Zabur 89:7 ni o‘qing.)

5. Bitta farishta havoriy Yuhannoni tuzatganida, qanday qilib kamtarlik ko‘rsatgan? (Rasmga ham qarang.)

5 Farishtalar kamtarin ekanini ko‘rsatuvchi bir voqeaga diqqat qarataylik. Taxminan mil. 96-yili ismi noma’lum farishta havoriy Yuhannoga vahiy bildirdi. (Vah. 1:1) Xo‘sh, u vahiyni ko‘rganda nima qildi? Yuhanno unga sajda qilish uchun tiz cho‘kdi. Biroq sadoqatli farishta uni darrov to‘xtatib, shunday dedi: «Ehtiyot bo‘l, bunday qilma! Men... birodarlaringga va senga o‘xshagan bir qulman. Xudoga sajda qil». (Vah. 19:10) Kamtarlikning ajoyib namunasi, shunday emasmi?! Farishta uni ulug‘lashlarini yoki maqtashlarini istamagan. U Yuhannoning diqqatini darrov Tangri Yahovaga qaratgan. Shu bilan birga farishta unga past nuqtai nazarda bo‘lmagan. U Yuhannoga qaraganda Yahovaga ko‘proq xizmat qilgan va kuchliroq bo‘lgan. Lekin shu bilan birga u kamtar bo‘lgan va o‘zini Yuhannoga o‘xshagan bir qul deb aytgan. Farishta uni tuzatishiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa-da, bu keksa havoriyga qo‘pol yoki qattiq gapirmagan. Aksincha, unga muloyimlik ila gapirgan. Hoynahoy, u Yuhanno ehtirom hissiga to‘lgani uchun bunday qilganini tushungan.

Farishta havoriy Yuhannoni unga tiz cho‘kib sajda qilishdan to‘xtatyapti.

Farishta havoriy Yuhannoni kamtarlik ila tuzatgan (5-xatboshiga qarang.)


6. Kamtarlik borasida farishtalarga qay yo‘sin taqlid qila olamiz?

6 Qay yo‘sin farishtaning kamtarligiga taqlid qila olamiz? Biz ham bajarayotgan vazifalarimiz bilan maqtanmaymiz yoki erishgan yutuqlarimiz uchun sharaf izlamaymiz. (1 Kor. 4:7) Boshqalarga qaraganda ko‘proq xizmat qilayotgan yoki muayyan vazifalarni bajarayotgan bo‘lsak ham, o‘zimizni ulardan ustun deb hisoblamasligimiz kerak. Aslida vazifalarimiz qancha ko‘p bo‘lsa, o‘zimizni shuncha past olib yurishimiz lozim. (Luqo 9:48) Farishtalar kabi boshqalarga xizmat qilishni istaymiz. Boshqalarda biz ulardan muhimroq degan taassurot qoldirishni xohlamaymiz.

7. Kimnidir tuzatganda yoki maslahat berganda qanday qilib kamtarlik namoyon eta olamiz?

7 Kimgadir, masalan, imondosh yoki farzandimizga maslahat berishga yoki ularni tuzatishga to‘g‘ri kelganda kamtarlik namoyon etishimiz mumkin. Ba’zida ochiqchasiga maslahat berishimiz kerak bo‘ladi. Biroq Yuhannoni muloyimlik ila tuzatgan farishta kabi biz ham insonga qat’iylik ila, lekin ozor yetkazmay maslahat beramiz. O‘zimizni boshqalardan ustun qo‘ymasak, Muqaddas Kitob asosida hurmat va hamdardlik ila maslahat bera olamiz. (Kolos. 4:6)

FARISHTALAR ODAMLARNI YAXSHI KO‘RISHADI

8. a) Luqo 15:10 ga binoan, farishtalar odamlarga bo‘lgan sevgisini qanday ko‘rsatishyapti? b) Farishtalar va’zgo‘ylik faoliyatida bizga qay yo‘sin ko‘maklashishyapti? (Rasmga ham qarang.)

