TAVSIYA
Qalbingizni tayyorlang
Muqaddas Kitobni tadqiq qilganimizda, Yahovaning fikrlari qalbimizni zabt etishini istaymiz. Ezra bu borada biz uchun yaxshi o‘rnak bo‘ladi, chunki u «Yahova bergan Tavrotni o‘rganishga... qalbini tayyorlagan edi». (Ezra 7:10) Xo‘sh, qanday qilib qalbimizni tayyorlay olamiz?
Ibodat qiling. Tadqiq o‘tkazishdan oldin ibodat qiling. Yahovadan tushunishga va bilib olganlaringizga amal qilishga yordam berishini so‘rang. (Zab. 119:18, 34)
Kamtarin bo‘ling. Xudo haqiqatni o‘z ongiga tayanadigan mag‘rur kishilardan yashiradi. (Luqo 10:21) Boshqalarni lol qoldirish niyatida tadqiq o‘tkazishdan qoching. Fikrlash tarzingiz Xudonikiga zid bo‘lsa, kamtarlik ila uni o‘zgartiring.
Tashkilotimizning qo‘shiqlarini tinglang. Musiqa qalbimizga ta’sir qilish kuchiga ega bo‘lib, bizni topinish uchun tayyorlaydi. Tadqiq o‘tkazishdan oldin qo‘shiqlarimizni tinglash qalbimizni tayyorlashga yordam berishi mumkin.