Qoʻriqchi minorasining ONLAYN KUTUBXONASI
Qoʻriqchi minorasining
ONLAYN KUTUBXONASI
o‘zbekcha (lotincha)
  • MUQADDAS KITOB
  • ADABIYOTLAR
  • UCHRASHUVLAR
  • w18 may 9–11-sah.
  • Tinchlik — unga qanday erishsa bo‘ladi?

Tanlangan maʼlumot uchun video mavjud emas.

Kechirasiz, videoni ijro etishda xatolik yuz berdi.

  • Tinchlik — unga qanday erishsa bo‘ladi?
  • Qo‘riqchi minorasi Xudovand Yahovaning Shohligini xabarlaydi (Tadqiq soni) – 2018
  • Sarlavhalar
  • HAQIQIY TINCHLIKKA ERISHISH UCHUN NIMA QILISH KERAK?
  • XUDONING RUHI TINCHLIK FAZILATINI RIVOJLANTIRISHGA YORDAM BERADI
  • QANDAY QILIB ULAR MANGU TINCHLIKKA ERISHDI?
  • TINCH-TOTUV YASHASHGA INTILING
  • TINCHLIKDAN MANGU ROHATLANING
Qo‘riqchi minorasi Xudovand Yahovaning Shohligini xabarlaydi (Tadqiq soni) – 2018
w18 may 9–11-sah.
Anxieties in a man’s life include paying bills and having a loved one in the hospital

Tinchlik — unga qanday erishsa bo‘ladi?

  • SEVGI

  • SEVINCH

  • TINCHLIK

  • SABR-TOQAT

  • MEHRIBONLIK

  • HIMMAT

  • IMON

  • MULOYIMLIK

  • O‘ZINI TUTA BILISH

NOTINCH dunyoda yashar ekanmiz, tinchlikka erishish uchun ko‘p mehnat qilishimiz kerak. Garchi muayyan darajada tinchlikka ega bo‘lsak-da, ko‘pincha uni saqlab qolish qiyin kechadi. Haqiqiy, mangu tinchlikka qanday erishish mumkinligi haqida Xudoning Kalomida nima deyilgan? Bunda boshqalarga qanday yordam berishimiz mumkin?

HAQIQIY TINCHLIKKA ERISHISH UCHUN NIMA QILISH KERAK?

Chinakam tinchlikdan rohatlanish uchun o‘zimizni xavfsiz va xotirjam his etishimiz zarur. Shuningdek, boshqalar bilan qalin do‘stlikni rivojlantirishimiz kerak. Eng muhimi, tinchlikka ega bo‘lish uchun Xudo bilan do‘stlik rishtalarimizni mustahkamlashimiz lozim. Buni qanday qila olamiz?

Anxieties in a man’s life include paying bills and having a loved one in the hospital

Hayot tashvishlari tinchligimizni o‘g‘irlaydi

Yahovaning adolatli amrlari va prinsiplariga itoat qilganimizda, Unga ishonishimizni va U bilan tinch munosabatlarga ega bo‘lishni xohlayotganimizni ko‘rsatamiz. (Yerm. 17:7, 8; Yoqb. 2:22, 23) Natijada, U bizga yaqinlashadi va ichki xotirjamlik tuyg‘usini ato etadi. Ishayo 32:17 da: «Chin adolat tinchlik keltiradi, chin adolatning hosili mangu xotirjamlik, xavfsizlik bo‘ladi»,— deb yozilgan. Yahovaga chin yurakdan itoat qilib, haqiqiy ichki xotirjamlikni his eta olamiz. (Ishayo 48:18, 19)

Qolaversa, samoviy Otamizning ajoyib tuhfasi bo‘lmish muqaddas ruh yordamida mangu tinchlikka erisha olamiz. (Havor. 9:31)

XUDONING RUHI TINCHLIK FAZILATINI RIVOJLANTIRISHGA YORDAM BERADI

Havoriy Pavlus «muqaddas ruh samarasi»ni sanab o‘tganda, uchinchi navbatda tinchlikni aytib o‘tgan. (Galat. 5:22, 23) Tinchlik muqaddas ruh mahsuli ekan, haqiqiy tinchlikka erishish uchun Xudoning ruhi bizga ta’sir qilishiga yo‘l qo‘yishimiz zarur. Keling, Xudoning ruhi yordamida tinchlikka ega bo‘lishning ikkita yo‘liga diqqat qarataylik.