8 Farishtalar odamlarga befarq emas va past nazar bilan qaramaydi. Aksincha, ular insonlarni yaxshi ko‘radi. Kishi gunohidan tavba qilganida, ya’ni yo‘qolgan qo‘y Yahovaga qaytganida yoki odam hayot tarzini o‘zgartirib haqiqatga kelganida farishtalar xursand bo‘ladi. (Luqo 15:10 ni o‘qing.) Bundan tashqari, Shohlik haqidagi xushxabarni e’lon qilganimizda, farishtalar bizni qo‘llab-quvvatlaydi. (Vah. 14:6) Ular odamlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va’z qilmasa-da, va’zgo‘yni Yahova haqida o‘rganishni istagan odam tomon yo‘naltirishi mumkin. Albatta, muayyan insonning oldiga bizni farishtalar yubordi deb aniq ayta olmaymiz. Axir Yahova odamlarga yordam berish yoki xizmatchilarini yo‘naltirish uchun muqaddas ruhidan ham foydalanadi. (Havor. 16:6, 7) Shu bilan birga u va’zgo‘ylikda bizga yordam berish uchun farishtalaridan foydalanadi. Ular va’zgo‘ylik ishida bizga yordam berishadi. Xushxabarni bo‘lishganimizda, ular bizni qo‘llab-quvvatlashayotganiga amin bo‘lishimiz mumkin. («Ular ibodatlariga javob olishdi» nomli ramkaga qarang.)

Juftlik adabiyot aravachasi bilan ko‘chada ketyapti. Ularning yaqinida bo‘lgan farishtalar opamizning diqqatini skameykada tushkun ahvolda o‘tirgan ayolga qaratishyapti.

Juftlik endigina jamoat joyida shohidlik berishni tugatdi. Uyga qaytayotganida opamiz xafahol ayolni ko‘rib qoldi. Shunda u farishtalar bizni ma’naviy yordam izlayotgan insonlarga yo‘naltirishini tushundi. Bu uni o‘sha ayolga tasalli berishga undadi (8-xatboshiga qarang.)


Ular ibodatlariga javob olishdi

Yahova quyidagi vaziyatlarda farishtalar orqali ibodatlarga javob bergan bo‘lishi mumkin:

  • Peruda yashovchi 12 yoshli bir va’zgo‘y onasi bilan telefon orqali shohidlik berayotganida bitta ayol bilan suhbatlashdi. O‘sha ayol yordam berish uchun Xudodan kimnidir yuborishini so‘raganini aytdi. U va’zgo‘yning qo‘ng‘irog‘ini ibodatlariga javob sifatida qabul qilib, Muqaddas Kitob tadqiqiga rozi bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay, u yig‘ilishlarga qatnay boshladi.

  • Ruminiyada bir ayol tadqiq o‘tardi, biroq keyin u tadqiqni to‘xtatdi. Vaqt o‘tib u Italiyada bitta xonadonda ishlayotganda yana tadqiq o‘tish istagi paydo bo‘ldi. Lekin bu ayol u yerda bitta ham Yahovaning Shohidini tanimasdi. Shunda u Yahovaga ibodat qilib yordam so‘radi. Bundan ko‘p o‘tmay, xonadon egalari undan do‘konga borib kelishni so‘rashdi. Ular unga do‘kon egasi bilan gaplashmaslikni aytishdi. Ular shunday deyishdi: «U Yahovaning Shohidi va xaridorlarga Muqaddas Kitob to‘g‘risida gapiradi». Kutilganidek sotuvchi birodarimiz o‘sha ayolga shohidlik berdi va u ibodatlari ijobat bo‘lganini ko‘rdi. U yana tadqiq o‘ta boshladi va ma’nan o‘sdi. Uning misolidan ta’sirlangan o‘g‘illaridan biri ham Muqaddas Kitob tadqiqini boshlab, yig‘ilishlarga qatnaydigan bo‘ldi.

