Qoʻriqchi minorasining ONLAYN KUTUBXONASI
Qoʻriqchi minorasining
ONLAYN KUTUBXONASI
o‘zbekcha (lotincha)
  • MUQADDAS KITOB
  • ADABIYOTLAR
  • UCHRASHUVLAR
  • w25 iyun 14–19-sah.
  • Bilmaydigan narsalaringizni kamtarlik ila qabul qiling

Tanlangan maʼlumot uchun video mavjud emas.

Kechirasiz, videoni ijro etishda xatolik yuz berdi.

  • Bilmaydigan narsalaringizni kamtarlik ila qabul qiling
  • Qo‘riqchi minorasi Xudovand Yahovaning Shohligini xabarlaydi (Tadqiq soni) – 2025
  • Sarlavhalar
  • Oʻxshash maʼlumot
  • BU DUNYONING OXIRI QACHON KELISHINI BILMAYMIZ
  • YAHOVA QANDAY YO‘L TUTISHI MUMKINLIGINI BILMAYMIZ
  • ERTAGA NIMA YUZ BERISHINI BILMAYMIZ
  • YAHOVA BIZNI QANCHALIK YAXSHI BILISHINI AQLIMIZGA SIG‘DIRISH QIYIN
  • Yahovaga tayanayotganimizni ko‘rsatuvchi qarorlar
    Hayot tarzimiz va xizmatimiz. Ta’lim dasturi – 2023
  • Yahova «barhayot Xudo» ekanini yodda saqlang
    Qo‘riqchi minorasi Xudovand Yahovaning Shohligini xabarlaydi (Tadqiq soni) – 2024
  • Yahovaning kelajakka oid hukmlari borasida nimalarni bilamiz?
    Qo‘riqchi minorasi Xudovand Yahovaning Shohligini xabarlaydi (Tadqiq soni) – 2024
  • Oxirgi so‘zlaridan nima o‘rganishimiz mumkin?
    Qo‘riqchi minorasi Xudovand Yahovaning Shohligini xabarlaydi (Tadqiq soni) – 2024
Koʻproq maʼlumot toping
Qo‘riqchi minorasi Xudovand Yahovaning Shohligini xabarlaydi (Tadqiq soni) – 2025
w25 iyun 14–19-sah.

26-TADQIQ MAQOLASI

123-QO‘SHIQ Ilohiy tartibga sadoqat-la bo‘ysunamiz

Bilmaydigan narsalaringizni kamtarlik ila qabul qiling

Qodir Tangrining fahm-idrokiga aqlimiz yetmaydi. (AYUB 37:23)

ASOSIY FIKR

Bilmaydigan narsalarimizni kamtarlik ila qabul qilib, diqqatimizni nimani bilishimizga qaratsak va Yahovaga tayansak, noaniqliklarni yengishimiz mumkinligini bilib olamiz.

1. Yahova bizga qanday qobiliyatlar bergan va nega?

YAHOVA bizni fikrlash, bilim olish, fahm-idrokni rivojlantirish va donolikni namoyon etish qobiliyati bilan yaratgan. U bizni nega bunday yaratgan? Yahova U haqda bilimga ega bo‘lishimizni hamda Unga aqlimizni ishga solib xizmat qilishimizni istaydi. (Hik. 2:1–5; Rim. 12:1)

2. a) O‘zimiz haqimizda nimani bilishimiz kerak? (Ayub 37:23, 24) (Rasmga ham qarang.) b) Hamma narsani bilmasligimizni kamtarlik ila tan olish bizga qanday foyda keltiradi?

