Qoʻriqchi minorasining ONLAYN KUTUBXONASI
Qoʻriqchi minorasining
ONLAYN KUTUBXONASI
o‘zbekcha (lotincha)
  • MUQADDAS KITOB
  • ADABIYOTLAR
  • UCHRASHUVLAR
  • lmd 3- dars
  • Mehribonlik

Tanlangan maʼlumot uchun video mavjud emas.

Kechirasiz, videoni ijro etishda xatolik yuz berdi.

  • Mehribonlik
  • Odamlarni sevib shogird tayyorlang
  • Sarlavhalar
  • Oʻxshash maʼlumot
  • Iso nima qilgan?
  • Isodan nimani o‘rgansak bo‘ladi?
  • Isoga taqlid qiling
  • Boshqalarga qiziqish ko‘rsatish
    Odamlarni sevib shogird tayyorlang
  • Mehribonlik sizga yor bo‘lsin
    Qo‘riqchi minorasi Xudovand Yahovaning Shohligini xabarlaydi (Tadqiq soni) – 2022
  • Mehribonlik. Ham so‘zda, ham amalda namoyon bo‘ladi
    Qo‘riqchi minorasi Xudovand Yahovaning Shohligini xabarlaydi (Tadqiq soni) – 2018
  • Hamdardlik
    Odamlarni sevib shogird tayyorlang
Koʻproq maʼlumot toping
Odamlarni sevib shogird tayyorlang
lmd 3- dars

SUHBAT BOSHLASH

Iso ko‘r kishiga shifo berish uchun mehr ila unga qo‘llarini tekkizyapti.

Yuhan. 9:1–7

3-DARS

Mehribonlik

Prinsip: «Sevgi... mehribondir». (1 Kor. 13:4)

Iso nima qilgan?

Iso ko‘r kishiga shifo berish uchun mehr ila unga qo‘llarini tekkizyapti.

VIDEO: «Iso ko‘r odamga shifo beradi»

1. VIDEONI tomosha qiling yoki Yuhanno 9:1–7 ni o‘qing. So‘ng quyidagi savollarni ko‘rib chiqing:

  1. a) Iso avval nima qildi: ko‘r odamga shifo berdimi yoki u bilan xushxabarni bo‘lishdimi? (Yuhan. 9:35–38 ga qarang.)

  2. b) Nega Isoning yondashuvi tufayli o‘sha kishi xushxabarni tinglashga moyil bo‘lgan?

Isodan nimani o‘rgansak bo‘ladi?

2. Agar kishi biz u bilan qiziqayotganimizni his qilsa, bo‘lishayotgan xabarimizni tinglashga ko‘proq moyil bo‘ladi.

Isoga taqlid qiling

3. Hamdard bo‘ling. Odamning his-tuyg‘ularini tushunishga harakat qiling.

  1. a) O‘zingizga quyidagi savollarni berib ko‘ring: «U nimalar haqida tashvishlanayotgan bo‘lishi mumkin? Nima unga yordam berishi yoki qalbiga ta’sir qilishi mumkin?» Bunday savollar ustida o‘ylash mehribon va samimiy bo‘lishingizga ko‘maklashadi.

  2. b) Kishini tinglash orqali u uchun muhim bo‘lgan narsalar bilan qiziqayotganingizni ko‘rsatasiz. Bordi-yu, odam biron nima borasidagi fikrini yoki muammosini aytsa, unda o‘sha mavzuda suhbatlashing.

4. Xushmuomalalik va hurmat ila gapiring. Kishiga hamdard bo‘lib, unga chindan ham yordam berishni istasangiz, bu gapirish tarzingizda aks etadi. So‘zlaringizga va ovoz ohangingizga diqqatli bo‘ling va odamni ranjitib qo‘yadigan gaplardan qoching.

5. Yordam berishga tayyor bo‘ling. O‘rinli bo‘lsa, kishiga amaliy yordam ko‘rsatish yo‘llarini izlang. Mehribonlik ko‘rsatib suhbat boshlanishiga zamin yaratasiz.

SHUNINGDEK, QUYIDAGILARGA QARANG:

Rim. 12:15, 16; Galat. 6:10; Ibron. 13:16

    O’zbekcha adabiyotlar (Roman) (2006-2025)
    Chiqish
    Kirish
    • o‘zbekcha (lotincha)
    • Ulashish
    • Sozlamalar
    • Copyright © 2025 Watch Tower Bible and Tract Society of Pennsylvania
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Maxfiylik sozlamalari
    • JW.ORG
    • Kirish
    Ulashish