  • Yahovaning Shohidi bo‘lgan bir juftlik mashinasini sotmoqchi bo‘ldi. Bitta er-xotin mashinani ko‘rishga kelganda, ular boshqalarga Muqaddas Kitob haqida bilib olishga ko‘proq yordam berish niyatida hayotini soddalashtirmoqchi ekanini aytishdi. Mashinani xarid qilmoqchi bo‘lgan kishi shunday dedi: «Kecha: “Ey Xudo, o‘tinaman, menga yordam ber, kimnidir yubor. Ichimda bo‘shliqni his qilyapman, haqiqatni bilmoqchiman”,— deb so‘radim». U bu imondoshlarimizni uchratganini ibodatiga javob deb bildi. Xotini ikkovi va ikkita qizalog‘i Muqaddas Kitob tadqiqini boshlashdi. Hozir ular yig‘ilishlarga borishyapti.

9. Qanday qilib farishtalar kabi odamlarni yaxshi ko‘ra olamiz?

9 Farishtalarning odamlarga bo‘lgan sevgisiga qay yo‘sin taqlid qila olamiz? Kimdir tiklangani haqidagi e’lonni eshitganimizda farishtalar kabi quvonamiz. Uni iliq qarshi olib, sevgimizga ishontiramiz. (Luqo 15:4–7; 2 Kor. 2:6–8) Va’zgo‘ylik ishida qo‘limizdan kelganini qilib ham farishtalarga taqlid qila olamiz. (Voiz 11:6) Xushxabarni va’z qilganimizda farishtalar bizni qo‘llab-quvvatlaganiday, biz ham xizmatda birodar-u opa-singillarimizga yordam berish yo‘llarini izlashimiz mumkin. Misol uchun, yangi va’zgo‘ylar bilan hamkorlik qilishni rejalashtira olamizmi? Yoshi katta yoki kasal imondoshlarimiz bilan xizmatga chiqa olamizmi?

10. Zaradan nimani o‘rganishimiz mumkin?

10 Imkoniyatlarimiz chegaralangan bo‘lsa-chi, nima qilsak bo‘ladi? Bunga qaramay, va’zgo‘ylik ishida farishtalar bilan hamkorlik qilish yo‘llarini topa olamiz. Masalan, hindistonlik Zaraningb misoliga e’tibor bering. Deyarli 20 yil kashshoflik qilgach, u kasal bo‘lib, to‘shakka mixlanib qoldi. Buni deb u qattiq tushkunlikka tushdi. Lekin birodar-u opa-singillarning sevgi ila ko‘rsatgan yordami va Muqaddas Kitobni muntazam o‘qigani tufayli u asta-sekin yana ijobiy nuqtai nazarga ega bo‘ldi. Albattaki, xizmatda undan yangi sharoitlarga moslashish kutilardi. Zara xat yozish uchun hatto o‘tira olmasdi. Shu bois faqatgina telefon orqali shohidlik berardi. U takroriy tashriflariga qo‘ng‘iroq qilardi, ular esa Zaraga Muqaddas Kitob haqida gaplashishni xohlaydigan boshqa odamlar haqida aytardi. Xo‘sh, bu qanday natija berdi? Atigi bir necha oy ichida u 70 ta Muqaddas Kitob tadqiqini boshladi. U bu tadqiqlarni yolg‘iz o‘zi o‘tkaza olmasdi. Shuning uchun jamoatdagilardan yordam so‘radi. Tadqiq o‘tgan o‘sha odamlarning ko‘pi hozir yig‘ilishlarga qatnayapti. Ha, farishtalar Zara kabi va’zgo‘ylik ishida jon kuydirayotgan birodar-u opa-singillar bilan hamkorlik qilishdan juda xursand bo‘lishsa kerak.