2 Bizda o‘rganish qobiliyati bo‘lsa ham, bilimimiz cheklangan. (Ayub 37:23, 24 ni o‘qing.) Ayubning misoliga diqqat qarataylik. Yahova Ayubga ko‘pgina savollar bergan va bu unga ko‘p narsalarni bilmasligini tushunishga ko‘maklashgan. Bu suhbat Ayubga kamtarin bo‘lishga va fikrlash tarzini o‘zgartirishga yordam bergan. (Ayub 42:3–6) Hamma narsani tushuna olmasligimizni kamtarlik ila tan olish bizga ham foyda keltiradi. Bunday kamtarlik bizni Yahova to‘g‘ri tanlovlar qilishimiz uchun chindan ham kerakli barcha narsani ochib berishiga ishonishga undaydi. (Hik. 2:6)

Yahova Ayubga gapirayotganida bulutlar orasidan Ayubning ustiga nur tushyapti. Elixu va Ayubning uchta soxta yupatuvchisi yonida qarab turishibdi.

Ayub bilan bo‘lganidek, bilmaydigan narsalarimizni tan olish bizga foyda keltiradi (2-xatboshiga qarang.)


3. Ushbu maqolada nimani ko‘rib chiqamiz?

3 Mazkur maqolada biz bilmaydigan ayrim narsalarni va bu tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni muhokama qilamiz. Ba’zi narsalarni bilmasligimiz nega yaxshi ekanini ham ko‘rib chiqamiz. Bu fikrlarga diqqat qaratish «mukammal bilim Egasi» Yahova bizga chindan ham bilishimiz kerak bo‘lgan barcha narsani aytishiga bo‘lgan ishonchimizni mustahkamlaydi. (Ayub 37:16)

BU DUNYONING OXIRI QACHON KELISHINI BILMAYMIZ

4. Matto 24:36 ga ko‘ra, biz nimani bilmaymiz?

4 Matto 24:36 ni o‘qing. Bu dunyoning oxiri qachon kelishini bilmaymiz. Hatto Iso ham yer yuzida bo‘lganida «u kun va u soat haqida» bilmagana. U keyinchalik havoriylariga Vaqt hukmdori Yahova «O‘z ixtiyori bilan» muayyan voqealar qachon sodir bo‘lishini belgilash huquqiga ega ekani haqida aytgan. (Havor. 1:6, 7) Yahova bu dunyoning oxiri qachon kelishini belgilagan, biroq biz bu kun qachon kelishini aniq bila olmaymiz.

5. Bu dunyoning oxiri qachon kelishini bilmaganimiz bizga qanday ta’sir qilishi mumkin?

5 Isoning aytganlaridan kelib chiqsak, bu dunyoning oxiri kelguniga qadar qancha vaqt kutishimiz kerakligini bilmaymiz. Shu sababdan, ayniqsa Yahovaning kuni kelishini muayyan vaqtdan beri kutayotgan bo‘lsak, sabrsiz bo‘lishimiz yoki tushkunlikka tushishimiz mumkin. Yo bo‘lmasa, oila a’zolarimiz yoki boshqalar bizni masxara qilishiga chidash qiyin bo‘layotgandir. (2 Butr. 3:3, 4) Ehtimol, «Bu dunyoning oxiri qachon kelishini bilganimizda yanada sabrli bo‘lish hamda masxaralarga chidash osonroq bo‘lardi» deb o‘ylashimiz mumkin.

6. Bu dunyoning oxiri qachon kelishini bilmaganimizning qanday yaxshi tomoni bor?

6 Yahova bizga bu dunyoning oxiri aynan qachon kelishini aytmagani tufayli bizda Uni sevganimiz va Unga ishonganimiz uchun xizmat qilayotganimizni ko‘rsatish imkoni bor. Biz Yahovaga faqat oxirat kelguniga qadar emas, balki abadiy xizmat qilishni istaymiz. Butun diqqatimizni «Yahovaning kuni» qachon kelishiga emas, o‘sha kun kelganidan keyin nimalar bo‘lishiga qaratishimiz kerak. Bu bizga Yahovaga yanada yaqinlashishga, Unga ishonishga va Uni mamnun qilish uchun qo‘limizdan kelganini qilishga yordam beradi. (2 Butr. 3:11, 12)