Birinchidan, Xudoning Kalomini muntazam o‘qish tinchlik fazilatini rivojlantirishimizga ko‘maklashadi. (Zab. 1:2, 3) Xudoning Kalomida yozilganlar ustida mulohaza yuritar ekanmiz, Uning ruhi ko‘p narsalarda fikrlash tarzini tushinishimizga yordam beradi. Masalan, qanday qilib Alloh xotirjamlikni saqlashini va U uchun tinchlik qanchalik muhim ekanini ko‘ramiz. Muqaddas Kitobdan bu kabi saboqlarga amal qilganimizda, ko‘proq tinchlikka ega bo‘lamiz. (Hik. 3:1, 2)

Ikkinchidan, muqaddas ruh so‘rab Xudoga ibodat qilishimiz kerak. (Luqo 11:13) Yahovaning va’dasiga ko‘ra, Undan yordam izlasangiz, «har qanday o‘y-fikrdan ustun bo‘lgan Xudoning tinchligi qalbingizni va ongingizni Iso Masih orqali himoya qiladi». (Filip. 4:6, 7) Muqaddas ruh so‘rab doim ibodat qilsak, Xudo faqatgina Uning qadrli do‘stlari his etadigan ichki xotirjamlikni bizga ham baxsh etadi. (Rim. 15:13)

Qay yo‘sin ba’zilar Muqaddas Kitobga asoslangan mazkur maslahatni qo‘llab, kerakli o‘zgarishlar qila oldi? Bu ularga ichki xotirjamlikni his etishga, Yahova hamda atrofdagilar bilan tinch munosabatlarga erishishga qanday yordam berdi?

QANDAY QILIB ULAR MANGU TINCHLIKKA ERISHDI?

Bugungi kunda jamoatdagilarning ba’zilari oldinlari «achchig‘i tez» chiqadigan bo‘lgan. Ammo hozir ular boshqalar bilan mulohazakorlik, mehribonlik, sabr va tinchlik ila munosabat qiladia. (Hik. 29:22) Bu chin ekanini, jahldorlikni yengib, boshqalar bilan tinchlik saqlashni o‘rgangan ikkita imondoshimizning misolidan ko‘rsak bo‘ladi.

Applying Bible principles and prayer promote peace in the family

Muqaddas Kitob prinsiplarini qo‘llab, ibodatda Xudoning ruhini so‘rasak, tinchlikka erishamiz

Devidning yomon xulqi uning nutqiga ta’sir qilgan edi. Hayotini Xudoga bag‘ishlashdan oldin u boshqalarni tez-tez tanqid qilardi va oilasi bilan muloqot qilganda haqoratli so‘zlarni ishlatardi. Vaqt o‘tib, Devid o‘zgarishi va tinchlikparvar bo‘lishi kerakligini tushundi. Xo‘sh, u qay yo‘sin tinchlikparvar bo‘lishni o‘rgandi? U: «Muqaddas Kitob prinsiplariga amal qilishni boshladim. Natijada, men va oilam o‘rtasida hurmat oshdi»,— deb aytdi.

Reychelning o‘tmishi xulqiga ta’sir qilgan. U: «Hatto hozir ham jahldorlik hissi bilan kurashaman. Chunki shunday muhitda katta bo‘lganman»,— deb bo‘lishdi. Unga tinchlikparvar bo‘lishga nima yordam berdi? U: «Yahovadan doim yordam so‘rab ibodat qilardim»,— dedi.

Devid va Reychel Allohning Kalomidagi prinsiplarga amal qilish va muqaddas ruh yordamida tinchlikka erishish mumkinligining atigi ikkita misoli, xolos. Darhaqiqat, yovuz dunyoda yashashimizga qaramay, ichki xotirjamlikni his etishimiz va shu bilan birga oilamiz va imondoshlarimiz bilan tinch-totuv hayot kechirishimiz mumkin. Yahova bizni «barcha odamlar bilan tinch-totuv hayot kechirishga» undayapti. (Rim. 12:18) Buning imkoni bormi? Tinchlikni saqlash uchun qilgan urinishlarimizning qanday foydasi bor?