FARISHTALAR SABR-BARDOSH NAMOYON ETISHYAPTI

11. Qay yo‘sin sadoqatli farishtalar sabr-bardosh qilib kelishyapti?

11 Sadoqatli farishtalar sabr-bardosh borasida a’lo o‘rnakdir. Ular minglab yillardan beri adolatsizlik va yovuzlikka chidab kelishyapti. Farishtalar qachonlardir ularning yonida bo‘lgan Shayton va ko‘pgina boshqa mavjudotlar Yahovaga qarshi chiqqanini ko‘rishgan. (Ibt. 3:1; 6:1, 2; Yahd. 6) Muqaddas Kitobda aytilishicha, sadoqatli farishtaga yovuz farishta to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarshilik ko‘rsatgan. (Don. 10:13) Bundan tashqari, insoniyat tarixi davomida farishtalar faqatgina oz odam haq topinish payida bo‘lganini ko‘rishgan. Bularning bariga qaramay, sadoqatli farishtalar quvonib, g‘ayrat ila Yahovaga xizmat qilishda davom etishyapti. Ular shuni bilishadiki, Xudo o‘z vaqtida barcha adolatsizliklarga chek qo‘yadi.

12. Sabr-bardosh qilishimizga nima yordam berishi mumkin?

12 Qay yo‘sin sabr-bardosh borasida farishtalarga taqlid qila olamiz? Farishtalar kabi biz ham adolatsizliklarning guvohi bo‘lyapmiz yoki qarshiliklarga duch kelyapmiz. Lekin ularga o‘xshab Xudo o‘z vaqtida barcha yovuzliklarni yo‘q qilishiga aminmiz. Shu bois sadoqatli farishtalar singari «yaxshilik qilishda taslim bo‘lmay»miz. (Galat. 6:9) Xudo sabrli bo‘lishimizga yordam berishni va’da qilyapti. (1 Kor. 10:13) Yahovadan muqaddas ruh so‘rab ibodat qilsak bo‘ladi. Bu ruh yordamida sabr-toqat va sevinchga ega bo‘la olamiz. (Galat. 5:22; Kolos. 1:11) Xo‘sh, qarshiliklarga duch kelayotgan bo‘lsangiz-chi? Yahovaga to‘liq tayaning va qo‘rqmang. U sizni doim qo‘llab-quvvatlaydi va mustahkam qilib qo‘yadi! (Ibron. 13:6)

FARISHTALAR JAMOATNI POK SAQLASHGA YORDAM BERISHADI

13. Oxirzamonda farishtalarga qanday o‘zgacha vazifa topshirilgan? (Matto 13:47–49)

13 Oxirzamon paytida Yahova farishtalarga o‘zgacha bir vazifa bergan. (Matto 13:47–49 ni o‘qing.) Va’zgo‘ylik ishi tufayli dunyo bo‘ylab millionlab odamlar haqiqatga qiziqish bildirmoqda. Ularning ba’zilari Allohning me’yorlari bo‘yicha yashash uchun hayotiga o‘zgarish kiritishyapti, boshqalari esa yo‘q. Farishtalar «yomon odamlarni odil kishilardan» ajratish uchun tayinlanishgan. Bu farishtalar jamoatni pok saqlashga yordam berish uchun tayinlanishganini bildiradi. Albattaki, bu biz bilan har xil sababga ko‘ra muloqot qilishni to‘xtatgan barcha haqiqatga aslo qayta olmasligini yoki jamoatda hech qanday muammo bo‘lmasligini anglatmaydi. Lekin shunga aminmizki, farishtalar jamoatni pok saqlash uchun jon kuydirib mehnat qilishyapti.

14, 15. Jamoatni ma’nan va axloqan pok saqlashda qay yo‘sin farishtalarga taqlid qila olamiz? (Rasmlarga ham qarang.)

14 Jamoatni pok saqlash masalasida qanday qilib farishtalarga taqlid qila olamiz? Jamoatni axloqan va ma’nan pok saqlash uchun o‘z hissamizni qo‘shishda davom etsak bo‘ladi. Buning uchun Yahovani sevadigan do‘stlarni tanlash va bizni yomon yo‘lga yetaklashi mumkin bo‘lgan har qanday ta’sirni rad etish orqali qalbimizni asray olamiz. (Zab. 101:3) Shuningdek, imondoshlarimizga Yahovaga sadoqatli qolishlariga yordam bersak bo‘ladi. Masalan, biron imondoshimiz jiddiy gunohga qo‘l urganidan xabar topsak, nima qilishimiz kerak? Uni yaxshi ko‘rganimiz uchun bu haqda oqsoqollarga aytishga undaymiz. Agar u bunday qilmasa, o‘zimiz oqsoqollarga bu haqda aytamiz. Ma’nan susaygan imondoshimizga tezroq yordam berishni istaymiz. (Yoqb. 5:14, 15)