7. Nimani bilamiz?

7 Biz diqqatimizni nimani bilishimizga, ya’ni zamonaning oxiri 1914-yilda boshlanganiga qaratishimiz kerak. Yahova bergan Muqaddas Kitob bashoratlari nafaqat bu yilni aniqlashga, balki o‘sha yildan boshlab vaziyat qanday bo‘lishini tafsilotlari bilan tushunishga yordam beryapti. Bu bashoratlar amalga oshgani sababli «Yahovaning ulug‘ kuni yaqin» ekaniga ishonchimiz komil. (Zaf. 1:14) Bundan tashqari, Yahova biz qaysi ishni qilishimizni, ya’ni «Shohlik haqidagi xushxabar»ni imkon qadar ko‘proq odamlarga aytishimizni istashini bilamiz. (Mat. 24:14) Bu xabar taxminan 240 ta mamlakat va hududda 1000 dan oshiq tilda va’z qilinyapti.

YAHOVA QANDAY YO‘L TUTISHI MUMKINLIGINI BILMAYMIZ

8. «Allohning ishlari» nimaga ishora qiladi? (Voiz 11:5)

8 Biz «Allohning ishlarini» doim ham bilmaymiz. (Voiz 11:5 ni o‘qing.) Bu ibora Yahova irodasini amalga oshirish uchun nimanidir bo‘ldirishi yoki nimagadir yo‘l qo‘yishiga ishora qiladi. Yahova ba’zi narsalar sodir bo‘lishiga nega yo‘l qo‘yishi mumkinligini yoki bizning foydamizni ko‘zlab aynan nima qilishini aniq bila olmaymiz. (Zab. 37:5) Bunday bilimlar biz uchun homilador ayol bachadonidagi bolaning rivojlanishi kabi tushunarsizdir. Hatto olimlar ham bu jarayonni hali to‘liq tushunmaydi.

9. Yahova qanday yo‘l tutishini bilmaganimiz uchun qanday qiyinchiliklarga duch kelishimiz mumkin?

9 Yahova bizning foydamizni ko‘zlab qanday yo‘l tutishini bilmaslik beqaror bo‘lishimizga sabab bo‘lishi mumkin. Biz xizmatimizni kengaytirish uchun fidoyilik qilishga, masalan, hayotimizni soddalashtirishga yoki va’zgo‘ylarga ehtiyoj katta bo‘lgan hududga ko‘chib o‘tishga ikkilanishimiz mumkin. Yoki ma’naviy maqsadlarimizga erisha olmasak, xizmatda zo‘r berib harakat qilsak-da, yaxshi natijaga erishmasak yoki tashkilotimiz loyihalarini bajarishda qiyinchiliklarga duch kelsak, «Yahova mendan mamnun emas» deb o‘ylashimiz mumkin.

10. Yahova qanday yo‘l tutishini bilmaslik qaysi muhim fazilatlarni rivojlantirishimizga ko‘maklashadi?

10 Yahova qanday yo‘l tutishini bilmaslik aslida kamtarlik va o‘z haddini bilish kabi muhim fazilatlarni rivojlantirishimizga ko‘maklashadi. Yahovaning fikrlari-yu yo‘llari biznikidan yuksakroq ekanini tan olamiz. (Ishayo 55:8, 9) Shuningdek, muvaffaqiyatga erishishda Yahovaga tayanib, Unga yanada ko‘proq ishonishni o‘rganamiz. Xizmatda yoki tashkilotimiz loyihalarini bajarishda yaxshi natijalarga erishsak, sharafni haqli ravishda Yahovaga beramiz. (Zab. 127:1; 1 Kor. 3:7) Voqealar biz kutgandek tus olmasa ham, Yahova hammasini to‘liq nazorat qilayotganini yodda tutishimiz kerak. (Ishayo 26:12) Biz qo‘limizdan kelgan barcha narsani qilamiz va Yahova ham o‘z navbatida kerakli barcha narsani qilishiga ishonishda davom etamiz. U o‘tmishda yo‘l-yo‘riqni ba’zan mo‘jizaviy tarzda bergan. Hozir U bunday qilmasa-da, bizga kerakli yo‘l-yo‘riqni taqdim etishiga aminmiz. (Havor. 16:6–10)