TINCH-TOTUV YASHASHGA INTILING

Va’zgo‘ylik xizmati orqali odamlarni Xudoning Shohligi haqidagi tinchlik xabaridan foyda olishga taklif qilamiz. (Ishayo 9:6, 7; Mat. 24:14) Yaxshiyamki, ko‘plar buni qabul qildi. Buning natijasida, endi ular atrofda bo‘layotgan voqealar tufayli umidsizlik va jahldorlik hissiga berilmaydi. Aksincha, ular kelajakka nisbatan haqiqiy umidga ega bo‘lib, «tinchlikni qidirib, uning payida bo‘ling» degan undovga amal qilishmoqda. (Zab. 34:14)

Biroq hamma ham, boshida xabarimizga ijobiy munosabat ko‘rsatmaydi. (Yuhan. 3:19) Bunga qaramay, Xudoning ruhi yordami bilan xushxabarni xotirjamlik va hurmat namoyon etgan holda yetkazamiz. Shu yo‘sin, xizmatda Matto 10:11–13 da yozilgan Isoning quyidagi maslahatiga amal qilgan bo‘lamiz: «Biror uyga kirganingizda, xonadon ahliga salom beringlar. Agar uy ahli sizlarni qabul qilsa, tilagan tinchligingiz ularga yor bo‘ladi. Bordi-yu, qabul qilishmasa, tinchligingiz o‘zlaringizga qaytadi». Agar Isoning maslahatiga amal qilsak, xotirjamlikni saqlashimiz va inson keyingi safar xushxabarni tinglashiga umid qilishimiz mumkin.

Davlat xodimlariga, hatto bizga qarshilik ko‘rsatayotganlarga ham hurmat bilan munosabat qilganimizda tinchlikka hissa qo‘sha olamiz. Masalan, Afrikadagi bir mamlakatda hukumat noto‘g‘ri fikrda bo‘lgani sabab, Yig‘ilish zalining qurilishiga ruxsat bermagan. Bir birodarimiz oldin Afrikaning shu hududida to‘la vaqtli maxsus va’zgo‘y bo‘lib xizmat qilgan edi. Masalani tinchlik bilan hal qilish umidida birodarimizga o‘sha davlatning Londondagi (Angliya) elchisi bilan uchrashish vazifasi topshirildi. Birodarimiz o‘sha kishiga Yahova Shohidlarining mamlakatdagi tinchlikparvar ishlari haqida aytib berishi kerak edi. Qiziq, uning tashrifi qanday natija berdi?

O‘sha birodarimiz shunday aytib berdi: «Qabulxonaga kelganimda, u yerdagi ishchi qabila a’zolariga xos kiyinganini ko‘rdim, men ularning tilini o‘rganganman. Shuning uchun, uning ona tilida salom berdim. U hayratlanib: “Tashrifingizning maqsadi nima?” — deb so‘radi. Muloyimlik bilan unga elchi bilan ko‘rishmoqchi ekanimni aytdim. O‘sha ishchi elchiga qo‘ng‘iroq qildi. U men bilan ko‘rishish uchun keldi va mahalliy tilda salomlashdi. Shundan so‘ng, unga Yahova Shohidlarining tinchlikparvar faoliyatini tushuntirdim, u esa meni diqqat bilan tingladi».

Birodarimizning hurmat ila tushuntirgani elchining faoliyatimiz haqidagi noto‘g‘ri fikrlarini o‘zgartirdi. Bir oz vaqt o‘tgach, Afrikadagi o‘sha mamlakat hukumati qurilishdagi cheklovlarni olib tashladi. Imondoshlarimiz bu tinchlik ruhida yakun topganidan rosa quvonishdi! Ha, boshqalarga hurmat namoyon etish ko‘p yaxshi natijalar, jumladan, tinchlik keltiradi.

TINCHLIKDAN MANGU ROHATLANING

Bugun Yahovaning xalqi tinchlik hukm surayotgan ma’naviy jannatdan rohatlanyapti. Muqaddas ruh samarasi bo‘lmish bu fazilatni rivojlantirib, siz ham mazkur tinchlikka hissa qo‘shasiz. Eng muhimi esa, Yahovaning roziligini olasiz va Uning yangi dunyosida mangu tinchlikka erishasiz. (2 Butr. 3:13, 14)

a Muqaddas ruh samarasi turkumidagi keyingi maqolalarning birida mehribonlik fazilati ko‘rib chiqiladi.

    O’zbekcha adabiyotlar (Roman) (2006-2025)
    Chiqish
    Kirish
    • o‘zbekcha (lotincha)
    • Ulashish
    • Sozlamalar
    • Copyright © 2025 Watch Tower Bible and Tract Society of Pennsylvania
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Maxfiylik sozlamalari
    • JW.ORG
    • Kirish
    Ulashish