15 Afsuski, og‘ir gunohga qo‘l urgan ba’zilarni jamoatdan chiqarish kerak bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda ular bilan «boshqa muloqot... [qilmaymiz]»c. (1 Kor. 5:9–13) Bu tufayli jamoatni pok saqlay olamiz. Bundan tashqari, jamoatdan chiqarilganlar bilan muloqot qilmay aslida ularga mehr ko‘rsatgan bo‘lamiz. Yahovaga itoatli bo‘lib, jamoatdan chiqarilganlar bilan muloqot qilmaganimiz tufayli ular Unga qaytishi kerakligini tushunishlari mumkin. Ular bunday qilganda Xudo hamda farishtalar bilan birga quvonamiz. (Luqo 15:7)

Rasmlar to‘plami: 1. Ikkita opamiz xiyobondagi skameykada qahva ichib o‘tiribdi. Ulardan biri gapirayotganida, ikkinchisi boshqa joyga qarayapti. 2. Keyinroq o‘sha gapirgan opamiz Yig‘ilish zalida ikkita oqsoqol bilan gaplashyapti.

Imondoshimiz jiddiy gunoh sodir etganini bilib qolsak, nima qilishimiz kerak? (14-xatboshiga qarang.)d


16. Farishtalarga qaysi sohalarda taqlid qilishni xohlaysiz?

16 Imon ko‘zlari bilan ruhiy olamga nazar solish va farishtalar bilan birga hamkorlik qilish sharafiga egamiz! Keling, ularning go‘zal fazilatlariga taqlid qilaylik. Kamtarlik, odamlarni yaxshi ko‘rish, sabr-bardoshli bo‘lish hamda jamoatni axloqan va ma’nan pok saqlashda farishtalarning o‘rnagiga ergashaylik. Sadoqatli farishtalarga taqlid qilsak, abadulabad Yahova oilasining bir qismi bo‘lib qola olamiz.

  • Kamtarlik...

  • Odamlarni yaxshi ko‘rish...

  • Jamoatni pok saqlash...

BORASIDA FARISHTALARGA QANDAY TAQLID QILA OLAMIZ?

123-QO‘SHIQ Ilohiy tartibga sadoqat-la bo‘ysunamiz

a Yuz millionlab farishtalar bor, ammo Muqaddas Kitobda bor-yo‘g‘i ikkitasining ismi — Mikoil va Jabroil keltirilgan. (Don. 12:1; Luqo 1:19)

b Ismlar o‘zgartirilgan.

c «Yetakchi kengashdan yangiliklar — 2 (2024)» videosida tushuntirilganiday, agar jamoatdan chiqarilgan kishi yig‘ilishlarga tashrif buyursa, va’zgo‘y Muqaddas Kitob asosida tarbiyalangan vijdoniga ko‘ra, u bilan qisqa salomlashish yoki uni shunchaki qarshi olish-olmaslik borasida qaror chiqarishi mumkin.

d RASMGA SHARH. Opamiz dugonasini oqsoqollar bilan gaplashishga undaydi. Biroz vaqt o‘tadi, ammo u oqsoqollarga murojaat qilmaydi. Keyin o‘sha opamizning o‘zi oqsoqollarni nima bo‘lgani to‘g‘risida xabardor qiladi.

    O’zbekcha adabiyotlar (Roman) (2006-2025)
    Chiqish
    Kirish
    • o‘zbekcha (lotincha)
    • Ulashish
    • Sozlamalar
    • Copyright © 2025 Watch Tower Bible and Tract Society of Pennsylvania
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Maxfiylik sozlamalari
    • JW.ORG
    • Kirish
    Ulashish