11. Qaysi muhim narsalarni bilamiz?

11 Yahova doim sevuvchi, adolatli va dono ekani haqida mulohaza yuriting. Xudoyimiz U va imondoshlarimiz uchun qilayotgan ishlarimizni nihoyatda qadrlashini bilamiz. Qolaversa, Yahova Unga sodiq bo‘lganlarni hamisha mukofotlashini ham bilamiz. (Ibron. 11:6)

ERTAGA NIMA YUZ BERISHINI BILMAYMIZ

12. Yoqub 4:13, 14 ga ko‘ra, nimalarni bilmaymiz?

12 Yoqub 4:13, 14 ni o‘qing. Ertaga biz bilan nima bo‘lishini bilmaymiz. Bu dunyoda yashayotgan ekanmiz, «vaqt va tasodifga» duch kelamiz. (Voiz 9:11) Shunga rejalarimiz muvaffaqiyat keltirish-keltirmasligini yo hatto ular amalga oshganini ko‘rish uchun tirik bo‘lish-bo‘lmasligimizni ham bilmaymiz.

13. Kelajakda nimalar yuz berishini bilmaganimiz bizga qanday ta’sir qilishi mumkin?

13 Kelajakda nimalar yuz berishini bilmaganimiz uchun qiyinchiliklarga chidash qiyin bo‘lishi mumkin. Nega? Chunki nimalar yuz berishi haqida xavotirlanish quvonchimizni o‘g‘irlashi hech gap emas. Kutilmagan fojialar va voqealar dastidan qayg‘u chekishimiz va ko‘nglimiz qolishi mumkin. Shuningdek, kutganlarimiz amalga oshmasa, tushkunlikka va umidsizlikka tushishimiz hech gap emas. (Hik. 13:12)

14. Chinakamiga baxtli bo‘lishimiz nimaga bog‘liq? (Rasmlarga ham qarang.)

14 Qiyinchiliklarga bardosh qilganimizda, nima bo‘lishidan qat’i nazar, samoviy Otamizga xudbinlik tufayli emas, Uni sevganimiz uchun xizmat qilayotganimizni isbotlash imkoniga ega bo‘lamiz. Muqaddas Kitob bayonotlaridan ko‘rinyaptiki, Yahova bizni hamma qiyinchiliklardan asrashini va hayotimizda yuz beradigan voqealarni oldindan aytishini kutmasligimiz kerak. U baxtiyorligimiz kelajakda bizni nima kutayotganidan xabardor bo‘lishimizga bog‘liq emasligini biladi. Aksincha, bu Uning yo‘l-yo‘riqlarini izlashimiz va ularga amal qilishimizga bog‘liq. (Yerm. 10:23) Qarorlar chiqarayotganimizda diqqatimizni Yahovaga qaratsak, xuddi «Agar Yahova xohlasa, sog‘ bo‘lsak, u yoki bu ishni qilamiz» deganday bo‘lamiz. (Yoqb. 4:15)

Rasmlar to‘plami. 1. Bir ota o‘g‘li bilan hozirlik sumkasini tayyorlayapti. Ular sumkaga Muqaddas Kitobni va boshqa zaruriy narsalarni solishyapti. 2. Yomg‘ir yog‘ayotgan paytda ota, ona va o‘g‘il chodirning tagida o‘tirishibdi. Ular ushbu favqulodda vaziyatda hozirlik sumkasidagi narsalardan foydalanishyapti.

