Ibroniylarga
7 O‘sha Malikisidq, Salim shohi va Alloh Taoloning ruhoniysi, shohlarni mag‘lub etib qaytayotgan Ibrohim payg‘ambarni uchratib qolib, uni duo qildi+. 2 Shunda Ibrohim bor narsasidan unga ushr berdi. Avvalambor, Malikisidq ismining tarjimasi «Odillik shohi», so‘ng esa Salim shohi, ya’ni «Tinchlik shohi» demakdir. 3 U ota-onasiz, nasl-nasabsiz bo‘lib, umrining boshi ham, oxiri ham qayd etilmagan. Ammo u Xudoning O‘g‘liga o‘xshab abadiy ruhoniy bo‘lib qolmoqda+.
4 Bu kishining buyukligiga bir qarang. Hatto bobokalonimiz Ibrohim ham o‘ljasining eng yaxshisidan unga ushr bergan+. 5 Aslida Tavrotga ko‘ra, xalqdan ushr olish ruhoniylik xizmatida bo‘lgan Levi o‘g‘illariga+ amr etilgan edi. Garchi ular Ibrohimning avlodi bo‘lgan bo‘lishsa-da, o‘z birodarlaridan ushr olishardi+. 6 Ammo Levi qabilasidan bo‘lmagan Malikisidq va’dalar olgan Ibrohimdan ushr olib, uni duo qildi+. 7 Yuqori turgan o‘zidan past turganni duo qilishi shubhasizdir. 8 Ushr oladigan levilar o‘limga mubtalo odamlardir. Biroq ushr olgan boshqa kishi haqida Muqaddas Yozuvlarda u yashayapti deb shohidlik berilgan+. 9 Demak, hatto ushr oluvchi Levi ham Ibrohim orqali ushr to‘lagan desa bo‘ladi. 10 Chunki Malikisidq Ibrohimni uchratganida+, Levi bobokalonining pushti kamarida edi.
11 Xalqga berilgan Tavrot levilarning ruhoniylik xizmatini o‘z ichiga olardi. Bordi-yu, bu xizmat orqali kamolotga erishish mumkin bo‘lganida+, unda Horundek emas, balki Malikisidq singari+ boshqa ruhoniy paydo bo‘ladi, deb kim haqida aytilgan edi? 12 Agarda ruhoniylik xizmati o‘zgarsa, unda Tavrot ham o‘zgarishi kerak+. 13 Bu yerda gap ketayotgan kishi boshqa qabiladan bo‘lgan. Ushbu qabiladan hech kim qurbongoh oldida xizmat qilmagan+. 14 Hazratimizning Yahudo qabilasidan kelib chiqqani aniq+. Muso payg‘ambar esa bu qabilaning ruhoniylikka aloqadorligi haqida hech narsa aytmagan.
15 Shuningdek, Malikisidqga o‘xshagan+ boshqa bir ruhoniyning+ paydo bo‘lishi ham bizga ma’lum. 16 U muayyan qabilaga oidlikni talab etuvchi Tavrotga ko‘ra emas, aksincha, unga so‘nmas hayotni+ ato etgan qudratga ko‘ra ruhoniy bo‘lgan. 17 Muqaddas Yozuvlarning boshqa bir joyida u haqda: «Sen Malikisidq singari abadiy ruhoniysan»+,— deb aytilgan.
18 Shu sababli, avvalgi amrlar bekor qilinadi. Zero ular ojiz va foydasizdir+. 19 Axir Tavrot hech narsani kamolotga erishtira olmadi-ku+. Lekin undan ko‘ra yaxshiroq bo‘lgan umid+ barcha narsani kamolotga erishtirib, bizni Xudoga yaqinlashtira oladi+. 20 Shuningdek, bu qasamsiz bo‘lmaganiday, 21 (boisi, qasamsiz ruhoniy bo‘lganlar bor va qasam bo‘yicha ruhoniy bo‘lgan ham bor. U haqda: «“Sen abadiy ruhoniysan”,— deya Yahova* qasam ichdi va U fikridan qaytmas»,— deb aytgani bo‘yicha ruhoniy bo‘lgan)+, 22 Iso ham yaxshiroq ahdning kafili bo‘ldi+. 23 Bundan tashqari, ko‘p ruhoniylar bir-birlarining o‘rnini egallagan+, chunki o‘lim xizmatini bajarishga imkon bermasdi. 24 Biroq Iso abadiy yashagani uchun+ uning ruhoniylik xizmati boshqaga o‘tmaydi. 25 Bu degani, u o‘zi orqali Allohga yaqinlashganlarni butunlay qutqarishga qodir. U abadiy yashagani bois, ular uchun vositachilik qiladi+.
26 U sadoqatli, sofdil, nuqsonsiz+, gunohdan xoli va osmondan ham yuqoriroqdir+. Oliy ruhoniyimiz aynan shunday bo‘lishi kerak. 27 U boshqa oliy ruhoniylar kabi har kuni+, oldin o‘z gunohlari uchun, keyin xalqning gunohlari uchun qurbonlik keltirmaydi+. Chunki u o‘zini fido qilib, uzil-kesil qurbonlik keltirgan+. 28 Tavrot oliy ruhoniylikka zaif insonlarni tayinlaydi+. Ammo Tavrotdan keyin kelgan qasamyod+ abadiy kamol topgan+ O‘g‘ilni ruhoniylikka tayin etdi.