Yahovaning yo‘l-yo‘rig‘ini izlash va Unga itoat qilish ishonchli himoya taqdim etadi (14-, 15-xatboshilariga qarang.)b


15. Kelajak haqida nimalarni bilamiz?

15 Har bir yangi kun nima keltirishini bilmasak-da, Yahova yo osmonda, yo yer yuzida abadiy yashashimizni va’da berayotganini bilamiz. U yolg‘ondan xoli bo‘lgan Xudo ekanini hamda hech narsa U va’dalarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qila olmasligini bilamiz. (Titus. 1:2) Faqatgina U «oxirida nima bo‘lishini boshidan, hali yuz bermagan narsalarni oldindan» ayta oladi. O‘tmishda shunday bo‘lgan, kelajakda ham xuddi shunday bo‘ladi. (Ishayo 46:10) Shuni ham aniq bilamizki, hech narsa Yahovani bizni sevishdan to‘xtata olmaydi. (Rim. 8:35–39) U yo‘limizda uchragan har qanday qiyinchilikka sabr-bardosh qilishimiz uchun kerakli donolik, tasalli va kuchni ato etadi. Yahova bizga yordam va baraka berishiga amin bo‘lishimiz mumkin. (Yerm. 17:7, 8)

YAHOVA BIZNI QANCHALIK YAXSHI BILISHINI AQLIMIZGA SIG‘DIRISH QIYIN

16. Zabur 139:1–6 ga ko‘ra, Yahova bizning aqlimizga sig‘maydigan qanday bilimga ega?

16 Zabur 139:1–6 ni o‘qing. Yaratuvchimiz qanday yasalganimizni va bizni jismonan, hissan va ruhan nima shakllantirganini biladi. U biz bilan doim qiziqadi. U nima deganimizni va nima demoqchi bo‘lganimizni, nima qilganimizni hamda nega bunday qilganimizni biladi. Shoh Dovud aytganiday, biz doim Yahovaning e’tibori va g‘amxo‘rligi ostidamiz hamda hech qachon Uning nazaridan chetda qolmaymiz. Koinotning Oliy Hukmdori, yer-u osmonning Qodir Yaratuvchisi bizga shunchalik e’tibor qaratishiga aql bovar qilmaydi! Dovud shunday degan: «Bunday narsalarni aqlimga sig‘dirish qiyin. Ular shunchalik yuksakki, ularni anglay olmayman». (Zab. 139:6)

17. Nima uchun Yahova bizni juda yaxshi bilishi haqidagi fikrni qabul qilishimiz qiyin kechishi mumkin?

17 Ehtimol, oilaviy kelib chiqishimiz, madaniyatimiz yoki avvalgi e’tiqodimiz tufayli Yahovani biz bilan qiziqadigan sevuvchi Ota sifatida ko‘rishimiz qiyin kechishi mumkin. Yo bo‘lmasa, «O‘tmishda qilgan xatolarim shunchalik yomonligidan Yahova meni aslo bilishni istamaydi va mendan juda uzoq» deb o‘ylashimiz mumkin. Hatto Dovud ham ba’zan o‘zini shunday his qilgan. (Zab. 38:18, 21) Yoki chin dildan hayot tarzini o‘zgartirishga va Xudoning adolatli me’yorlari bo‘yicha yashashga intilayotgan inson «Agar Xudo chindan ham meni tushunsa, nega men uchun tabiiy bo‘lgan hayot tarzidan voz kechishimni kutyapti?» deb hayron bo‘lishi mumkin.

18. Yahova bizni o‘zimizdan ham yaxshiroq bilishini qabul qilish bizga qanday foyda keltiradi? (Rasmlarga ham qarang.)

18 Yahova bizni o‘zimizdan ham yaxshiroq bilishini va biz o‘zimizda ko‘ra olmayotgan yaxshi tomonlarni ko‘rishini qabul qilishni o‘rganishimiz kerak. U bizning xatolarimizni ko‘radi, biroq qanday inson bo‘lishni istayotganimizni biladi va bizni yaxshi ko‘radi. (Rim. 7:15) Yahova imkoniyatlarimizni ko‘rayotgani uchun chuqur minnatdorchilikni his qilsak, Unga sadoqat ila xizmat qilishimiz va buni quvonch ila bajarishimiz kerakligiga bo‘lgan ishonchimiz ortadi.

Rasmlar to‘plami. 1. Tushkunlikka tushgan birodarimiz qorong‘i, yomg‘irli kunda oynadan qarab o‘tiribdi. 2. O‘sha birodarimiz do‘stlari bilan birga tepalikka ko‘tarilayotib, chiroyli manzaradan bahramand bo‘lyapti.

Yahova yangi dunyoda bizni quvonchli paytlar kutayotganiga bo‘lgan ishonchimizni mustahkamlab, hayotimizdagi noaniqliklarni yengishimizga yordam beryapti (18-, 19-xatboshilariga qarang.)c


19. Yahova haqida nimani aniq bilamiz?

19 Yahovaning O‘zi sevgi ekanini bilamiz. Bunga aslo shubha yo‘q. (1 Yuhan. 4:8) Uning adolatli me’yorlarida doim bizga bo‘lgan sevgisi aks etishini va U hamisha bizning manfaatimizni ko‘zlashini bilamiz. Yahova abadiy hayotga erishishimizni istashi bizga ma’lum. Buning uchun U to‘lov taqdim etgan. U hadya qilgan to‘lov bizni nomukammalligimizga qaramay, muvaffaqiyatga erishishimiz mumkinligiga ishontiryapti. (Rim. 7:24, 25) Shuningdek, «Xudo qalbimizdan ulug‘ va Unga har narsa ayon» ekanini ham bilamiz. (1 Yuhan. 3:19, 20) Yahova biz bilan bog‘liq barcha narsani ko‘rib turadi va Uning irodasini bajarishda muvaffaqiyatga erisha olishimizga ishonadi.

20. Noo‘rin tashvishlanishdan qochishimizga nima yordam beradi?

20 Yahova biz chindan ham bilishimiz kerak bo‘lgan ma’lumotni bizdan aslo yashirmaydi. Kamtarlik ila bu faktni qabul qilsak, biz nazorat qila olmaydigan narsalar haqida noo‘rin tashvishlanishdan qochamiz va diqqatimizni chindan ham muhim bo‘lgan narsalarga qarata olamiz. Shu yo‘sin «mukammal bilim Egasi» bo‘lmish Yahovaga to‘liq tayanayotganimizni ko‘rsatamiz. (Ayub 36:4) Hozircha ayrim narsalarni tushuna olmasligimizni tan olgan holda, Buyuk Xudoyimizdan va U haqda abadiyat davomida yangi bilimlarni oladigan paytni intiqib kutyapmiz. (Voiz 3:11)

  • Bu dunyoning oxiri qachon kelishini...

  • Ertaga nima bo‘lishini...

  • Yahova bizni qanchalik yaxshi bilishini...

BILMASLIGIMIZNI KAMTARLIK ILA TAN OLISH BIZGA QANDAY FOYDA KELTIRADI?

104-QO‘SHIQ Allohning muqaddas ruh hadyasi

a Iso Shaytonning yovuz dunyosiga qarshi jangga boshchilik qiladi, demak, hozir u Armageddonning sanasini va qachon «mutlaq g‘alabaga erishish»ini biladi deb xulosa qilish oqilona. (Vah. 6:2; 19:11–16)

b RASMGA SHARH. Oilasi favqulodda vaziyatga tayyor bo‘lishi uchun bir ota va o‘g‘il hozirlik sumkasini yig‘ishyapti.

c RASMGA SHARH. Muammolarga duch kelayotgan bitta birodar uni yangi dunyoda kutayotgan quvonchga diqqat qaratyapti.

    O’zbekcha adabiyotlar (Roman) (2006-2025)
    Chiqish
    Kirish
    • o‘zbekcha (lotincha)
    • Ulashish
    • Sozlamalar
    • Copyright © 2025 Watch Tower Bible and Tract Society of Pennsylvania
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Maxfiylik sozlamalari
    • JW.ORG
    • Kirish
    Ulashish